• Ta’lim yo‘nalishi: 5110700
  • 6. FAN DASTURI ………………………………………..………84-94 7. ISHCHI O’QUV DASTURI ………………………….……. 95-104 8. TEST SAVOLLARI …………………………………..……..105-108
  • Interfaol ta’lim
  • Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti raqamali axborot texnologiyalari




    Download 4.42 Mb.
    bet1/63
    Sana31.01.2023
    Hajmi4.42 Mb.
    #40448
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
    Bog'liq
    Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022
    Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi, Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI


    TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI


    RAQAMALI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI


    «TASDIQLAYMAN»

    Raqamali axborot texnologiyalari


    kafedra mudiri____________R.Yu.Mamajanov
    “____” _________ 2022 yil

    AXBOROT TIZIMLARI


    FANIDAN






    Bilim sohasi:

    100 000

    • Gumanitar

    Ta’lim sohasi:

    110 000

    • Pedagogika

    Ta’lim yo‘nalishi:

    5110700

    - Informatika o’qitish metodikasi




    Denov-2022
    MUNDARIJA

    1.

    O’QUV MATERIALLARI …………………….………………3-8










    2.

    MA’RUZA MATERIALLARI…………………………..…..…9-46










    3.

    AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI……..…….…47-56










    4.

    TAJRIBA MASHG’ULOTLARI………………………….…57-74










    5.

    MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI……………… …..…...75-76










    5.

    GLOSSARIY……………………………………….…......…....77-83












    6. FAN DASTURI ………………………………………..………84-94
    7. ISHCHI O’QUV DASTURI ………………………….……. 95-104
    8. TEST SAVOLLARI …………………………………..……..105-108
    9. BAHOLASH MEZONLARI…………………………………109-110
    10. FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…111-112
    MODULNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN
    INTERFAOL TA’LIM METODLARI.

    Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo’li – bu mashg’ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.


    Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” (rus tilida “interaktiv”) tarzida ifodalanib, lug’aviy nuqtai nazardan “inter” – o’zaro, “act” – harakat qilmoq kabi ma’nolarni anglatadi.
    Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, ko’nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lidagi o’zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.
    Interfaollik talabalarning bilim, ko’nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lida birgalikda, o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o’zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi1.
    O’qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim texnologiyasi yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o’z-o’zini nazorat, o’z-o’zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o’z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo’ladi. Eng muhimi, interfaol ta’lim texnologiyasini qo’llash orqali o’qituvchi talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo’lida o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo’naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo’lga kiritadi.
    Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va uning o’quv–tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog–o’qituvchi o’z kasbiy tayyorgarligini pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi. Uzluksiz ta’lim chuqur har taraflama asosli ta’lim tarbiya berish mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli shakl, uslub, vosita, usul va sifatini turli komponentlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik muayyan usullar va uslublarni ta’lim jarayoniga oqilona tatbiq etilishini ta’minlaydi. Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o’quvchinig dasturiy bilim tassavur ko’nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish ilmiy fikrlashga, o’quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda. Talabalarning ruhiyatlariga mos ravishda muloqotda bo’la olish zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o’quv–tarbiya jarayonida qo’llay olishi kerak. Bugungi kunda ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilar:
    Birinchidan, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, pedagogik texnologiyalardan foydalanish shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi.
    Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv–tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
    Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta’lim–tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
    To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot texnologiyalarning usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli ularning qo’llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi2. O’quv–tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa, talabadan ko’proq mustaqil ishlash, ijod qilish va iroda kabi sifatlarni talab etadi.
    Har qanday pedagogik texnologiyaning o’quv–tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxs tabiatidan kelib chiqqan holda o’quvchini kim o’qitayotganligi va o’qituvchi kimni o’qitayotganiga bog’liq. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o’qituvchi va o’quvchining belgilanganmaqsaddan kafolatlangan natijaga aniq ketma–ketlik asosida tizimli, hamkorlikda erishishlari tanlangan texnologiyalariga bog’liq.

    Download 4.42 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




    Download 4.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti raqamali axborot texnologiyalari

    Download 4.42 Mb.