Elektron raqamli imzo




Download 130,84 Kb.
bet1/2
Sana16.11.2023
Hajmi130,84 Kb.
#99726
  1   2
Bog'liq
Reja Elektron raqamli imzo haqida-hozir.org


Elektron raqamli imzo va undan foydalanish
Reja:
1. Elektron raqamli imzo.
2. O‘zbekiston Respublikasida raqamli imzo haqida qonun.
3. Elektron raqamli imzodan foydalanish
Elektron raqamli imzo
ERI nimani anglatadi?
Elektron-raqamli imzo (ERI) – bu ERI o'z egasining egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat rekviziti bo'lib, shuningdek, u ma'lumotlar yoki axborotlarni elektron hujjatda imzolangan paytdan boshlab qayd etadi.
Elektron hujjat yuritish jarayonida ikki turdagi elektron imzodan foydalaniladi: oddiy va kuchaytirilgan.
1. Oddiy elektron imzo – qog'ozdagi imzo bilan barobar emas. U elektron imzoni tan olish to'g'risida shartnoma tuzilgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo'ladi.
2. Kuchaytirilgan elektron imzo ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan turlarga bo'linadi.
· Kuchaytirilgan ixtisoslashmagan elektron imzo – bu ikkita noyob belgilar ketma-ketligi: elektron imzo kaliti va elektron imzoni tekshirish kaliti. Bu hujjatning huquqiy ahamiyatini faqat qo'shimcha bitimlar bilan birgalikda ta'minlaydi.
· Kuchaytirilgan ixtisoslashgan elektron imzo – bu qo'lda yozilgan imzoga o'xshaydi, uni yaratish uchun kriptografik axborotni himoya qilish vositalaridan foydalaniladi. USB-tashuvchida beriladigan tasdiqlash kaliti sertifikati haqiqiyligini kafolatlaydi.
Qoidaga ko'ra, elektron imzoning amal qilish muddati: bir yil hisoblanadi
Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o`zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo`qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun) Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qog`oz hujjatga shaxsan qo`yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir.
Elektron ma’lumotlarni kriptografik o`zgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo ma’lumotlar blokiga qo`shib qo`yiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va ma’lumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yo`li bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qo`yganlar.
Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ro`yxatga olish markazlari tomonidan beriladi Bugungi kunda butun jahonda bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda.Aloqa sohasida ham axborot texnologiyalari yangi pog'onaga ko'tarilmoqda. Bu o'rinda elektron pochta, elektron hujjat alohida ahamiyatga ega. Elektron pochta o'zaro bog'langan kompyuterlar tarmog'i yordamida matbuot xabarlari (matn, rasm, chizma) va hatto tovushli axborotni foydalanuvchiga yetkazish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u istalgan vaqtda kerakli ma’lumotni izlash va undan foydalanish imkonini beradi. Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo'lgan axborotdir.
Elektron hujjat quyidagi tushunchalarga asoslanadi: elektron raqamli imzo – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo'yuvchi shaxsning o'ziga ma’lum bo'lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron hujjatda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligi tekshirilgandagi ijobiy natija. Uzoq masofadan televizion tasvirlarni qabul qilish, uzatish yoki dunyodagi barcha davlatlar bilan telefon aloqasini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan Yer sun’iy yo'ldoshlarining ishlari ham kompyuter va maxsus dasturga asoslanganligi sir emas.

Download 130,84 Kb.
  1   2




Download 130,84 Kb.