|
Asosiy vositalarini ijaraga olish hisobi
|
bet | 2/2 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 346,49 Kb. | | #106989 |
Bog'liq ASOSIY VOSITALARINI IJARAGA OLISH HISOBI.Korxonani ijaraga olish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, korxonani ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining ruxsatidan qat’i nazar, ijaraga olingan mol-mulkni ajratib bo‘lmaydigan tarzda yaxshilash qiymatini olishga haqli.
Agar moliyaviy ijara obyekti, ijaraga (lizingga) beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan bo‘lsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki shartnoma bekor qilingach, ijarachi (lizingga oluvchi) ana shu maqsad yo‘lida sarflagan barcha xarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda moliyaviy ijara shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Ijaraga (lizingga) beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini yaxshilashga sarflangan mablag‘lar (qo‘yilmalar) va ularni moliyaviy ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoniyati bo‘lmasa, moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, ular ijaraga (lizingga) beruvchiga tekinga o‘tadi, agarda moliyaviy ijara shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. Biroq, agarda ularni moliyaviy ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lsa va agar ijaraga (lizingga) beruvchi ularning qiymatini to‘lashga rozi bo‘lmasa, bunday hollarda ijarachi (lizingga oluvchi) ularni ajratib olishi mumkin.
Ijarachining operativ ijara obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar o‘rnatish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va boshqa) xarajatlari operativ ijara obyekti qiymatini ko‘paytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.
Agar operativ ijara obyekti ijaraga beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan bo‘lsa, operativ ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki operativ ijara shartnomasi bekor qilingach, ijarachi ana shu maqsad yo‘lida sarflagan barcha xarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda operativ ijara shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Ijaraga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan operativ ijara obyektini yaxshilashga sarflangan xarajatlar (qo‘yilmalar) va ularni operativ ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoni bo‘lmasa, operativ ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, ular ijaraga beruvchiga tekinga o‘tadi, agarda operativ ijara shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. Biroq, agarda ularni operativ ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lsa va agar ijaraga beruvchi ularning qiymatini qoplashga rozi bo‘lmasa, bunday hollarda ijarachi ularni ajratib olishi mumkin.
|
| |