Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari




Download 497,35 Kb.
bet1/11
Sana29.11.2023
Hajmi497,35 Kb.
#107623
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI


MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI
Foydali qazilmalarga boy magmaning differensiyalanishi jarayonlarida, o‘ta asosiy, asosiy va ishqorli qotishmalardan hosil bo‘lgan konlar m a g m a t i k konlar deb ataladi. Bu konlarda titan-magnetit, apatit-magnetit, mis-nikel, xromit rudalari, platinoidlar, oltin, olmos, kobalt, vanadiy, siyrak er elementlari, grafit kabi foydali qazilmalarning yirik zahiralari ma’lum.
Magmatik konlar 1300o-1500oS dan ham ortiq haroratda, yuzlab atmosfera bosimi ostida sezilarli chuqurlikda shakllanib, yuqorida aytib o‘tilgan tog‘ jinslarning orasida uchrashligi bilan harakterlanadi. Demak, bu xil konlarning va ularni o‘rab turgan tog‘ jinslarning hosil bo‘lishi magmaning er bag‘ridan ko‘tarilib chiqib qotish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq.
Ko‘pincha magmatik konlarni o‘zida joylashtiruvchi tog‘ jinslari gabbro, norit, piroksenit, dunit kabi asosiy va o‘ta asosiy jinslar bo‘lib, bu jinslarning ma’lum turlari bilan aniq foydali qazilmalar bog‘langan bo‘ladi. Jumladan, asosiy jinslarning – gabbro, norit, anortozit xillari bilan titan, vanadiy, mis-nikel, kobalt, konlari fazoviy va genetik bog‘lansa, dunit, peridotit, piroksenit kabi o‘ta-asosiy jinslar bilan platina, xromit, olmos konlari birga uchraydi.
Ko‘pchilik magmatik konlar joylashgan massivlarning yo‘l-yo‘l tuzilishi (ya’ni differensiyalashgan otqindi jinslardan tuzilishi) e’tiborni jalb qiladi. Bu xol asosiy jinslarda temir gruppasi metallarining yuqori miqdorda va kremnezyomning kam bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada bunday tog‘ jinslarini hosil qiluvchi magmaning
qayishqoqligi kam, lekin engil harakatchan bo‘lishiga, ya’ni uning
differensiyalanishiga sabab bo‘ladi. Magmaning sial va femik qisimlarga bo‘linish jarayoniga rudalarning suyulish temperaturasini kamaytiruvchi va birikmalarnining harakatlanishini yaxshilovchi turli uchuvchi komponentlar (H2O, Cl, B, F, P)ning ham ma’lum ta’siri bo‘ladi. Bo‘linish natijasida magma eritmasida ilgari kristallanib olgan minerallar pastga cho‘kadi, engillari esa yuqoriga ko‘tariladi, ya’ni magmatik jinslarning och rangli engil minerallari ustki va qoramtir og‘irlari pastki zonalarda joylashadi. Bunday differensiyalanish darajasi har xil bo‘lib, ayrim rayonlarda, masalan, Uraldagi intruziv massivlarida zonadan zonaga o‘tishi sezilarsiz bo‘lsa, boshqa erlarda keskin farqlanuvchan bo‘lishi mumkin.
Ona jinslarni tashkil qilgan massivlarning shakllari lakkolit, silla, monoklinal bo‘lib, cho‘kindi va metamorfik jinslarni yorib chiqqan, ba’zan ularning orasida monan yotgan bo‘ladi va o‘lchamlari turlicha bo‘ladi. Masalan, Uraldagi Kachkanar intruzivini ko‘rinib turgan maydoni 100 km2 dan oshiq.
Magmatik konlarni o‘rganishda rus geologlari M.Godlevskiy, A.Zavaritskiy, V.Sobolev, G.Sokolov, chet el olimlaridan I.Fonn, P.Vagner va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra magmatik konlar turli yo‘llar bilan hosil bo‘lishi aniqlangan.

Download 497,35 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 497,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari

Download 497,35 Kb.