Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari




Download 497,35 Kb.
bet2/11
Sana29.11.2023
Hajmi497,35 Kb.
#107623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI

5.1. Erta magmatik konlar


Magmaning kristallanish differensatsiyasi vaqtida xromit, platina, olmos, loparit, monatsit, sirkon kabi siyrak er minerallari birinchi bo‘lib yoki tog‘ jinslari hosil qiluvchi olivin, piroksen minerallari bilan bir vaqtda hosil bo‘lish xususiyatlariga egadir. Bu minerallarning solishtirma og‘irliklari yuqori bo‘lganligi sababli asta-sekin qota boshlagan magmaning silikatli qismi ostiga cho‘kib yig‘iladi yoki hosil bo‘layotgan jins orasiga tarqaladi. Ana shunday yo‘l bilan hosil bo‘lgan konlar e r t a m a g m a t i k konlar deb ataladi. Bu konlarning hosil bo‘lish temperaturasi va bosimi magmatik konlar ichida eng yuqori bo‘ladi. Masalan, olmos kabi qazilmalar er bag‘ridan yuzlab kilometr chuqurlikda paydo bo‘lishi mumkin.
Erta magmatik konlarning o‘ziga xos xususiyatlari – ruda gavdalarining uya, linza, plita, olmos konlarida esa truba shakllaridan tashqari ko‘pincha noaniq bo‘lishligi, ruda bilan jins orasida sezilarli chegara bo‘lmasligidir. Rudalarni ko‘zdan kechirsak, ma’dan minerallarining aniq formaliligi va ularni keyin ajralgan tog‘ jinslari hosil qiluvchi minerallar o‘rab, ya’ni «sementlar» turganini ko‘ramiz.
Erta magmatik sharoitda hosil bo‘lgan xromit, peridotit, titan-magmatitli ruda gavdalari gabbro, grafit to‘plamlari esa ishqorli jinslar bag‘rida yotadi. Olmos esa o‘ta-asosiy jinslarning o‘ziga xos xili – kimberlit ichida joylashadi. Foydali qazilma rudalarda alohida dona (xol)lar shaklida, ba’zan tomchiga o‘xshash shlir ko‘rinishda joylanib, foydali komponentlarning miqdori katta bo‘lmaydi. SHu tipga kiruvchi xromit konlarida Cr2O3ning miqdori 10-20% va ayrim xollarda 30-40% gacha borishi mumkin. Olmos konlaridagi qimmatli kristallar peridotit jinslarning 0,00004-0,0009% nigina tashkil qiladi.
Erta magmatik konlar gruppasiga Janubiy Afrikadagi xromit va platina (mashhur Bushveld) koni, Uraldagi Klyuchevsk xromit koni, Afrika qit’asining janubidagi Kimberli, YOqutistondagi olmos konlari kiradi. Ularning ayrimlari bilan tanishamiz.
Janubiy Afrikaning Transvaal o‘lkasidagi Bushveld koni erta magmatik sharoitda hosil bo‘lgan xromit va ayniqsa platinaning ko‘plab to‘plangan joylaridan biri. Bu konning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri rudali intruzivning nisbatan tinch tektonik sharoitda vujudga kelishidir. SHuning uchun bu intruzivlarning tog‘ jinslari bir-birlarini kesmay, qavat-qavat bo‘lib joylashadi. Rudali tog‘ jins hosil qilishi jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun, hosil bo‘lgan ruda gavdalari ham tog‘ jinslari orasida tekis yotadi.
Odatda turi, kristallografik ko‘rinishi, rangi, o‘lchamlari turlicha bo‘lgan olmos kristallari yoki siniqlari butun kimberlit bo‘ylab notekis tarqalib olivin, diopsid, granat kabi minerallar bilan birgalikda uchraydi (6-rasm).


Download 497,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 497,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari

Download 497,35 Kb.