Madaniyat sohasining globallashuv




Download 269.52 Kb.
bet4/20
Sana12.06.2023
Hajmi269.52 Kb.
#72286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi
Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022, Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA
6.Madaniyat sohasining globallashuv. Madaniy-ma’naviy hayot sohalarining globallashuv deb jahonda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda mazmunan ko’proq daromad topishga qaratilgan, shaklan turli xil ko’rinishga ega bo’lgan,mohiyatan o’zga elat,millat,xalqlarning asrlar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarini ichidan parchalab tashlash evaziga,ularni madaniy-ma’naviy qaramlikka mahkum qilishga yo’g’rilgan katta moliyaviy qudratga ega bo’lgan davlat va shaxslar tomonidan tez sur’atlar bilan sodir etilayotgan hodisalar tizimiga aytiladi. Bunday hodisalar tomosha jarayonini bozor munosabatlarining, xususan, san’at industriyasi, shou-biznesning shakllanishi iste’molchi talabiga ko’ra mahsulotni taklif qilinishi bilan xarakterlanadi. Bu sohalarda savdo-sotiq munosabatlarining shakllanishi, butun dunyo bo’yicha “tomosha industriyasi” ni yuzaga keltirdi. Uning ta’sirida “Ermak va tomoshalar” shiori ostida iste’molchilik ruhiyati avj oldirilayapti. Madaniyat sohasida iste’molchilik kayfiyatining shakllanishi milliy ma’naviyatning takomillashib, yanada boyib borishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki iste’molchilik kayfiyati kuchaygan jamiyat a’zolari o’z milliy ma’naviyatini yangi asoslarda boyitishdan ko’ra tayyoriga taqlid qilish, uni o’z ma’naviyatining tarkibiga kiritishga moyil bo’lishadi. Bu esa jamiyat a’zolarini ma’naviy qaramlikka olib keladi. Shu manoda, siyosatshunos Z.Bzejinskiy: ”Amerikaliklarning qiziqishiga, ovqatlanish va hatto kiyinish odatlarigacha butun dunyoda taqlid qilishadi”5 ,– deb ta’kidlaydi. Madaniy iste’molchilik kayfiyatining rivojlanishi madaniy va ma’naviy boyliklarga nisbatan munosabatga, shu bilan birga milliy ma’naviyatning real hayotdagi ifodasi bo’lmish urf-odatlar, an’ana va marosimlar, qadriyatlarga nisbatan ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularni kishilar hayotidan siqib chiqaradi. Bugun yoshlar orasida urf bo’lib borayotgan ochiq-sochiq kiyinish, muomalada milliy tilga e’tiborsizlik, Yevropa mentalitetiga intilish kabi holatlarni ko’plab uchratish mumkin. Bular barchasi milliy ma’naviyatning axloqiy asoslariga putur etkazadi.

Download 269.52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 269.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Madaniyat sohasining globallashuv

Download 269.52 Kb.