• Davlat royhatidan otkazish togrisida hujjatlar
  • miqdorining 30 foizi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (vaqtinchalik so‘mlardagi va valutadagi jamlovchi hisob raqamlariga pul mablag‘lari to‘langanligi to‘g‘risida bank
  • Tadbirkorlik korxonalari tashkil etish va davlat royxotidan otkazish tartibi Reja




    Download 26.1 Kb.
    bet1/3
    Sana27.03.2023
    Hajmi26.1 Kb.
    #46904
      1   2   3
    Bog'liq
    Kurs ishi mavzusi 2015 1-nomerdagi rajabova Umida, UGC DME - копия, 2. Internet protokollari haqida so’zlab bering Internet provayde, Mavzu Mashina detallarining umumiy tasnifi. Mashinalar ishonchl, Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish shakllari, Ikkinchi sinfda chiroyli yozuv darslarini tashkil etish, Lecture 10, 1-Ma`ruza (KUM), MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI — копия, Bekzod LaTexga kirish 1-amaliy ishi, 2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari, ALT dan 2-topshiriq Sultonqulova Dilnoza, L3-laboratoriya, 15-ma`ruza,

    Tadbirkorlik korxonalari tashkil etish va davlat royxotidan otkazish tartibi
    Reja:
    1. Davlat ro'yhatidan o'tkazish to'g'risida hujjatlar
    2. AN’ANAVIY TARZDAGI MUROJAAT
    3. INTERNET TIZIMI ORQALI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHNING AFZALLIKLARI

    Davlat ro'yhatidan o'tkazish to'g'risida hujjatlar
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.2003 y. 357-sonli «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori.
    (ko‘chirma)

    II. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni hisobga qo‘yish
    11. Tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (shaxsan kelib yoki pochta orqali) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi ariza taqdim etiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga:
    ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi (davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun notarial tasdiqlangan ta’sis hujjatlari talab etilmaydi);
    tadbirkorlik subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat (fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
    davlat bojining yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati (dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
    belgilangan tartibda shaharlar (tumanlar) statistika organlari tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma;
    muhr va shtamp eskizlari uch nusxada ilova qilinadi. bozorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun - uni tashkil etishga shahar (tuman) hokimligining roziligi (yoki qarori);
    xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
    xorijiy muassis to‘g‘risida yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi savdo reyestridan ko‘chirma va O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan, bular mavjud bo‘lmagan taqdirda, muassis ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilingan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan bankning tavsiya xati taqdim etiladi. (O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar bankning tavsiya xati va o‘z pasportlariga oid ma’lumotlar nusxasini taqdim etadi). Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk hisoblansa, u holda ariza beruvchi baholovchi tomonida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan baholash to‘g‘risidagi xulosasini taqdim etishi kerak;
    xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning ustav fondi 20 mln AQSH dollarini yoki undan ortiqni tashkil etgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tashkil etish to‘g‘risidagi qarorining nusxasi;
    har bir muassis tomonidan korxona ustav fondidagi ulushi miqdorining 30 foizi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (vaqtinchalik so‘mlardagi va valutadagi jamlovchi hisob raqamlariga pul mablag‘lari to‘langanligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kelinganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat, qo‘shilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar);
    bir shaxsdan ortiq shaxs tomonidan tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ta’sis yig‘ilishi (konferensiya) protokoli;
    cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni va xo‘jalik shirkatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun har bir muassis tomonidan ustav fondiga ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan o‘z ulushining 30 foizi to‘langanligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi taqdim etiladi. Agar tadbirkorlik subyekti ustav fondi yoki uning bir qismi mulkiy ulush (ko‘chmas mulk, asbob-uskuna va boshqalar) yoki intellektual mulk hisobiga shakllantirilgan taqdirda bank ma’lumotnomasi talab qilinmaydi, ta’sis hujjatlaridagi ustav fondini shakllantirish manbalariga ko‘rsatma muassislar niyatini tasdiqlaydi;
    yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
    ...Tadbirkorlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish, davlat organlarida vakillik qilish, nizolarni sudgacha hal etish, mehnat huquqi bo‘yicha yuridik xizmatlar ko‘rsatish, huquqiy savodxonlikni oshirish kabi yo‘nalishlarda bunday xizmatlarni kuchaytirish kerak.



    Download 26.1 Kb.
      1   2   3




    Download 26.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadbirkorlik korxonalari tashkil etish va davlat royxotidan otkazish tartibi Reja

    Download 26.1 Kb.