Aksonometrik proyeksiyalar.
Yuqorida detalning ko’rinishlari, qirqimlari va kesimlari haqidagi ma’lumotlar
bilan
tanishdik. Detalning ko’rinishini yana ham yaqqolroq ko’rsatish uchun bitta tekislikka
proyeksiyalash usuli, ya’ni aksonometrik proyeksiyalash usulidan foydalanamiz.
Aksonometriya grekcha so’z bo’lib, akso – o’q, metreo – o’lchayman, ya’ni o’qlar
bo’yicha o’chash manosini bildiradi.
Texnikada, qurilishda buyumlarning kompleks chizmalarini
tuzishda ortogonal
proyeksiyalash usuli keng miqyosda qo’llaniladi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki,
unda har qanday buyumning chizmasi proyeksiyalar tekisliklariga
nisbatan kirishmasdan
haqiqiy o’lchamlari bo’yicha proyeksiyalanadi. Ammo buyumning ikki va uch ko’rinishi
tasvirlanganda, uning har bir tasvirida uchinchi o’lcham yetishmaydi. Bundan tashqari bu
usulda tasvirlangan detallarning ortogonal proyeksiyalari
har qanday mutaxassis uchun
mukammal tasavvur bera olmaydi. Buyumning ko’rinishini yana ham yaqqolroq ko’rsatish
uchun bitta tekislikka proyeksiyalash usuli, ya’ni aksonometrik
proyeksiyalash usulidan
foydalanamiz.
1.Qiyshiq burchakli aksonometriya – bunda proyeksiyalar yo’nalishi
aksonometrik
tekislikka perpendikulyar bo’lmaydi.
2.To’g’ri burchakli aksonometriya – bunda ham proyeksiyalar yo’nalishi aksonometrik
tekislikka perpendikulyar bo’lmaydi. Bundan tashqari qiyshiq burchakli va to’g’ri burchakli
aksonometriya o’zgarish koeffisientlariga nisbatan quyidagi turlarga bo’linadi.
a)
Izometriya – bunda u = v = w koeffisientlar o’zara teng bo’ladi.
b)
Dimetriya –bunda o’zgarish koyffisientlaridan ikkitasi o’zaro teng bo’lib,
uchinchisi
esa ularga teng bo’lmaydi (u = w ≠
v ).
c)
Trimetriya – bunda o’zgarish koyffisentlari o’zaro teng bo’lmaydi, yani u ≠ w ≠ v .
Aksonometrik proyeksiya turlaridan izometriya va dimetriyani ko’rib chiqamiz.
Izometriya. To’g’ri burchakli izometriyada koordinata o’qlari orasidagi burchaklar
o’zaro teng, ya’ni 120
o
bo’ladi 181a-shakl . Qiyshiq burchakli
izometriyalarda koordinata
o’qlarining o’zaro joylashuvi uning turiga bog’liq bo’ladi,