|
Biznesning ijtimoiy mas'uliyat institutlari sifatni oshirish omili sifatida aholi hayoti
|
Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 61,63 Kb. | | #263833 |
Bog'liq bz1
BIZNESNING IJTIMOIY MAS'ULIYAT INSTITUTLARI SIFATNI OSHIRISH OMILI SIFATIDA AHOLI HAYOTI.
Anotatsiya: ushbu maqolada biznesning ijtimoiy mas’uliyat institutlari va ularning umumiy vazifalari haqida qisqacha, ijtimoiy mas’uliyat institutlarining aholi hayot sifatiga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar kelgan.
Kalit so’zlar:Biznes, korparatsiya, bozor iqtisodiyoti, raqobat,Amerika Qo’shma Shtatlari tjribasi, ishsizlik, janubiy-sharqiy osiyo,metallurgiya, neft sanoati, ko’mir ishlab chiqarish.
Biznesning ijtimoiy mas’uliyat institutlari deyilganda, biznes sharti bajarilganda, kiritilgan investitsiya va qilinayotgan biznes faoliyatning atrof aholi yoki kishilik jamoiyati uchun foydasini ifodalovchi tashkilot va biznes institutlarining bir qismiga aytiladi. Biznesda ijtimoiy mas’uliyat institutlarining o’rnining oshishi albatta inson hayot tarzida uzviy bog’liqdir. Ijtimoiy mas’uliyat institutlarning asosiy vazifasi ham biznes orqali xalq va uning xo’jaligiga moliyaviy ta’sir o’tkazish, kapital orqali aholi yashash tarzini o’zgartirishga harakat qilishdir. Ijtimoy mas’uliyat institutlari biznesda ancha muhim o’rin tutib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Korxonani atrof jamiyatga foyda keltiradigan holda ishlashini ta’minlash. Bu ushbu institutlarning asosiy vazifasi bo’lib, biznes agar atrof insonlarga foyda keltirmasa, bu biznes faoliyatida ijtimoiy mas’uliyat institutlari yaxshi rivojlanmagan,yoki umuman tashkillashtirilmagan deb topiladi. Ijtimoiy mas’uliyat institularining ushbu vazifasiga misol qilib, o’zi joylashgan hududdagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand xonadonlarni ish bilan ta’minlash, aholi punkiti ribojlanishiga, iqtisodiy o’sishiga sababchi bo’lish kabi omillarni keltirish mumkin.
2. Ijtimoiy mas'uliyatli kompaniyalar jamiyat va atrof-muhit farovonligini ta'minlovchi siyosatni qabul qilishlari va ularga salbiy ta'sirlarni kamaytirishlari kerak. Davlat va harqanday siyosiy tuzumni qo’llab quvvatlovchi katta kompaniyalar, insonlar va ularga har tomonlama foyda keltiruvchi siyosatni targ’ib qilishlari, gohida esa, ushbu siyosatni faol yurgizayotgan shaxslarni munosib rag’batlantirib borishlari kerak.
3. Kompaniyalar atrof-muhitga foydali o'zgarishlar kiritish, axloqiy mehnat amaliyotlarida qatnashish va xayriya ishlarida qatnashish kabi ko'p jihatdan mas'uliyatli harakat qilishlari keraki. Hozirgi kunda ushbu toifa institutlarning tashkillashtirilmagannining yagona salbiy yechimi ham, sanoat korxonalarining atrof muhitga yetarlicha ziyon yetkazishayotganidir. Ayniqsa qurulish mollari (sement) va yoqilg’ilardan ko’mir qazib olish va iste’mol qilishni sezilarli darajada kamaytirilmas ekan, toza havo kelajakda eng dolzarb unsurlardan bo’lib qoladi.
4. Biznes faoliyatini ortiqcha tanqidiy qarashlardan asrashdir. Ya’ni aytish mumkinki, agar biznes o’z ichida ijtimoiy mas’ul institutlarni tashkil etsa, bir qancha tanqidlardan qutulib qolishi ba’zida haddan ortiq qo’llovga erishishi mumkin. Biroq, ijtimoiy mas’ul institutlar, ba’zan, biznes faoliyatiga teskari ham bo’lib qolishi mumkin. Masalan, niyyati qanday bo’lmasin pul toppish bo’lgan tadbirkor hech qachon na atrof muhitni na atrof aholini o’ylaydi.
