Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi




Download 269.52 Kb.
bet1/20
Sana12.06.2023
Hajmi269.52 Kb.
#72286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi
Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022, Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA

GLOBAL MUAMMOLAR FALSAFASI
1. Globallashuv tushunchasi. Globallashuv masalasini bugungi kunda barcha mamlakatlardagi olimlar, siyosatchilar, jurnalistlar va tadbirkorlar muhokama qilmoqdalar. Ularning barchasi mazkur fenomenni dunyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy hayotining o’ziga xos bo’lgan zamonaviy holati, ularda kechayotgan ichki va tashqi jarayon hamda ularning umumplanetar tarzda rivojlanish tendentsiyasi sifatida talqin etmoqdalar. Umuman olganda ― «globallashuv» tushunchasi frantsuzcha global – umumiy va lotincha globus – shar so’zlaridan olingan bo’lib, birinchidan, Yer yuziga oid, butun Yer sharini qamrab oluvchi; ikkinchidan esa umumbashariy, keng miqyosdagi; jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik, degan ma’nolarni anglatadi. «Globallashuv» atamasi 1981-1983 yillarda amerikalik sotsiolog Dj.Maklin, amerikalik tadqiqotchi T.Levitt, angliyalik olim R.Robertsonlar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda ishlatilgan1 .
Globallashuv falsafiy ma’noda – bu jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy sohada o’zaro yaqinlashuvi, yangicha sifatiy birlashuvi natijasida sodir bo’layotgan voqeahodisalarning tez sur’atlar bilan bir mamlakat doirasidan chiqib, umumplanetar miqyosga ega bo’lishidir.
Globallashuvni jarayon sifatida ontologik jihatdan uchta: birinchidan, tabiat borlig’ida (iqlimning o’zgarishi, hayvonot dunyosi va o’simliklarolamining kamayib ketishi,tabiiy boylik zahiralarining tugab borishi va boshqalar); ikkinchidan, ijtimoiy-tabiiy borliqda ( energetik, ekologik, demografik va boshqqalar); uchinchidan, ijtimoiy yoki kishilik jamiyatining taraqqiy etishida (texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, megapolislarning ko’payishi, iqtisodiy hayot darajasining keskin tabaqalanib borishi va boshqalar) sodir bo’layotgan guruhlarga ajratish mumkin.
Globallashuvni makonda sodir bo’lishiga ko’ra planetar va regional, zamonda yuz berishiga qarab doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga ajratish mumkin.

Download 269.52 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 269.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi

Download 269.52 Kb.