• 10. Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari.
  • Hozirgi paytda mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar




    Download 269.52 Kb.
    bet6/20
    Sana12.06.2023
    Hajmi269.52 Kb.
    #72286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi
    Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022, Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA
    9. Hozirgi paytda mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar. Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrayi zaminini qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Bu jarayonlar jahon taraqqiyotining muhim xususiyati ekanini e’tirof etgan holda, ularning kuchli mafkuraviy ta’sir vositasi ekanini ham unutmaslik darkor.
    Mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillarga: 1) iqtisodiy munosabat va aloqalarning kuchayishi; 2) ijtimoiysiyosiy munosabatlarning kengayishi; 3) ma’naviy munosabatlar va madaniy aloqalar ko’lamining ortishi; 4) axborot va aloqa kommunikatsiyalarining taraqqiyoti; 5) fundamental ilmiy kashfiyotlar va fan yutuqlarining ko’payishi; 6) texnik va texnologik imkoniyatlarning o’sishi va boshqalar kiradi.
    Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi – bu xalqlar va davlatlarning bir birlariga g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlarining kengayishi natijasida,ular o’rtasidagi mafkuraviy munosabatlarning Yer yuzining barcha mintaqalarida ijobiy yoki salbiy tarzda kengayib umumbashariy ahamiyat kasb etishidir.
    10. Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari. Har bir narsa va hodisalarning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari, globallashuv jarayonining ham ana shunday tomonlari mavjuddir. AQShdagi Florida universiteti professori Garri Dams “Kapitalizm transformatsiyasi” asarida globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari haqida to’xtalib:”Bu jarayonning afzalliklari haqida so’z ketganda, birinchidan, dunyo miqyosida sifatli mahsulot hajmining ortib borayotgani, unga nisbatan talab-ehtiyojning kengayishi; ikkinchidan, avto va aviatransport, turizm hamda aholi migratsiyasining kuchayishi; uchinchidan, kompyuter, internet, sun’iy yo’ldosh orqali teleko’rsatuvlarni uzatish tizimining mislsiz darajada rivojlanishi; to’rtinchidan, yangi kashfiyot va zamonaviy texnologiyalar vositasida o’simlik va hayvonot olamida irsiyatni o’zgartirish orqali oziq-ovqat ishlab chiqarish hamda o’ta xavfli irsiy kasalliklarni bartaraf etish imkoniyati tug’ilayotganini e’tirof etish darkor. Ammo mazkur jarayonning salbiy jihatlaridan ham ko’z yumib bo’lmaydi. Xususan, texnologik inqilob, haddan tashqari sanoatlashtirish jarayonining sayyoramiz iqlimiga global ta’sir etishi oqibatida insoniyat salomatligiga jiddiy xavf tug’ilmoqda. Madaniyatlarning birxillashuvi esa milliy davlatlar, turli xalqlar qadriyatlariga putur etkazmoqda”7, – deb yozgan edi. O’zbek xalqi ham barcha odamlar kabi globallashuvdan chetda qolayotganicha yo’q. Xalqimizning globallashuv jarayonlariga bo’lgan munosabati Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining:”Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimizdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman”8 , – deb aytgan so’zlariga hamohangdir. Demak, globallashuv jarayonlarining ijobiy tomonlarini o’z uyimiz bo’lgan O’zbekistonimizga qabul qilamiz, ulardan unumli foydalanamiz, ammo salbiy holatlarining esa uyimizga kirib kelib ag’dar-to’ntar qilishlariga yo’l qo’ymaymiz. Chunki “ bugungi kunda, – degan edi I.A.Karimov, – inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas bo’lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin”9.



    Download 269.52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 269.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi paytda mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar

    Download 269.52 Kb.