Hozirgi kunda ijtimoiy mas’uliyat institutlarini biznes faoliyatda tashkil etish dolzarb bo’lgan uchun, bir necha iqtisodiy olimlarni aynan bu sohani o’rnganishga majbur etdi. Huddi shunday olimlardan biri, mashxur investor, ArctosFx korparatsiyasi rahbari Akhilesh Ganti bo’lib, u o’z qarashlarida barcha biznes turlarida bu kabi institutlarni tashkil etish kerakligi, buning uchun eng asosiy usul moritory joriy etish yechim bo’la olishini bildirgan. Masalan hozirda tabiyatga uglerod va boshqa zararli gazlarni chiqshiga asosiy sababchi bo’lgan ko’mir va sement ishlab chiqarishga moritory joriy etilsa, va ularga bo’lgan ehtiyojlar boshqa yo’nalishlardan qondirilsa, bu tufayli ijtimoiy mas’ul institular o’z o’zidan paydo bo’ladi va xalq uchun hizmat qiladi degan fikrni janob Ganti o’z g’oyalarida mujassam etgan. Iqtisoiyot doktori, professor Kolin Read o’z qarashlarida ijtimoiy mas’uliyat institutlarining tashkil topishini sxemasini ishlab chiqqan va biznesni o’rgatuvchi maktablarda bu sohaga e’tibor nazari bilan qarashni joriy etish talabi bilan chiqqan. Ko’pchilik biznes maktablari biznesni qanday qurish va tashkil etishni o’rgatish orqali, talabada faqat pul topishni, asosiy motivatsiya va maqsad tariqsida berilmoqda. Aslida eslida esa, talabada pul topish asnosida jamiyat uchun foyda keltirish va atrof muhitga zarar yetkazmaslik haqida tushinchalarni ham ilm sifatida berib ketish darkor. Buning uchun avvalo, biznes darslari rejalariga buni qo’shib ketish kerak. K.Read o’zi maxsus kitob yaratib, uni faqat ijtimoiy mas’uliyat institutlarini rivojlantirishni targ’ibotiga bag’ishlagan. Ya’na bir mashxur iqtisodchi Karl Chizman o’z qarashlarida, ijtimoiy mas’uliyat institutlarining biznesda yo’lga qo’yishning eng samarali va aholi hayoti uchun foydali usuli bu, ushbu biznes tashkil topgan hudud aholi qatlamini biznesga jalb etish ularni ishga olish ekanligini yozadi. Biroq agar buni ham tadbirkor uchun bir necha qulayliklar va zararlari mavjud. Masalan qulayliklaridan biri tadbirkor o’z korxonasini yurgizar ekan ishchi kuchi topishdan qiynalmaydi. Ishchilar atrofda talaygina va hohlaganini tanlab ishlataveradi. Ishchilar kelib-ketish xarajatlari va tushlik uchun taomlari ham tadbirkorni cho’ntagiga qolishi mumkin. Biroq tadbirkor aynan ma’lum utaxasisni jalb etolmasligi, ishchilar soni ko’payib ketsa ularni tanlab olishdagi muammolarni vujudga kelishini ham inobatga olish kerak. Chizman shuning uchun ijtimoiy mas’uliyat institutlari asosan shu sohaga ixtisoslashtirilgan aholi punkitlariga biznes faoliyatlarini olib borishadi deb hissoblagan. Masalan, “Metallurglar” qishlog’ida, faqatgina metalga ishlov beruvchi kishilar istiqomat qilishadi. Ular bolaliklaridan beri bu ish bilan shug’ullanib, doimo metal buyumlar ichida katta bo’lishgan. Tadbirkor metallurgiya sohasida biron biznesni yaratmoqchi bo’lsa unda shu qishloq maqsadga muofiq bo’ladi. Ham tadbirkorning biznesi yuradi, ham shu biznesdagi ijtimoiy mas’ul institutlar aholini ish bilan ta’minlab, aholi punkitini rivojlantirish va iqtisodiy o’sishga o’z hissalarini qo’shishadi. Bunda tadbirkor va kishilar manfaatlari o’zaro kesishmay, parallel davom etadi.
Bozor iqtisodiyotida shunday atama borki,bu jamiyatni doimo bir yo’nalishda ulkan taraqqiyotga yetaklaydi. Bu atama “raqobat” bo’lib, biznesdagi ijtimoiy mas’ul institutlarni sifatini oshirib, aholi hayotida ham ijobiy ta’sir o’tkazadi. Buga eng katta misol sifatida Amerika Qo’shma Shtatlarida ko’rish mumkin. XIX asrning 2-yarmi, Qo’shma Shtatlar uchun biznesning qullab yashnash davri bo’ldi. Mettallurgiya, kemasozlik, temiryo‘l,neft va oziq-ovqat sanoati xususiy sektor tomonidan modernizatsiya qilinib, katta-katta korxonalar yaqinida joylashgan aholi punkitlarida kishilar hayoti sifati oshdi. Xususan 1892-yili, “Karnegiyning po’lat korxonasi” deb nomlangan korxona mashxur binznesmen Andryu Karnegiy tomonidan AQSHning Jonstaun shaxrida qad rostladi. O’sha zamonda. Jonstaun uncha katta bo’lmagan kichik va o’rtaxol shaharcha edi.Biroq, Karnegiyning ulkan po’lat korxonasida ishlamoqchi bo’lgan odamlar yoppasiga Jonstaunga ko’chib kela boshlashdi. Jonstaun shahri aholisi orasida turizm, ijara savdosi va ish bilan ta’minlashga doir hizmatlar rivojlanib ishsizlik yo’qoldi.Aholini daromadi ko’p tarmoqli bo’ldi, turmush darajasi o’sdi. (1-rasm)
1-rasm. Jonstaunda aholi daromadlari o’sishi.
