Shartli reflekslarning tormozlanishi Tashqi (shartsiz) tormozlanish




Download 143 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.04.2024
Hajmi143 Kb.
#186826
  1   2   3   4
Bog'liq
11-амалий (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5


Shartli reflekslarning tormozlanishi 
Tashqi (shartsiz) tormozlanish. Har xil yot ta’sirlovchilar shartli reflekslarni 
osongina tormozlaydi. Masalan, ovqatlanish shartli refleksidan oldin bexos yot tovush 
kelsa yoki qandaydir yot hid sezilsa, yoki yoritilish sharoiti keskin darajada o‘zgarsa, 
shartli refleks susayadi va hatto butunlay yo‘qoladi. Buning sababi shuki, har qanday 
yangi ta’sirlovchi itda orientirovka refleksini vujudga keltiradi, bu refleks esa shartli 
reaksiyani tormozlaydi. 
Hayvon yoki odamda boshqa nerv markazlarining faoliyati bilan bog‘langan, ya’ni 
yot reflektor reaksiyalarni vujudga keltiradigan ta’sirotlar ham shartli reflekslarni 
tormozlaydi. Masalan, hayvonning oyoq terisiga elektr toki bilan ta’sir etib og‘ritilsa 
yoki shu to‘g‘rida signal berilsa, ovqatlanish shartli reflekslari keskin darajada 
tormozlanadi. Ichki organlardan keluvchi ta’sirotlar ham shun-day effekt bera oladi. 
Qovuqning to‘lib ketishi, qusish, jinsiy qo‘zg‘a-lish, biron organdagi yallig‘lanish 
protsessi ovqatlanish shartli reflekslarini susaytiradi. 
Tormozlanishning bu turlari o‘rtasidagi umumiy xususiyat shuki, ular yangi reflektor 
reaksiyani vujudga keltiradigan signallar ta’sirida kelib chiqadi. 
I. P. Pavlov bunday tormozlanishni tashqi tormozlanish deb ata-di va bosh miya katta 
yarim sharlari po‘stlog‘ida shunday tormozlanishning kelib chiqish mexanizmini bir 
vaqtdagi manfiy induksiya hodisasi bilan izohladi. 
Tashqi tormozlanishning yuzaga chiqishida retikulyar formatsiyaning muayyan 
strukturalari qatnashuvini eng yangi elektrofiziologik tadqiqotlar ko‘rsatib berdi. 
Ta’sirlovchilar ta’sir etib turgan paytda shu strukturalarning neyronlarida vujudga 
keluvchi nerv impulslari refleks dugasining effektor qismlarigagina emas, sensor 
qismlariga ham kuchli tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Buni mushuk ustida qilingan 
quyidagi tajriba yaqqol tushuntirib beradi. Afferent eshituv yo‘lining turli qismlaridan 
potensiallarni ajratib olish uchun koxlear yadro, tizzasimon tanalar, po‘stloqning 
eshituv zonasiga elektrodlar joylashtirildi. Tovush ta’sir etishiga javoban, bu 
tuzilmalarning hammasida yuzaga chiqarilgan potensiallar qayd qilina-di. So‘ngra 
mushukka sichqon ko‘rsatiladi, shu ta’sirlovchiga doir kuchli orientirovka va ovqat 
topish reaksiyasi kelib chiqqan paytda yana o‘sha tovush bilan ta’sir etiladi. Bularga 
javoban yuzaga chiqarilgan reaksiyalar po‘stloqdagina emas, koxlear yadroda, ya’ni 
eshituv yo‘lining ikkinchi neyroni ro‘parasida ham keskin darajada sust bo‘ladi. 
Sichqon ko‘zdan g‘oyib bo‘lgach, tovush ta’siriga javoban ro‘y beruvchi reaksiyalar 
batamom tiklanadi. 

Download 143 Kb.
  1   2   3   4




Download 143 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shartli reflekslarning tormozlanishi Tashqi (shartsiz) tormozlanish

Download 143 Kb.
Pdf ko'rish