• Kimyo о‘qitish uslubiyoti fani tо‘g‘risida.
  • 1§ kimyo о‘qitish uslubiyoti fani. О‘zbekistonda uzluksiz kimyoviy ta’lim. Reja




    Download 243.34 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana17.09.2023
    Hajmi243.34 Kb.
    #82344
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-Ma`ruza (KUM)
    Kurs ishi mavzusi 2015 1-nomerdagi rajabova Umida, UGC DME - копия, 2. Internet protokollari haqida so’zlab bering Internet provayde, Mavzu Mashina detallarining umumiy tasnifi. Mashinalar ishonchl, 22, Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish shakllari, Ikkinchi sinfda chiroyli yozuv darslarini tashkil etish, Lecture 10, MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI — копия, Bekzod LaTexga kirish 1-amaliy ishi, 2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari, ALT dan 2-topshiriq Sultonqulova Dilnoza, L3-laboratoriya, 15-ma`ruza,


    1§ KIMYO О‘QITISH USLUBIYOTI FANI. О‘ZBEKISTONDA UZLUKSIZ 
    KIMYOVIY TA’LIM. 
    Reja 
    1.1. Kimyo о‘qitish uslubiyoti fanining maqsadi va vazifalari. 
    1.2. О‘rta Osiyo allomalari, о‘zbek va rus olimlarining kimyo о‘qitish uslubiyoti faniga 
    qо‘shgan hissalari. 
    1.3. Kimyo о‘qituvchisining asosiy maqsadi va vazifalari. 
    1.4. О‘quvchilarga nisbatan differensial yondashuv.
    Maqsad: Talabalarga o‘quv kursi haqida to'liq ma'lumot berish, kimyo o‘qitish 
    metodikasining maqsad va vazifalari, tarkibiy qismlari va rivojlanish tarixi, uzluksiz kimyoviy 
    ta’lim sistemasi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalari to’g’risida malaka va 
    ko'nikmalar shakllantirish. 
    Kimyo о‘qitish uslubiyoti fani tо‘g‘risida. 
    Mustaqil О‘zbekistonda dunyoni yangicha idrok etadigan, haq-huquqi uchun 
    kurashadigan о‘zini taqdirini xalqining taqdiri bilan, vatanining taqdiri bilan bir deb bilib faoliyat 
    kо‘rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ajdodlar ma’naviy merosini, umumbashariy 
    qadriyatlar va aqliy kashfiyotlarni barobar о‘zlashtirmoqdalar. Yuragida milliy iftixor tuyg‘usi 
    bor insonlar har bir mamlakatning salohiyati, kelajagini belgilaydigan buyuk kuchdir. Jamiyatda 
    elni safarbar etuvchi yetuk insonlar qancha kо‘p bо‘lsa, taraqqiyot imkoniyati ham shunchalik 
    kо‘p bо‘ladi va ayni vaqtda yurt osoyishtaligi, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik kafolati yuzaga 
    keladi. 
    «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning talabi har 
    tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ishga bolaning bog‘chada ilk 
    saboqlarini olayotgan paytdan boshlab e’tibor qaratish lozim. Uzluksiz ta’lim tizimining oldiga 
    qо‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmaga muvofiq Oliy о‘quv yurtlari ta’lim-tarbiya jarayonining 
    samaradorligini oshirish, ilm-fanning sо‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, 
    ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy 
    qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat va jamiyat oldida 
    о‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish, ularning ongi va 
    qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda 
    tutiladi. 
    Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy 
    pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. 
    О‘quv-tarbiya ishlari jarayonida о‘quvchi-talabalarni ijodiy fikrlashga, о‘zgaruvchan 
    vaziyatlarga о‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish, hamda ularning amaliy 
    mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan 
    foydalana olishi muhimdir. Bu esa talabalarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, о‘quv 
    faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish ularning 
    ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. 
    Dars mashg‘ulotlari interfaol о‘qitish usullaridan, о‘yinli texnologiyalardan keng va 
    samarali foydalangan holda amalga oshirilsa, bolalarda faol va mantiqiy fikrlash qobiliyati
    nutqiy tovush madaniyati, diqqati, mantiqiy xotirasi, aqliy qobiliyati rivojlanadi. Interfaol 
    о‘qitish usullarida bolalar о‘quv jarayonining markaziy figurasi bо‘lib, bunda uquv jarayoni 
    bolalar extiyojidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. О‘qitish usullarini о‘zaro bog‘lab 
    mashg‘ulot о‘tilsa bolalar tomonidan uni о‘zlashtirish samarali bо‘ladi. 
    Ta’lim-tarbiya ishlari jarayonida bolalarni ijodiy fikrlashga, о‘zgaruvchan vaziyatlarga 
    о‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning mashg‘ulotlarda 
    pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa bolalarda mustaqillik, erkin 
    fikrlashni tarbiyalash, о‘quv faoliyatini tahlil qilishini talab etadi. Zamonaviy ta’limni tashkil 
    etishga qо‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qiska 
    vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni 
    о‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan kо‘nikma va malakalarni hosil 
    qilish, shuningdek, о‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, 


    kо‘nikma, malakalar darajasini baholash о‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim 
    jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. 
    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba tо‘plangan 
    bо‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan 
    yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir 
    nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida sо‘z yuritamiz. 

    Download 243.34 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 243.34 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1§ kimyo о‘qitish uslubiyoti fani. О‘zbekistonda uzluksiz kimyoviy ta’lim. Reja

    Download 243.34 Kb.
    Pdf ko'rish