• Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
  • Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va korxonaning zararsiz ishlash nuqtasini hisoblash yo'llari




    Download 1 Mb.
    bet1/2
    Sana01.11.2023
    Hajmi1 Mb.
    #92392
      1   2
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va korxonaning zararsiz ishlash nuqtasini hisoblash yo\'llari.
    3 amaliy mashg’ulot. Tarmoqni testlash va asosiy ko’rsatkichlari, Labaratoriya 1-2-3, bog-cha-yoshidagi-bolalar-aniq-ovqatlanishini-o-rganish-va-uning-ahamiyati-4, httpsandstat.uzuploadsdocs2022.0220ichkisavdo.pdf 3, Parmalash va frezerlash ishlari texnologiyasi (I.Zairov), 30 mm yuzaga ishlov berishda, Induvidual Work By Xurshidbek, Yakubov Nosirjon Jurayevich, uzboss 11

    Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va korxonaning zararsiz ishlash nuqtasini hisoblash yo'llari.
    Tadbirkor ishlab chiqarish bilan shug’ullanar ekan, uning oldida ishlab chiqarish bilan bog’liq muammolar mavjud bo’ladi. Bu muammolarni uch darajada ko’rish mumkin. 
    Tadbirkorning oldida belgilangan miqdordagi mahsulotni qanday ishlab chiqarish mumkinligi masalasi turadi. Bu muammo ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa muddatda minimallashtirish masalasiga kiradi. 
    Tadbirkorning oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni optimal, ya’ni eng ko’p foyda keltiradigan variantini aniqlash turadi. Bu — qisqa muddatda foydani maksimallashtirish masalasiga kiradi. 
    Tadbirkorning oldida korxonaning eng optimal quvvatini, mahsulot ishlab chiqarish hajmini, ya’ni katta-kichikligini aniqlash muammosi turadi. Bu, uzoq muddatda foydani 
    maksimallashtirish masalasiga kiradi.
    Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham
    darak beradi. Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir. Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi. Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
    Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
    Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.
    Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.
    Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislatlariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
    Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi
    Talab omillari
    Raqobat omillari
    Xarajat omillari
    «Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
    Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma
    mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
    Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim
    tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar.
    Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha
    ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
    Bozor tez o’zgarib boradi va shunga ko’ra har bir mahsulot ham o’z yashash davrini
    ham o’taydi. Shu vaqt davomida firmalar doimo narxlarga o’zgartirishlar kiritadi.
    Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. Yangi mahsulotni
    ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali
    etarli darajada ma’lum emas.
    Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli noyob mahsulotga narx belgilashda asosiy masala «Qaymog’ini olish» yoki «Kirib olish» siyosatini qabul qilishdan iboratdir. Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini o’rganadilar. O’ziga o’xshash o’rinbosarlari bo’lgan yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday
    hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil tovarlar o’rtasida mavjud bo’lgan sifat va miqdorga qarab o’zgaradi. Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o’sishi bosqichidan to’yinish bosqichiga harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
    Normal foyda xarajatlarni bir elementini tashkil etadi. Undan tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki va tashqi shuningdek normal foydani chegirib tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan buxgalteriya foydasi, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
    BP \u003d B - VI
    Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish
    Bozor munosabatlari sharoitida har qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari turli xil oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga majbur bo'ladi. "Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda" (Cost-Volume-Profit) o'zaro aloqadorlik tahlili zararsizlik nuqtasini aniqlashda menejerlar uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, mazkur tahlil tizimi yordamida buxgalterlar, auditorlar, ekspertlarvamaslahatchilar korxona moliyaviy ahvolini haqqoniy baholash va yaxshilash uchun muhim tavsiyalar berishi mumkin. Zararsizlik nuqtasi korxona daromadlari uning xarajatlarini to'liq qoplash nuqtasi bo'lib, moliyaviy natijalarni aniqlashning oddiy va aniq usuli hisoblanadi.
    "Xarajat — ishlab chiqarish hajmi — foyda" quyidagi imkoniyatlarni beradi
    • ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish;
    • xarajat, ishlab chiqarish hajmi va foydaning o'zaro bog'liqligi ta’siri natijasida xarajatning qanday o'zgarishi mumkinligini aniqlash;
    • korxona rahbarlarining qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini 
    • qabul qilishlariga ko'maklashish;
    • korxonani istiqbolli rivojlantirish imkonini beradigan variantlar 
    • orasidan eng maqbulini tanlash va h.k.

    "Xarajat — ishlab chiqarish hajmi — foyda" tahlili tizimi nafaqat 
    kichik tadbirkorlik sub’ektlari, balki yirik korxona rahbarlari uchun ham ishonchli boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu tizim ida xarajat, ishlab chiqarish jarayoni va moliyaviy natijalar bogliqligiga ta’sir etuvchi turli xil omillar o'rganiladi. Bu holat korxona menejerlarini muntazam ravishda sotish bahosi, o'zgaruvchan va doimiy xarajat, resurslarni sotib olish va ulardan oqilona foydalanish borasida qaror qabul qilishi zarurligi bilan ifodalanadi.

    Download 1 Mb.
      1   2




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va korxonaning zararsiz ishlash nuqtasini hisoblash yo'llari

    Download 1 Mb.