Biroq Karnegiyning shahrdagi kompaniyasi kengaydi va ya’na ishchilar kerak bo’la boshladi. Boshqa biznes turlarida bo’lgani kabi.Metallurgiyada ham yirik korxonalar talaygina bo’lib, o’zaro korxonalarning raqobati faqat aholi yashash tarsi yaxshilanishga olib keldi. Tadbirkor karnegiyning o’zi toshqinda qolgan Jonstaun shahrini qayta qurishda qatnashdi. Aholi uchun tekinga shahrda teatr va katta kutubxona qurib berildi. Ishchilarni hayot tarzini yaxshilash uchun kasaba uyishmalari tuzildi. Ishchilar korparatsiyalar ko’pligidan qay birida ishlash kerakligini tanlay boshlashdi. Qaysi korparatsiyani ishchilar uchun maosh va ishlash sharoiti yaxshi bo’lsa, o’shanga ishga kirishadi.Biroq XX asrga o’tayotgan Amerika monopoliyalashib bordi. Biznesda ijtimoiy mas’ul institutlar, kasaba uyishmalari nufuzi pasaydi. Metallurgiya va neft sanoat, avtomobil ishlab chiqarish kabi eng yetakchi yo’nalishlarga korparatsiyalar kattayib, monopoliyalashib ketdi. Nihoyatda ulkan boylik ortirgan ijtimoiy boy aholi qatlami siyosatga qatnasha boshladi: president va kongresdagi saylovlarda ovozlarni berishga majburlash yoki qalbakilashtirish, yuqori organlarga o’z odaamini qo’yish kuchayib bordi. Bu esa o’z navbatida aholi yashash sifatiga tasir ko’rsatar edi. Bundan qo’rqqan president Ruzvelt katta korparatsiyalarni siyosiy jimoyatlari ustidan sudga berdi. Korparatsiyalar mol-mulklari xatlov qilinib, musodaraga tortildi. Biznesda eng boy qatlam tugatilib, biznesga ya’na raqobat qayta boshladi.
Ijtimoiy mas’uliyat institutlarining biznesda o’rnini kamaytirish ishchilar sifatiga va mamlakatda ish hajmini kamayib ketishiga ham sababchi bo’ladi.Masalan ijtimoy mas’uliyat institulariga bo’lgan ahamiyatni kamaytirgan Xitoy respublikasida hozir ishsizlik asosiy muammo bo’lib boryapti. Zaharli havo va ishchilar ish sofatiga ta’sir o’tkazuvchi boshqa omillar hattoki oliy ta’lim biznesining ahamiyatini ham kamaytirib yubordi.
2-rasm. Osiyoda ishsizlik.
2013-yilgacha ijtimoiy mas’ul institularga qattiq e’tibor bergan janubiy-sharqiy osiya mamlakatlarida biznesga zo’r berish oqibatida, 2017-yilga kelib ushbu institutlarga e’tibor pasaydi.Natijada odamlar hayot sifati tushib ketib, ishsizlik yuqorilay boshladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ijtimoiy mas’uliyat institutlarining biznesda o‘rni katta va aynan xususiy sektorda ishlayotgan aholining hayot sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham hozirga aynan aholi hayot sifatini oshirishda ushbu toifadagi institutlarning obro’sini oshirish va rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. Ijtimoiy mas’uliyat institutlarining nufuzi bzor iqtisodiyoti sharoitida raqobat kuchaygan sari yuqorilab boraveradi va agar raqobat nomukammal bo’lsa, unda ushbu ko’rsatkich pastlay boshlaydi. Biznesning mamlakatdagi iqtisodiy ro’lini oshirish va unda ijtimoiy mas’ul institutlarning ro’lini kamaytirish bu albatta, ishsizlik kabi muammolarni olib kelishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Akhilesh Ganti. “Biznesda ijtimoiy mas’uliyat institutlarini ro’lini oshirish.”
Kolin Read . “Biznesda kasaba uyishmalari faoliyati”
Chalrlz Vieteron. “Inson huquqlari va jamiyat asoslari.”
Charlz Chizman. “Qo’llanma: Ijtimoiy mas’uliyat institularini biznesda rivojlantirish”
Capital in the Twenty-First Century by Thomas Piketty.
Misbehaving: The Making of Behavioral Economics Richard H. Thaler.
An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations (Paperback)
by Adam Smith.
Economics in One Lesson: The Shortest & Surest Way to Understand Basic Economics (Paperback)
SuperFreakonomics: Global Cooling, Patriotic Prostitutes And Why Suicide Bombers Should Buy Life Insurance (Hardcover)
by Steven D. Levitt
|
| |