bosh ko’rinish, ustidan va chapdan ko’rinishlari
belgilanadi.
Bosh ko’rinish shunday tanlab olinadiki u detalning ichki va tashqi tuzulishi haqida
to’la tasavvur berishi kerak. Qolgan ko’rinishlar bosh ko’rinishga nisbatan proyeksion
bog’lanishda tasavvur qilinadi.
Detalni uchta ko’rinishi chizma qog’ozining maydoniga tartib bilan ko’rinarlik qilib
joylashtiriladi. Chizmani hamma ko’rinishlari avvalda ingichka(yordamchi) chiziqlar bilan
chiziladi. Detalni zarur bo’lgan chiqarish va o’lcham chiziqlari o’tkaziladi. Detalning
o’lcham sonlari o’lcham chiziqlari ustiga 3,5 yoki 5 balandlikdagi ( h ) hariflar bilan
O’z.DAV.ST 2. 304-96 ga muvofiq yozib chiqiladi. 186- shakl.
1. Aksonometrik o’qlar chiziladi. Detalni tashqi ko’rinishi o’rganilib, ingichka chiziq bilan
parallelepipedni aksonometrik ko’rinishi chiziladi.
2. Hosil bo’lgan parallelepiped ko’rinishidan detalning kemtik va o’yiq joylari chiziladi,
ortiqcha chizilar o’chiriladi.
3. Detalni oldi tarafidan chorak qismi qirqiladi va qolgan qismlar tiklanadi. Ortiqcha
chizilar o’chiriladi.
4. Qirqim yuzalarini shtrixlab, detalni ko’rinadigan chiziqlari qoraytiriladi. Chizmani ko’zdan
kechirib, yo’l qo’yilgan xatolar to’g’rilanadi. 186- shakl
|