• Kalit so’zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Foydalanishning ahamiyati




    Download 333.51 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana27.03.2024
    Hajmi333.51 Kb.
    #179257
    Bog'liq
    Kodirov Bokijon 81-83 CUSR
    Aholini va hududlarni texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, Tabiatshunoslikning muhim ilmiy muammolaridan biri (AutoRecovered), Tabiatshunoslikning muhim ilmiy muammolaridan biri, Мен Ережепова Лида Жо, 5 laboratoriya UZB, savol javob, 17353 (1), Salmon harorat, Boshlang\'ich sinflarda Ot mavzusini o\'rgatish metodikasi Mundar, 1. Gandbol о‘yinining paydo bo‘lishi tarixi va taraqqiyoti O‘zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari., Gandbolni o\'rgatish metodikasi фан дастур 2022, НОМЕКЛАТ . PAPKALAR ЖИЛДИ КХЙ, maqola, 32116, 32114


    81
    TARIX DARSLARIDA KO’RGAZMALI QUROLLARDAN 
    FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
    Kodirov Bokijon Sobirjonovich 
    Namangan viloyat Kosonsoy tuman 7-maktab texnalogiya fani o'qituvchisi 
    Annotatsiya: ushbu maqolada tarix darslarini tashkillashtirish va ta’lim 
    jarayonida zamonaviy texnologiyalar qo’llab dars tashkillashning ahamiyati tahlil 
    etilgan bo’lib, unda ko’rgazmali qurollardan foydalanib dars samaradorligini oshirish 
    ko’rib chiqilgan. 
    Kalit so’zlar: tarix, dars, jarayon, ko’rgazmali qurollar, material, didaktika. 
    Tarix o’qitishning asosiy maqsadi, albatta o’tmish tarixni urganish va Vatanga 
    sodiq jamiyat kishisini tarbiyalashdan iborat. Tarixni o’qitish deganda-tarixiy material 
    vatanga munosib ruhda tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish 
    uchun zarur bo’lgan jarayon, yangi o’qituvchi va o'quvchilarning aqliy ichki hamda 
    o’quv harakatlari tashqi jarayoni tushuniladi. 
    Darsning ko’rgazmali bo’lishi, uning o’quvchilardagi tayyor obrazlarga suyana 
    bilishi, o’quv materialini bayon qilish vaqtida ko’rgazmali qurollardan foydalanish va 
    ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini tezlashtirish hamda 
    ularning o’rganilayotgan tarixiy asoslarni voqea va hodisalarni aynan o’zini yoki 
    ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari tushuniladi. Ko’rsatmali tasvirlar 
    tarixiy fakt va hodisaarning tashqi ko’rinishigina emas, balki ularning ichqi mohiyatni 
    ham ochib beradi. Tarix o’qitishda ko’rsatmalilikning ahamiyati tarixiy faktlarni, 
    hodisalarni ko’rish organlari ishtirokida mushohada etish va ular haqida aniq tasavvur 
    hosil qilish bilan chegaralanmaydi, murakkab tarixiy hodisalarni, tushunchalarni 
    tushunib olishni ham yengillashtiradi, tarixni to'g’ri real tushunisha yordam beradi. 
    Demak, tarixiy voqealar takrorlanmaydi. Shuning uchun ham tarixiy bilimning muhim 
    manbai sifatida har xil ko’rsatmali qurollarni qabul qilamiz. Ular orqali tarixiy o’tmish 
    gavdalantiriladi. Faktlar konkretlashtiriladi.
    Masalan: o’rta asr hunarmandchilik ustaxonasi bilan ingliz manufakturasining 
    kartinasini fabrika-zavod kartinalari bilan taqqoslash orqali ijtimoiy taraqqiyot 
    bosqichlarini, uning qonuniyatlarini o’zlashtirishga bo’ladi. Ko’rsatmali o’qitish usuli-
    nazorat, qabul qilish, esda saqlash, so’zlash malakalarini oshirishga yordam beradi. 
    Ko`rgazmali o`quv qurollari tashqi belgilariga ko`ra bosma, ekranli, tovushli 
    o`quv qurollariga bo`linadi. Lekin u ham tez-tez ishlatiladi, ular tarixiy tasvirning 
    mazmuni va xarakteriga ko'ra tasniflanadi, buning natijasida mavzu, rasm, shartli-
    grafik ko'rinish ajratib ko'rsatiladi. Kartalar. Siyosiy, tarixiy, geografik, iqtisodiy, 


