Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respuflikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqotlarining muhim natijalari
O‘zR FA ning mustaqillik yillaridagi ilmiy tadqiqotlarning muvaffaqiyatlari mustaqillik davrida O‘zR FA olimlari jahon ahamiyatiga molik qator muhim ilmiy natijalarga erishdilar. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
1. Fundamental ilmiy tadqiqotlarning muhim natijalari
Astronomiya sohasida
- mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor 2007-yil oktabr oyida baland tog‘ cho‘qqisidagi Maydanak rasadxonasida quyosh tizimidagi yangi № 2007 T №2 kichik planeta aniqlandi, unga 2009-yilda Garvard kichik planetalar Markazi 21027 raqamini berdi. 2010-yilda bu planetaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Karimovning taklifiga binoan “Samarqand” deb nom berildi. 1994-yilda rasadxonada kamdan kam uchraydigan hodisa – Shumaxer-Levi 9 kometasining Yupiterga qo‘nishi ro‘yxatga olindi va Platon kometa parchalarining to‘qnashish joylari qayd qilindi. Matematika sohasida etimologik nazariya asoslari, matematik statistika va algebrani ommaga xizmat ko‘rsatishdagi qator dolzarb masalalarni yechishda qo‘llash, epidemiologik, ayrogidrodinamika, optimal boshqaruv, statsionardagi tasodifiy jarayonlar, Kvant nazzariyasi va boshqalar rivojlantirildi.
Fizika sohasida
- og‘ir elementlar yadro nazariyasi asoslarini, jumladan uran yadrosining uch kaskadli bo‘linishida izotop magniy hosil bo‘lishi, kondensatsiyalash tizimlarida optik solitonlar, nanoklasterlash shaklida yuzaga ion zarralarini sochish, kristallarni radiatsiya ta’sirida bo‘yash va boshqa usullarni ishlab chiqdilar.
Dunyodagi birinchi marta yig‘ilgan quyosh energiyasini qo‘llab mustahkam o‘ta o‘tkazuvchan Kelvin graduslari bo‘yicha 110-150 temperaturada o‘ta o‘tkazuvchanlik holatiga o‘tadigan materiallar olindi.
2007-yil O‘zR FA Fizika texnika institutining olimlar jamoasi qattiq qorishmalar asosidagi istiqbolli yarim o‘tkazgichlarni kashf qilib, hossalarini o‘rganganlari uchun O‘zRning Fan va texnika sohasidagi davlat mukofatiga sazovor bo‘lishdi.
Kimyo sohasidagi
- ma’lum sinfga oid moddalarning tuzilishi, ularning paydo bo‘lish sharoitiga bog‘liqligi to‘g‘risidagi hozirgi supromolekulyar kimyoda obyektiv qonuniyatlarga asoslanganlik tamoyili kashf etildi. Olingan natijalar shakllantirgan talablar asosida berilgan hossalarga ega yangi moddalarni olish va ulardan turli tarmoqlar va ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beradi.
Yangi ilmiy yo‘nalish
- adsorbseon energetik stexiometriya yaratildi. Yangi konsepsiyalar ishlab chiqildi va yarimempirik va izoterik tenglamalar nazariyasi va absorbsiyaning differensial issiqligi aniqlandi, absorbsiya mexanizmi va katolitik reaksiyalarni o‘rganishning energetik, kinetik molekulyar struktur mezonlari yaratildi.
O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan tayyorlanib birinchi marotaba “Shpringer” (London) nashriyotida ingliz tilida 10 jilddan iborat noyob “Tabiiy birikmalar (O‘simlik zahiralari, tuzilishi va hossalari)” ma’lumotnomasi chop etildi.
| Ingliz tili (ingl. English) - hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. |
G‘o‘za seleksiyasi va genetikasi sohasida rivojlangan ildiz tizimiga keng foydali jihatlarga, jumladan, yuqori hosildorlik, tolaning yuqori sifatliligi (1-2 tip), tezpishar navi ilk bor ishlab chiqilgan gen-nokaut texnologiyasi bo‘yicha g‘o‘zaning noyob transgen navi (“4 xil navi: Porloq-1, Porloq-2, Porloq-3, Porloq-4”) yaratilishi mamlakat paxtachiligida katta ilmiy yutuq bo‘ldi. Bizning yangi texnologiyaga AQSH ning TEXAS universiteti bilan hamkorlikda patent rasmiylashtirilayapti (O‘zbekiston ulushi 70%).
