• II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
  • XULOSA VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVALAR Kirish Mavzuning dolzarbligi.
  • 3-sinf o'quvchilarini ta’limiy kreativ fikrlashga o'rgatish usullari reja: Kirish. I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini kreativ fikrlashga o'rgatish metodlaridan foydalanishning nazariy asoslari




    Download 159 Kb.
    bet1/6
    Sana20.10.2022
    Hajmi159 Kb.
    #27629
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-SINF O\'QUVCHILARINI TA’LIMIY KREATIV FIKRLASHGA O\'RGATISH USULLARI
    fffffffff (2), 3 dedline

    3-SINF O'QUVCHILARINI TA’LIMIY KREATIV FIKRLASHGA O'RGATISH USULLARI
    Reja:
    Kirish.
    I BOB. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI KREATIV FIKRLASHGA O'RGATISH METODLARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI
    1.1. Kreativ fikrlash haqida umumiy ma’lumot
    1.2. O‘quvchilarning kreativ fikrlashga o‘rgatishda qiziqarli masalalarni yechish usullarini qo‘llash
    II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
    2.1. Boshlang’ich sinflarda fanlarni o’qitishda kreativ metodikalarning ahamiyati
    2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda o’qituvchining roli
    XULOSA VA TAVSIYALAR
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    ILOVALAR
    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. O‘z mustaqilligiga erishgan yurtimizda kelajak avlodlarimiz bo‘lgan yoshlarga alohida e’tibor berilib, ularning har tomonlama rivojlangan komil shaxs hamda raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bizga ma’lumki, yosh avlod ma’naviyati shubhasiz ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblangan tarbiyaga bo‘lgan e’tibor yurtimizda har qachongidan ham muhim dolzarblik kasb etmoqda. O‘quvchi o‘quv jarayonining davomi sifatida bevosita tarbiyaviy ishlarda ishtirok etadi. Uning darsda olgan bilimi, dunyoqarashi, qiziqishi, imkoniyatlari tarbiyaviy ishlarda namoyon bo‘ladi, mustahkamlanadi. Eng asosiysi o‘quvchi tarbiyaviy ishlarda qatnashish jarayonida o‘z-o‘zini anglaydi, ijodkorligi o‘sadi, olgan bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rganadi, shuningdek, ularda jamoatchilik, uyushqoqlik, hamdardlik kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Shunday ekan, ta’lim tizimi oldida turgan asosiy masalalardan biri ham tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish, samaradorligini oshirish, yosh avlodda g‘oyaviy-siyosiy bilimdonlikni oshirishdan iboratdir. Ushbu masalaning yana muhim tomonilaridan biri shuki, bugungi kunda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda zamonaviylikka asoslanish, ya’ni tarbiyaviy ishlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik jarayonda talab etilayotgan masaladir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy me’rosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatini tashkil qilishga yunaltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati- o‘quvchi kundalik hayotining namoyon bo‘lishidir.
    O‘quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma’naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o‘quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini ustirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg‘ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalar qo‘yiladi.
    Ularning har biri o‘zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko‘rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilar hayoti bilan ya’ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam
    qo‘ygan kunlaridan boshlanadi.Mustaqillik bayrami, 2-sentabr, Kuz bayrami, Konstitutsiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, mashhur allomalarning tug‘ilgan kunlari, 8-mart, Navro‘z bayrami, gullar bayrami kabilar.
    Aynan o‘qituvchi bolalar uchun andoza sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda birinchi muallim bolalar uchun ulug‘ zot sifatida gavdalanadi va bolalar uchun andoza bo‘ladi. Shunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativligi, xarakatchanlagi, bolalarni tushuna bilishi, kommunikativ va pertseptiv (bolani tushuna olish) qobiliyatlari bilan bir qatorda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatchanlik, qiziquvchanlik hamda bilishga bo‘lgan ishtiyoq kuchli bo‘lishi psixolog olimlar tomoniddan ilmiy jihatdan
    asoslangan. Faqatgina bunday qiziqish va ishtiyohlarni ijobiy tomonga yo‘naltirish talab etiladi. Buning uchun esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan yanada ko‘proq izlanishni, ijodkorlikni va novatorlikni talab etadi.

    Download 159 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 159 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-sinf o'quvchilarini ta’limiy kreativ fikrlashga o'rgatish usullari reja: Kirish. I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini kreativ fikrlashga o'rgatish metodlaridan foydalanishning nazariy asoslari

    Download 159 Kb.