• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR https://azkurs.org https://kompy.info
  • Talim nazariyasi




    Download 2.23 Mb.
    Sana29.10.2023
    Hajmi2.23 Mb.
    #90910
    Bog'liq
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI — копия
    Kurs ishi mavzusi 2015 1-nomerdagi rajabova Umida, UGC DME - копия, 2. Internet protokollari haqida so’zlab bering Internet provayde, Mavzu Mashina detallarining umumiy tasnifi. Mashinalar ishonchl, 22, Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish shakllari, Ikkinchi sinfda chiroyli yozuv darslarini tashkil etish, Lecture 10, 1-Ma`ruza (KUM), Bekzod LaTexga kirish 1-amaliy ishi, 2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari, ALT dan 2-topshiriq Sultonqulova Dilnoza, L3-laboratoriya, 15-ma`ruza,

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT ” FAKULTETI 3-BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASI RO’ZIYEV BEKZODNING “ TALIM NAZARIYASI” FANIDAN 1-AMALIY ISHI BAJARDI : RO’ZIYEV.B QABUL QILDI : ILMURADOVA.D

    MAVZU:Didaktikaning asosiy kategoriyalari


    Didaktikada “idrok etish”, “o’zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo’lgan tushunchalar ham qo’llaniladi.
    Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to’ldirilib borilmoqda.
    Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi.
    Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi.
    O’rgatish – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
    O’rganish – anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi.
    O’qitish – qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati.
    Ta’lim – o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
    Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari yig’indisi;
    Ko’nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash.
    Malaka – avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning takomillashgan darajasi.
    Kompetensiya – egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish layoqati.
    Maqsad – o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda safarbar etilishi.
    Mazmun – o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.
    Tashkil etish – qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon.
    Shakl – o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni uchun qobiq.
    Metod – o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li.
    Vosita – o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt.
    Natija – o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
    Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi.
    Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
    falsafiy tushunchalar;
    xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo’lgan tushunchalar.
    Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog’liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo’llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o’rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
    ta’lim - o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon;
    dars – bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;
    bilim olish – idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
    ta’lim jarayoni – o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
    • o'quv maqsadlariga ifodalash. ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ular nima kerak xabardor bo'lishi kerak. pirovard maqsadi mavjud bo'lsa, o'qish ancha oson va yanada samarali bo'ladi.
    • ta'lim eng muhim vazifalaridan biri - har tomonlama rivojlantirish orqali barkamol shaxsini shakllantirish hisoblanadi.
    • aniqlash talim mazmuni. belgilangan maqsadda, shuningdek, tashqi va ichki sharoitlariga qarab, o'rganish hozirgi dasturi hosil bo'ladi.
    • Didaktiği ma'lumot taqdim etish qanday muammoni hal. ta'lim to'g'ri yondashuv, ba'zan tomoshabinlar materiallar muvaffaqiyatli idrok ta'minlaydi.
    • mos didaktik vositalarni (o'quv moddiy) topish. muammo, shuningdek, ularning shakllanishi va foydalanish tamoyillari rivojlantirish hisoblanadi.
    • tamoyillari va o'rganish qoidalarini tahrir. Ular standartlashtirilgan bo'ladi qaramay, ular muayyan sharoitlariga ko'ra, sozlanishi.
    • ta'lim muammolarni o'rganish - bu didaktika ham muhim hisoblanadi. Shuningdek ta'lim tizimini rivojlantirish istiqbollari e'tibor.
    • Ulash pedagogik va boshqa tegishli fanlar.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR https://azkurs.org https://kompy.info


    Download 2.23 Mb.




    Download 2.23 Mb.