• T.K Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
  • Darsning borishi. I .Tashkiliy qism.
  • III Yangi mavzu bayoni
  • Qiyshiq burchakli frontal dimet- riya.
  • Togri burchakli izometrik proyeksiya.
  • IV Darsni mustahkamlash. __Aknonometriya deb nimaga aytiladi __Frontal dimmetriya va izometriya deb nimaga aytiladi V Dars yakuni
  • Mavzu: Aksonometrik proyeksiya izometriyada qirqimni tasvirlash Ta’limiy maqsad




    Download 47.48 Kb.
    Sana12.03.2023
    Hajmi47.48 Kb.
    #45091
    Bog'liq
    Malika dars ishlanma
    399-Текст статьи-1014-1-10-20201224, python dasturlash tilidan qollanma

    Mavzu: Aksonometrik proyeksiya izometriyada qirqimni tasvirlash
    Ta’limiy maqsad.O`quvchilarga aksonometrik proyeksiyalar haqida tushuncha berish..F.k Chizmachilikda qo`llaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qo`llay olish kompetensiyasi: yaqqol tasvirlar, aksonometrik proeksiyalar, eskiz va texnik rasmlarni chiza oladi.
    Tarbiyaviy maqsad. Tarbiyali, e’tiborli, xushmuomalali, intizomli bo’lishga tarbiyalash.T.K Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:Vatanga sadoqatli,insonlarga mehr oqibatli bo`la oladi.
    Rivojlantiruvchi . O`quvchilarni chizma chizishdagi bilimlarini bilimlarini rivojlantirish..T.K Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi: Kundalik faoliyatda chizma va modellarni o`qiy oladi.
    Dars turi: Yangi bilim beruvchi
    Dars metodi: amaliy ish.aqliy hujum.
    Dars jihozi: Chizma namunalari,chizma naunalari.slayd.detal namunalari.
    Darsning borishi.
    I .Tashkiliy qism.
    A)O’quvchilarbilan salomlashish. B)Navbatchining axboroti. V)Davomatni aniqlash.
    II O`tilgan mavzuni takrorlash.a) uy ishi tekshiriladi b)o`quvchilar baholanadi
    ___Texnik modellar qanday yasaladi?
    ___Modelning o`ziga qarab qaysi ko`rinishlaridan boshlab chiziladi?
    III Yangi mavzu bayoni
    Aksonometriya yunoncha so'z bo'lib, akson — o'q vametreo — o'lchash degan ma'noga to'g'ri kelib, o'qlar bo'yicha o'lchash deganidir.
    Aksonometrik proyeksiyalar uch oichamli yaqqol tasvir hisoblanadi. Ular x, y, z koordinata o'qlari tizimida hosil bo'lishiga qarab to'g'ri va qiyshiq burchakli turlarga ajraladi. Agar koordinata o'qlari orasidagi burchaklar o'zaro teng bo'lsa, ya'ni jism oichamlari ushbu x, y, z o'qlarga o'zgarmasdan bir xilda tasvirlansa, to'g'ri burchakli aksonometriya deyiladi. Mabodo x, y, z o'qlari orasidagi burchaklardan bittasi qolgan ikkitasiga nisbatan o'zgarib tasvirlangan bo'lsa, ya'ni jism o'lchamlari x, y, z lardan bittasiga o'zgarib (kichiklashib) proyeksiyalansa, qiyshiq burchakli aksonometriya deyiladi. Aksonometriyada koordinata o'qlari x, y, z larga bir xilda (kattalikda) tasvirlanadigan jism sifatida kub olinib, uni qiyshiq, so'ngra to'g'ri burchak ostida aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalash jarayonini ko'rib chiqamiz. Qiyshiq burchakli frontal dimet-riya. Kubning bir tomonini frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel joylashtirib, aksonometrik proyeksiya tekisligi P ga proyeksiyalanadi (pro­yeksiyalash jarayoni 27.1-chizma, a da ko'rsatilgan). Bu yerda, proyek­siyalash nurlarini Oy o'q uchun P tekisligiga perpendikular olinsa, Oy o'q P ga nuqta ko'rinishida proyek­siyalanadi. Shunga ko'ra, proyeksi­yalash nurlarini Oy uchun P ga ikki marta qisqarib proyeksiyalanadigan 45° burchak ostida qiyshiq olinadi. Shuning uchun ham bu proyeksiya qiyshiq burchakli frontal dir.ietrik proyeksiya deyiladi. Bu proyeksiyani qiyshiq burchakli dimetriya yoki frontal dimetriya deyish ham mumkin. Dimetriya — yunoncha, ikki marta kam o'lchash degan ma'noni beradi.
    J ism bir tomoni bilan V ga parallel joylashgani uchun ham frontal dimetriya deyiladi.
    Frontal dimetriyada kubning bir tomoni aksonometriya tekisligi P ga parallel joylashtirilganda, kubning Ftekisligiga parallel yog'i o'zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Bu yerda kubning yon tomon qirralari Ox va Oz larga haqiqiy o'lchamida qo'yiladi. Oy o'qqa esa uning teng yarmisi o'lchab qo'yiladi. Shunda kub ikki yog'i bilan kvadrat, boshqa yoqlari parallelogramm shaklida tasvirlanadi (27.1-chizma, b).
    To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya. Kubni 27.3-chizma, a dagidek aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga nisbatan bir xil qiyalikda joylashtirib, unga kub uchlari orqali proyeksiyalash nurlarini perpendikular qilib o'tkazilsa, kubning to'g'ri burchakli izometrik proyeksiyasi hosil bo'ladi.
    To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya qisqacha izometriya ham deyiladi.
    Izometriya yunoncha so'z bo'lib, isos — bir xil (teng) degan ma'noni anglatadi.



    IV Darsni mustahkamlash.
    __Aknonometriya deb nimaga aytiladi?
    __Frontal dimmetriya va izometriya deb nimaga aytiladi?
    V Dars yakuni
    Darsga xulosa yasalib,faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
    VI Uyga vazifa
    Chizmzma chizib kelish.
    Download 47.48 Kb.




    Download 47.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Aksonometrik proyeksiya izometriyada qirqimni tasvirlash Ta’limiy maqsad

    Download 47.48 Kb.