O‘zR FA Genetika va o‘simlik eksperimental biologiyasi instituti seleksioner olimlar jamoasi yangi g‘o‘za navlarini yaratish bo‘yicha olib borgan ishlari uchun 2011-yilda O‘zR ning Fan va texnika sohasidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lishdi.
Farmatseftika sohasida mahalliy o‘simliklardan virusga qarshi antiaritmik, analgetik va boshqa davolash sifatlariga ega bo‘lgan 30 dan ortiq yangi original dorivor preparatlar mamlakatimizda yaratildi.
O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti bir guruh olimlariga antiaritmik dori – alapininni ishlab chiqishgani uchun 2007-yilda O‘zR ning fan va texnika sohasidagi davlat mukofoti berilgan.
Seysmologiyada to‘rt bosqichli “Ko‘p yillik geodinamik poligonlardagi seysmobashoratli kuzatuvlar monitoringi natijalariga asoslangan yer silkinishlari hosil bo‘lishi jarayonlarini geofizik modeli”, O‘zbekiston hududida kuchli zilzilalarning vujudga kelish metodologiyasi va umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi tuzildi. Bu tadqiqotlar Respublikada havfning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda va O‘zbekistonning aholi zich yashaydigan hududlari, yirik shaharlarida zilzila oqibatlari ta’sirini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Geologiya sohasida yangi yo‘nalish
- statistik metollogenik tahlilning nazariy asoslari yaratildi, O‘zbekiston mineral xom-ashyo bazasini yanada yuksalishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oltin, mis, platinoidlar, volfrang, nodir metallar konlarining shakllanishi va joylashishi asoslab berildi.
Biologiya sohasida
- respublikadagi o‘simlik va hayvonot dunyosi, jumladan, ekologik katastrofa zonasi – Orol bo‘yi bioxilma xilligini o‘rganish va asrab qolish asoslari yaratildi. O‘zbekistonning ikki jildlik “Qizil kitobi” tayyorlandi va chop etildi.
Arxeologiya sohasida
- O‘zbekiston hududida (Obirahmat g‘orida) qadimiy madaniyat o‘chog‘i topildi, u yerda hozirgi odamning qadimiy jasadi topilib, bu “Yil kashfiyoti” bo‘ldi va O‘zbekiston hududida ham Mesopotamiya, O‘rta yer dengizi, qadimiy Xitoy va dunyoning boshqa mintaqalarida bo‘lgani kabi hozirgi tipdagi odamlarning shakllanish jarayoni ro‘y berganini isbotladi. Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.
Tarix sohasida
- vatanimiz fanida ilk bor O‘zbek davlatchiligining dunyoga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlarini yorituvchi “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi” fundamental monografiyasi tayyorlandi va nashr etildi.
Ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan O‘zbekiston tarixining turli davrlari va muammolariga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi va nashr qilindi.
Sharqshunoslik sohasida
- 25,6 mingdan ortiq jild va asarlarni o‘z ichiga olgan qadimiy sharq qo‘lyozmalari jamg‘armasi katalogga kiritildi va noyob ko‘p jildli O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosi katalogi nashr qilindi. Sharqshunos olimlarning sa’y-harakati bilan bu boy madaniy-tarixiy meros keng xalqaro jamoatning mulkiga aylandi.
O‘zR FA Sharqshunoslik institutining IX-XV asrlarda ilmiy markazlarda ishlangan O‘rta Osiyolik olimlarning ilmiy merosi tadqiqi Samarqand maktabi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Bag‘dod akademiyasi misolida 2009-yilda O‘zbeksiton respublikasi fan va texnika sohasidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
| Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. |
|