• . Milliy manfaat va mafkuraviy xavfsizlik
  • Globallashuv sharoitida o’zbek xalqining milliy manfaatlari mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari




    Download 269.52 Kb.
    bet7/20
    Sana12.06.2023
    Hajmi269.52 Kb.
    #72286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
    Bog'liq
    Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi
    Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022, Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA
    2. Globallashuv sharoitida o’zbek xalqining milliy manfaatlari mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari.
    Globallashuv sharoitida milliy manfaatimizga, milliy ma’naviyatimizga, g’oya va mafkuraga qarshi bo’lgan xavf-xatarlarning yuzaga kelishi nimalar bilan bog’liqligini, uning sabablarini aniqlay bilish lozim bo’ladi. Qanday sabablar, omillar va vositalar milliy ma’naviyat, g’oya va mafkuraga qarshi xavf-xatarlarning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin? Bu savolga javob berishdan oldin «xavf-xatar» va «tahdid» tushunchalari ustida qisqa to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.
    «Tahdid» turg’unlik holatidagi xavf-xatardir. Xavf-xatar esa «tahdid»ning amaliyotga aylanishi,«ishlashi»,nimagadir ta’sir o’tkazishining boshlanishidir. «Tahdid»ning xavf-xatarga aylanishi milliy manfaat, milliy ma’naviyat, g’oya va mafkuraga nisbatan qo’llanilganda unda ichki va tashqi emirilish jarayoni kechayotganini tushunish mumkin. Zero, «tahdid» xatarli kuch bo’lishiga qaramasdan, agar amaliyot darajasiga aylanmasa, uning ta’sir o’tkazish maqomini anglab etish murakkabligicha qoladi.
    Xavf-xatar doim harakatda bo’ladigan jarayon hisoblanadi. U «tahdid»ning yuzaga kelishi oqibatida sodir bo’ladi. Xavf-xatarning boshida «tahdid» turadi. Tahdidda turg’unlik mavjud bo’lsa, xavf-xatar har doim harakatdagi jarayondir. Bugun milliy manfaat,milliy ma’naviyat, g’oya va mafkuraga qaysi biri kuchli ta’sir o’tkazmoqda, degan savolga javob izlaydigan bo’lsak, aytish mumkinki, ularning har ikkalasi ham kuchaygandan kuchayib bormoqda. Buning ma’nosi shuki, tahdid kuchayib borgani sari unga mos ravishda milliy manfaatlarimizning tub mohiyatini ifodalovchi g’oya va mafkuramizga nisbatan xavf-xatar ortmoqda hamda ularni ichkaridan va tashqaridan emirishga harakat qilish avj olmoqda. Ayni paytda, ular bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, yagona kuch sifatida amal qilmoqda.
    Milliy manfaat, milliy ma’naviyat, g’oya va mafkuraga nisbatan xavf-xatar quyidagi holatlarda: millatning o’zgalarga qaramlik holatiga tushib qolishida; milliy birlikning susayishida; millat vakillarining o’z milliy ma’naviyatidan begonalashuvida; ta’limning tarbiyadan uzilib qolishida; mamlakatda qonun ustuvorligining yetarli darajada amal qilmasligi va korruptsiyaning kuchayishida; demokratik qadriyatlar rivojlanishining milliy taraqqiyot ehtiyojlaridai orqada qolishi sharoitida yuzaga keladi.
    Sh.M.Mirziyoev aytganidek: ” Ma’lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to’qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o’zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o’zini o’ylash, mehnatga, oilaga engil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo’llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti.
    Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda. Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo’lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o’ylab yashash zarur”10.
    1. Milliy manfaat va mafkuraviy xavfsizlik. O’zbekiston xalqining milliy manfaatibu o’zining milliylik va umuminsoniylik xususiyatlariga mos ravishda mavjud reallikda vujudga kelgan zaruriy ob’ektiv va sub’ektiv omillar talablaridan kelib chiqqan holda moddiy va ma’naviy jihatdan biror bir foyda, naf ko’rish maqsadida amalga oshiradigan faoliyatlari tizimidir. Buning yadrosini o’zbek xalqining mehnatsevarligi, insofliligi, shukronaligi, baham ko’rishi va adolatpeshaligi kabi bir qator axloqiy-ma’naviy fazilatlari tashkil qiladi. Milliy manfaat – millatning yuksak axloqiy-ma’naviy fazilatlari va umuminsoniy axloq normalariga tayanmas ekan, u o’zining ma’naviy,mafkuraviy asosini yo’qotib, ichki va tashqi siyosatda qonuniylik tamoyillari ijrosining zaiflashuviga olib keladi. Bu esa o’z navbatida milliy manfaatlar tizimini izdan chiqarish bilan tugallanadi.
    Globallashuv sharoitida O’zbekiston xalqining milliy manfaatlarini ta’minlash birinchidan, keng ma’noda inson manfaatlari, ikkinchidan esa nisbatan tor ma’noda davlat manfaatlari sifatida, ularning g’oyaviy-mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash ishlarini yo’lga qo’yish orqali amalga oshirishga harakat qilinmoqda.
    Milliy manfaatlarga qaratilgan har qanday tahdid va xavf-xatarlarning oldini olishda milliy mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash alohida o’rin egallaydi. Bunda, milliy-ma’naviy xavfsizlik – milliy ma’naviyatning barqaror taraqqiy qilishi uchun shart-sharoit, vaziyat, imkoniyatlarning mavjudligi, uning o’ziga xosligiga zid bo’lgan turli ma’naviy, ruhiy, axloqiy va estetik tahdidlardan himoyalanganligi va milliy ma’naviyatning umummilliy taraqqiyotning tabiiy ehtiyoji va amaliyotiga aylanganlik aylanganlik salohiyatini, g’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik esa shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladigan g’oyaviy-mafkuraviy tajovuzlar, turli mafkuraviy markazlarning buzg’unchilik ta’siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha hisoblanadi.

    Download 269.52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




    Download 269.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Globallashuv sharoitida o’zbek xalqining milliy manfaatlari mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari

    Download 269.52 Kb.