    82
    sinoptik xaritalar ma'lum (ular jahon sivilizatsiyalarining xronologik doirasini bir-biri 
    bilan taqqoslab ko'rsatadi). Ushbu kartalarning barchasi tarixni o'rganishda 
    muvaffaqiyatli qo'llaniladi. 
    Tarixiy xaritalar geografik asosda yaratilgan va voqealar yoki davrlar tarixining 
    qisqartirilgan umumlashtirilgan obrazli-belgili tasvirlari. Tarixiy xaritalar jo‘g‘rofiy 
    xaritalardan farqli o‘laroq, dinamik xarakterga ega bo‘lib, ular jarayon va hodisalarning 
    dinamikasini ochib beradi. Ular hududning qamrovi (dunyo, qit'a, davlatlar xaritalari), 
    mazmuniga ko'ra (1. umumiy ko'rinish - ma'lum bir davr voqealari aks ettirilgan), 2. 
    umumlashtiruvchi - ma'lum joy va vaqt ichidagi muayyan hodisa va hodisalar), 3. 
    tematik - hodisa va hodisalarni o'rganish mavzulari, masshtablar bo'yicha (katta, o'rta 
    va kichik). 
    Ekran va ekran-tovush ko'rinishi orasida (texnik ta'lim vositalari) darslik va 
    o‘quv qo‘llanmalari bilan birgalikda kino, film lentalari, audiodisklardan foydalanishni 
    qayd etamiz. Slaydlar, shaffoflar, masalan, tarixning turli davrlarida yaratilgan 
    me'moriy yodgorliklarni tahlil qilish imkonini beradi. 
    Masalan: voqealikni kartina orqali bayon qilishni ko’rib chiqamiz.” Rossiyadagi 
    birinchi dehqonlar urushi” degan mavzuda qo’zg’olonning olib borilishini ochib 
    berishda rassom E.E.Lissnerning ”Moskva yonida Bolotnikovning dehqonlar armiyasi 
    jangining boshlanishi” kartinasidan foydalanimiz. Uni qo’yidagi faktlar bilan hikoya 
    qilish mumkin: “Kartinada Nijnie Kotlı selosida Moskva yonidagi hal qiluvchi jang 
    ifodalangan. U 1606 y. 2- dekabrda bo’lib o’tdi. O’ng tomonda otda turgan İvan 
    Bolotnikovning o’zi. U Nijnie Kotlıdagi o’rnashgan dushman tomonga otlanayotgan 
    otliq 
    kazak 
    bo’linmalarini 
    qutlamoqda. 
    Piyodalar 
    ham 
    tez 
    yurmoqda. 
    Qo’zg’olonchilarning har xil kiyimlari, qurollari aniq ko’rsatilgan. Dehqonlar 
    qo’llariga tushgan narsalari: bolta, pichoq va hokazolar bilan qurollangan. Ularning 
    ko’pchiligini o’zlari yasashgan yoki bo’lmasam Shuyskiy askarlari bilan bo’lgan 
    jangda tortib olgan. Mana kartinada 3 ot bilan tortib dushmandan olingan pushkani 
    sudrab borayotir. Qo’riqchilarning birqanchasi tun, ayrimlari yarim tun, ayrimlari esa 
    mis shlem ham kiyishgan, oyoq kiyimlari ham har xil. Bitta kazak orqalariga qo’llari 
    bog’langan qo’lga tushgan ikkita dushmanni boshqaruvchiga olib borayotir. Bu hikoya 
    orqali o’quvchilar İvan Bolotnikov qo’zg’olonining mag’lubiyatga uchrash sabablarini 
    ham anglaydi. Masalan: qatnashganlarning ijtimoiy tarkibining har xilligi, mos 
    darajada qurollanish [1]. 
    Tarix o’qitishda ijtimoiy guruhlarning, tarixiy shaxslarning tipik obrazlarini 
    shakllantirishda portretlar katta o’rin tutadi. Ular bilan ishlashda tavsifnoma, tarixiy 
    shaxs hayoti va xizmatlari haqida baen etiladi. Masalan: (”Jahon tarixi 7 sinf). Markaziy 


    83
    hokimiyatning kuchayishi” (Fr,) degan mavzuda XVIII asrda Filipp da Shampen 
    chizgan Kardinal Rishelening portretini foydalanish mumkin. U 1624-1642 yillarda 
    Frantsiyani idora qilib turgan Kardinal unvonini olgan Rishele Frantsiyada kotolik 
    cherkoviga boshchilik qilar va shu bilan bir vaqtda qirolning birinchi vaziri edi. 
    Xulosa qilib aytganimida, amalga oshirilgan ishlar natijasida tarix darslarida 
    ko‘rgazmalilikning o‘rni beqiyos, degan xulosaga kelish mumkin. Tarixni ko`rgazmali 
    o`qitishda obrazli vositalar asosiy o`rinni egallaydi. Tarix darslarida rasm va 
    multfilmlardan foydalanish o‘quvchilarning xotirasini, tafakkurini, tasavvurini 
    rivojlantirishga xizmat qiladi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. 
    Abdulayev E.N. Tarixni o'qitishda ko'rinish va muammoli yondashuv, Maktabda 
    tarix o'qitish, 2014 yil. 
    2. 
    G’affarov Ya.X, G’affarova M. O’zxbekiston xalqlari tarixini o’qitish 
    usullari.T., 1996
    3. 
    Sadiev A.Maktabda tarix o’qitish metodikasi.T.,1988 

    Download 333.51 Kb.




    Download 333.51 Kb.
    Pdf ko'rish