• Ijtimoiy-iqtisodiy omillar.
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

    6.6-rasm.Ilmiy muassasa binosi (Rossiya Federatsiyasi). 
    7. Kredit-moliya muassasalarining binolari. 
    7.1. Bank binolari va komplekslari: 
    - markaziy (emissiya) banklar; 
    - tijorat banklari; 
    - omonat kassalari. 
    7.2. Hisob-kitob-kassa markazlari. 
    7.3. G‘aznachilik binolari. 
    7.4. Birjalarning binolari. 


    128 
    6.7-rasm.Toshkentdagi Banklar Assotsiatsiyasi binosi. 
    8. Ko‘p funksiyali binolar va komplekslar. 
    Savdo, mehmonxona, sport, ishbilarmonlik, tomosha, kredit-moliya kabi turli 
    funksional vazifalar uchun mo‘ljallangan jamoat binolari komplekslari. Ular bir 
    necha binolar majmuasidan iborat bo‘lib,ko‘p qavatli va katta maydonlarni egallashi 
    mumkin. 


    129 
    1.8-rasm.Suv sporti saroyi binosi. 
    6.2. Jamoat binolarining tipologik belgilarini shakllantiruvchi omillar 
    Jamoat binolari va inshootlari arxitekturasi ijtimoiy-iqtisodiy, shaharsozlik, 
    ekologik, sanitariya, funksional, hajmli-rejali, konstruktiv, kompozitsion-badiiy 
    omillarning o‘zaro va birgalikdagi ta’siri ostida shakllanadi. Binolarning turli tiplari 
    uchun muayyan davrning bir qator sharoitlariga bog‘liq holda u yoki bu omilning 
    ta’siri ahamiyatliroq va ustuvor bo‘lib qoladi. Ularni izchillik bilan ko‘rib chiqamiz. 
    Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. 
    Sivilizatsiya rivojlanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar binolarni me’moriy 
    loyihalanishiga qanchalik tez ta’sir qilishini tarix yaqqol namoyish qilib bergan. 
    Muayyan davr va voqeliklar jamoat binosining u yoki bu turiga bo‘lgan ehtiyojni, 
    shuningdek har bir tur ichidagi muayyan tarixiy davr va iqtisodiy tuzilma uchun mos 
    bo‘lgan aniq o‘ziga xos xususiyatlar yo‘nalishini belgilab beradi. Alohida turlar 
    o‘rtasidagi aniq chegaralarning yo‘qolib borishi, polifunksionallik, universallik, bino 
    turini shakllantiruvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi va bir biriga qo‘shilib ketishi 
    hozirgi kun uchun xos hisoblanadi. Arxitektura va shaharsozlikka menejment 
    metodlarining tatbiq etilishi shahar rivojlanishi manfaatlariga zid kelishi mumkin.


    130 
    Shaharsozlik yo‘nalishidagi loyihalash o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy aksiya 
    bo‘lib, jamoaviy birdamlikni ifodalaydi. Shaharsozlik komplekslarini, bir nechta 
    binolardan tarkib topgan ko‘p funksional ansambllarning tashkil etilishi o‘rniga 
    individual ob’yektlarni joylashtirish amaliyoti tatbiq etilmoqda. Binolarni 
    loyihalashtirishga bu kabi yondoshish natijasida shakllanib ulgurgan shahar qabul 
    qila olishi mumkin bo‘lgan miqdordan ko‘proq dominantalar yaratilishiga olib keladi. 
    Bu erda shaharsozlik boshqaruvida ahamiyatli mavqega ega yirik investorlar va 
    banklar tomonidan “dominanto-polislar” qurishga bo‘lgan talab va buyurtmalar hajmi 
    kun sayin ortib borishi kuzatiladi.
    Bu muammoning boshqa jihati sifatida shaharsozlik siyosatida ikki tomonlama 
    yechimga ega funksiyalarning ajratilishini e’tirof etish mumkin. Bu holatni hayotning 
    real voqeliklarini iqtisodiy konsepsiyalar asosida ajratilishi va turmushning barcha 
    sohalarini qamrab olgan mehnat taqsimotining iqtisodiy toifalanishi natijalari bilan 
    izohlash mumkin. Shaharsozlik nuqtai nazarida bu holat ikki tendensiya sifatida aks 
    ettiriladi: 
    - funksiya kooperatsiyasi va ixtisoslashuvi shaharning jamoat markazida 
    joylashgan ko‘p qavatli kompleks bo‘lishini talab qiladi; 
    - funksiyaning qismlarga ajratilishi shahar markazidan uzoqda joylashgan kam 
    qavatli jamoat binolari qurilishi taqozo qiladi. 
    Biroq, funksional zonalash nazariyasi erkin va alohida turuvchi, keng hududlar 
    bilan o‘ralgan va tegishli energiya yo‘qotishlari mavjud bo‘lgan binolar qurilishi 
    g‘oyasini ilgari suradi. Ushbu nazariyaning yaqqol va kundalik isboti sifatida tijorat 
    zonalardagi avtoturargohlarni keltirish mumkin – bu inshootlar, xuddi biznes-
    markazlar singari tunda umuman bo‘m-bo‘sh bo‘ladilar. Xuddi shunday holatni turar-
    joy zonalarida kunduz soatlarida kuzatish mumkin. Ko‘p energiya sarflaydigan va 
    “katta energiya yo‘qotishli”, ya’ni sanoat-tijorat zonalaridagi energiyani behuda 
    sarflaydigan ulkan yuzali yassi tomlar ochiq dam olish joylari sifatida 
    foydalanilmaydi. Muammoning yechimi ekologik loyihalash va ko‘p funksiyali 
    universal binolarni qurish, bino fasadlarini yo‘nalishga qarab assimetrik joylashtirish, 
    sanoat-tijorat binolarining yassi tomlarida turar-joy xonalarini qurish bilan bog‘liq.


    131 
    Bu kabi yondoshuvlar mintaqaviy iqlim sharoitlari, qurilishning mahalliy 
    xususiyatlari, uzoq muddat xizmat qiladigan mahalliy materiallardan foydalanish 
    ko‘lamini kengaytirilishiga asoslanadilar. Shunday qilib, yangi mintaqaviy sifat 
    rivojlanishi zarur. Ekologik qurilish, birinchi navbatda, mintaqaviy farqlanishlarga 
    ega va ularni hisobga olgan holdagina bino va umuman shaharning yangi individual 
    turini yaratish mumkin. 

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish