• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Tabiiy tosh materialari va ularning turlari reja: Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar 2




    Download 23,65 Kb.
    Sana09.12.2023
    Hajmi23,65 Kb.
    #114676
    Bog'liq
    RAHMATJON REFERAT


    TABIIY TOSH MATERIALARI VA ULARNING TURLARI
    Reja:
    1. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar
    2. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish
    3. Tabiiy tosh materiallariga ishlov berish
    4. Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining asosiy xossalari
    5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari turlar

    Umumiy ma’lumotlar


    Tog* jinsi muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo'lib, gcologik jarayonlar natijasida yer qatlamida hosil bo'lgan. Minerallar fizik va kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo'lib, yer qatlamida yuz bergan fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida pavdo boMgan. Tabiatda minerallar turi 2000 ortiq bolsa-da, tog' jinslari 50 taga yaqin minerallardan iborat. Tog' jinslari monomineralli va polimineralli bo'ladi. Tabiiy toshlar qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va materiallar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayvorlashda esa qum va chaqilgan tosh millionlab m' ishlatiladi. Marmar, granit. ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak material sifatida qo'llaniladi. Tabiiy tosh materiallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muhitni asrash qonun qoidalariga rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil bo'ladigan texnologiyalami tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi.
    Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar
    Tog' jinslari shakllanishiga ko'ra uch genetik guruhlarga bo'Iinadi: silikatli qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo'lgan magmatik jinslar, tog* jinslarining nurashidan hosil bo'lgan cho'kindi jinslar. yer qatlamida fizik-kimyoviy sharoitda qayta kristallanib. ko'rinishi o'zgargan metamorfik jinslardir
    Magmatik tog‘ jinslar
    Magmatik jinslar magmaning vulkanik harakatlar natijasida yer yuziga toshib chiqishidan yoki yerning yoriq va bo'shliqlarida qotishidan hosil bo'ladi. Magmaning sovush sharoitiga p.isbatanchuqurlikda qotgan (intniziv) va toshib chiqqan (efluziv) turlarga boMinadi. Chuqurlikda qotgan magmatik tog* jinslarga granit, siyenit. diorit, gabbro va boshqalar kiradi. Bunday jinslar yuqori bosim va kislorodsiz muhitda asta-sckin sovugani uchun o ‘ta zich kristall stmkturaga ega bo'ladi. Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt. andezit, diabaz, porfir va sh.k.) yer yuzida tezlik bilan sovushi natijasida to'la kristallanmagan bo'ladi. Sovush davrida gazsimon moddalarning ajrab chiqislii g'ovak toshlarni (pemza, tuO hosil qiladi. Magmatik jinslarni hosil qiluvchi asosiy minerallatga kvars, dala shpatlari, temir-magnezialli silikatlar kiradi. Kvars (SiO,) kristall tuzilishga ega o'ta zich, mustahkam va agressiv muhitlarga chidamli. Кvarsning siqilishdagi mustahkamligi 2000 MPa gacha. cho'zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo'ladi. Qattiqligi jihatidan topaz, korund va olmosdan keyin to’rtinchi o'rinda tunidi. Erish harorati 1700°C. Kvars qum sifatida cho'kindi tog* jinsining asosini tashkil etadi. Dala shpati magmatik jinslarning 60-70% ini tashkil etadi. frala shpatining Ortoklaz ( K ,0 A I ,0 3-6 S i0 ,) va Plagioklaz 23 (Na20 Al20 , 6SiO, — albit, Ca0-AI,0,-2SiC), — anortit) turlari niavjud. Uning mustahkamligi (120— 170MPa) va’ chidamliligi kvarsga nisbatan kamroq bo'ladi. Dala shpati yemirilishidan glina kabi cho'kindi jinslar hosil bo'ladi. Temir-magnezialli silikatlarga olivin, piroksenlar, amfibolalar, magnezialli silikailarga serpentinlar, xrizotil asbcst va sh.k. kiradi. Alumosilikallarga muskavii. flogopit va biotit, gidroslyudalargidromuskovit, gidrobiotit kiradi. Tcmir m agneziallam i va alumosihkatlarni rangli minerallar (yashil. to'q yashil, qoramtir va h.k.) deb yuritiladi. Slyudalardan tashqari bu guruh minerallar tog* jinslariga yuqori mustahkamlik beradi. Magmatik jinslar strukturasi va teksturasi bilan farqlanadi. Magmaning chuqurlikda asta-sekin sovushidan to'la kristalli struktura hosil bo'ladi. Donalar o'lchamiga qarab yirik donali (5 mm ko‘p). o'rtacha donali ( 1 5 mm) va mayda donali (0,5—1 mm) hamda notckis donador va tekis donador bo'ladi Magmatik jinslar. asosan, massiv teksturaga, o'ta yuqori zichlikka ega mustahkam. sovuqqa chidamli. suv shimuvchanligi juda kam bo'ladi. Ularning siqilishga mustahkamligi 100—300 MPa, o'rtacha zichligi 2600-3000 kg/m ’, suv shimuvchanligi \% kam (hajmiga nisbatan). issiq o'tkazuvchanlik koefTitsiyenti 3 W/(m • °C).
    Cho'kindi to g ‘ jinslari
    Cho'kindi jinslar magmatik va boshqa jinslarning nurashi, yemirilishi, kimyoviy o'zgarishlari va o'simliklar chirishi natijasida hosil bo'lgan. Cho'kindi jinslar tarkibi va hosil bo'lishi xarakteriga ko'ra mexanik, kimyoviy va orgonogcn turlarga bo'linadi. 24 Mexanik cho'kindilarga giltuproq. qum, shag'al singari sochiluvchan jinslar. konglomeratlar. brekchiyalar va qumtosh singari sementlangan jinslar kiradi. Bu cho'kindilar suv, shamol, muz ko'chkilari yordamida birjoydan ikkinchi joyga ko'chishi mumkin. Kimyoviy cho'kindilar (gips, dolomit. magnezit va boshqalar) tog' jinslarining kimyoviy o'zgarishlari natijasida hosil bo'lib. suv vositasida erilma holda ko'chgan bo'ladi. Orgonogen cho'kindilar o'simliklar, suv o'tlari, hayvonot dunyosi chirishidan hosil bo'lgan. Ularga bo'r. chig'anoqli ohaktosh, diatomit va sh.k. lar kiradi. Cho'kindi jinslar nisbatan g'ovak strukturali bo'lishi sababli mustahkamligi kam, ba’zilari suvda eruvchan (gips, ohak) bo'ladi. Cho'kindi jinslarni hosil qiluvchi minerallarga kvars, karbonatlar. giltuproqli minerallar. sulfatlar guruhlari kiradi. Kvars guruhiga opal, xalsedon va cho'kindi kvars kiradi. Opal (SiOj-nHjO) — amorf mineral bo'lib, tarkibida 2-14% (34% gacha) suv bogMangan. Zichligi 1.9—2,5 g/sm 3, qattiqligi 5—6, rangi oq. sariq, havo rang yoki qora bo'ladi. Xalsedon (SiO,) tolasimon yoki yopiq kristalli kvars turi bo'lib, oq. kulrang, och sariq, qo'ng'ir, yashil ranglidir. Zichligi 2.6 g/sm ', qattiqligi 6. Karbonatlar guruhiga kalsit. dolomit va magnezit kiradi. Kalsit (CaCO,) rangsiz yoki oq, qo'shimchalar bo‘lsa, kill rang, sariq. pushti yoki havo rang mineral bo'lib. zichligi 2,7 g/sm 5. qattiqligi 3. • Dolomit (CaCO.MgCO,) rangsiz yoki oq, sarg'ish va qo'ng'irrang mineral. Zichligi 2,8 g/sm 3, qattiqligi 3—4. Dolomit magnezial va dolomitli bog'lovchilar ishlab chiqarishda xomashyodir. U kesilib bloklar holida va maydalanib beton uchun yirik to'ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Magnezit (M gCO,) rangsiz. oq, kulrang. sariq, jigarrang mineral bo'lib, zichligi 3,0 g/sm ', qattiqligi 3.5—4,5. Magnezit 1500—1650-C kuvdirilib. yuqori haroratga bardoshli materiallar va 750—800 °C kuvdirilib. magnezial bog'lovchi olinadi. Giltuproq minerallar guruhiga kaolinit, gidroslyudalar, montmorillonitlar kiradi. Kaolinit (Al20.-2 S i0 ,-2 H ,0 ) oq. qo'ng'ir yoki yashil aralashgan rangli mineral bo'lib, zichligi 2,6 g/sm3. qattiqligi I. Kaolinit dala shpatlari, slyudalar va boshqa silikatlar nurashidan 25 hosil bo'ladi. U kaolinli giltuproqlar asosini tashkil qiladi. Gidrosludalar sluda va dala shpatlarining yemirilishidan hosil bo'ladi. Gidrosluda harorat ta’sirida ko'pchitilganda hajmi 20 marta kattalashadi va hosil bo'lgan vermikulit g'ovak jinsi ycngil betonga to'ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Montmorillonit cho‘kindi jinslaming, xususan, giltuproqlaming asosini tashkil qiladi. Sulfatlar guruhiga gips va angidrit kiradi. Gips (C aS042H ,0) oq, qo'shimchalar bo'lsa havorang, sariq, qizil ko'rinishdagi mineraldir. Zichligi 2,3 g/sm \ qattiqligi 2. Gips qurilish va quyma gips bog'lovchisi ishlab chiqarishda xomashyodir. Angidrit (CaSOt) oq. kulrang, pushti. och havorang yaltiroq mineral. Zichligi 3,0 g/snr\ qattiqlagi 3—3,5. mineral bog'lovchi ishlab chiqarishda ishlatiladi.
    Metamorfik tog‘ jinslar
    Mctamorfik jinslar tog' jinslarini ycrning chuqur qatlamlarida yuqori bosim va harorat ostida o'zgarishidan hosil bo'lgan. Metamorfik jinslar strukturasi-teksturasi hosil bo'lishida bosimning yo'nalishi katta rol o'ynaydi. Metamorfizm jarayoniga tog' jinslari tarkibidagi suv va karbon kislotalari katta ta'sir ko'rsatadi. Mctamorfik jinslarni hosil qiluvchi minerallarga magmatik jinslarda uchraydigan dala shpatlari, kvars, sluda. rogovaya obmanka, cho'kindi jinslarga xos bo'lgan kalsit. dolomit minerallari, maxsus metamorfik jinslar kiradi.
    Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish
    Qurilishda ishlatiladigan tog'jinslari Magmatik tog‘ jinslar. Tog' jinslarining chuqurlikda hosil boiishi, ularning zich, mustahkam, chiroyli teksturali bo'lishini ta'minlaydi. Granit - kvars (25-30% ). dala shpati (ortoklaz, 35—40%) va sludadan (5—10%) iborat. U och kulrang, kulrang. pushti, qoramtirqizil, sariq ranglarda bo'ladi. Granitning siqilishdagi mustahkamligi — 120—250 MPa. U mo'rt material bo'lgani uchun uni zarbiy 26 ta'sirlardan saqlash kerak. Granitning g‘ovakligi 1.5% atrofida, su v shimuvchanligi juda kichik (0,5% hajm bo'yicha). Granit oq, sariq, kulrang. pushti, qizil rangli bo'lib. teksturasi juda chiroyli bo'ladi. Uning mustahkamligi. sovuqqa chidamliligi va yedirilishdagi qarshiligi yuqori bo'lgani uchun bino sokollarida, fontan va qirg'oq qoplamlarida. kislotaga chidamlilik talab ctilgan joyda hamda yuqori mustahkamlikdagi beton tayyorlashda yirik to'ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Siyenit kaliyli (50-70% ) va natriyli (10-30% ) daia shpatlari, rangli minerallardan (10—20%) tashkil topgan. Siyenit tarkibida kvars (10—15%) bo'lsa, siyenit kvarsli siyenit deb yuritiladi. Siyenit pushti, kulrang, ko'kimtir ranglarda bo'ladi. Diorit daia shpati (45-50% ), kvars (20—25%), rangli minerallardan iborat. Rangli minerallardan rogovaya obmanka ko'proq bo'ladi. Diorit mustahkam (150—300 MPa), sovuqqa chidamli, zarb va yedirilishga qarshiligi yuqori jinsdir. Shu sababli koshinlashda, yoM qoplamalarida va haykaltaroshlikda ishlatiladi. (iahbro daia shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin) minerallardan iborat. Gabbro zichligi 2,9—3.0 g/sm 3, siqilishdagi mustahkamligi 200—300 MPa. Gabbrojilolangandajuda chiroyli ko'ringani uchun u koshinlashda ishlatiladi. Labrodorit asosan daia shpati va labrodor mineralidan iborat bo'lib. gabbroning bir turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil. sariq va boshqa ranglarda bo'ladi va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, haykaltaroshlikda ishlatiladi. Porfirlar mayda kristalli strukturada nisbatan virikroq kristallar mavjudligi bilan xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (daia shpati) xillari mavjud. Kvarsli porfirlar mineral tarkibga ko'ra granitga yaqin bo'lgani uchun uning xossalari granitnikiga o'xshaydi. Kvarssiz porfirlar tarkibi jihatidan siyenitga o'xshaydi. ammo xossalari siyenitnmg xossalari kabi bo'lmaydi. Porfirlar qizil’ qo'ng'ir. kul rangida toblanadi, zichligi 2.4—2.5 g /sm \ siqilishdagi mustahkamligi 120—180 MPa. Ularbezak plitalari, yo'l bordvurlarini tayyorlashda ishlatiladi. Andezit plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan iborat, dioritning o'xshashidir. Odatda, kulrang, sarg'ish kulrang bo'ladi. Uning zichligi 2,7—3,1 g/sm 5, siqilishdagi mustahkamligi 140-250 MPa. Andezit kisloiaga chidamli plitalar, dispers to'ldiruvchilar olishda ishlatiladi. Bazall zich, gohida porfirsimon strukturaga ega bo'lib. gabbroning o'xshashidir. Uning zichligi 2,7—3,3 g/srn’, siqilishdagi mustahkamligi 110—500 MPa. Bazalt xarsangtosh, maydalangan holatda beton uchun to'ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bazaltni yuqori haroratda eritib, juda nozik tolalar va ulardan issiqlik izolatsiyalovchi matolar olish mumkin. Diabaz gabbroning o'xshashi bo'lib. mayda kristall strukturalidir. Tarkibi plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz mustahkam (300—400 MPa), zich material. Pemza g'ovak vulkanik shisha, oq yoki kulrang bo'ladi. G'ovakligi 60%, zichligi 2—2.5 g /sm 3. o'rtacha zichligi 0 ,3 — 0.9 g/ sm \ siqilishdagi mustahkamligi 2 -4 MPa. Pemzadan issiqlik izolatsiyaloVchi, yengil betonlar uchun to'ldiruvchi. sement va ohak ishlab chiqarishda gidravlik qo'shimchalar olish mumkin. Vulqon tufi vulqon kuli, pemza va boshqa jinslarning sementlashishi va zichlashishidan hosil bo'lgan. Tuflar pushti, to'q sariq, qizil, jigarrang bo'ladi. Yetarli g'ovakligi. mustahkamligi va chidamliligi ulardan issiqlik izolatsiyasi materiallari olishga imkon beradi. • Cho‘kindi tog" jinslari. Chaqiq cho'kindi tog' jinslari - qum va shag'al beton uchun to'ldiruvchi. temir-yo'l qurilishida ballast sifatida va yo'l qoplamlarida ishlatiladi. О пт shisha va keramika ishlab chiqarish sanoatida xomashyoning asosiy tashkil etuvchisi sifatida ishlatiladi. Gilli cho'kindi tog' jinslariga kaolinit, kvars, sluda, dala shpati va boshqa minerallarning 0,01-0,001 mm zarrachalari kiradi. Kaolinli gil kaolinitdan iborat bo'lib, yorqin ranglarda bo'ladi. Ular yog'lik va olovga bardoshli bo'lgani uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida ko'p ishlatiladi. Gil sement ishlab chiqarishda asosiy xomashyodir. Qumtoshlar kvarsning sementlangan donachalaridan iborat bo'lib, xarsangtosh pol va tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to'ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Konglomerat va hrekchiyalar tabiiy sementlangan tosh va mayda toshdan iborat bo'lib, xarsangtosh va to'ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli cho'kindi tog' jinslari Markaziy Osiyoda ko'plab uchraydi.
    Kimyoviy (xemogen) cho'kindi jinslarga karbonatlar. sulfatlar va allitlar kiradi. Karhonatli jinslarga ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh tarkibida 50% ko'p kalsit, dolomit tarkibida csa 50% ko'p dolomit jinslari bo'ladi. Jins tarkibidagi kalsit va dolomit nisbatiga ko'ra uning tarkibi toza ohaktoshdan toza dolomitga qadar o‘zgaradi. Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo'lishi mumkin. Karbonat va giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar merge! deyiladi. Giltuproq ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi. Ohaktosh oq, sarg'ish. qo'ng'ir. kulrang, hattoki qora rangda, dolomit esa oq. sariq, och qo'ng'ir ranglarda bo'ladi. Ohaktosh va dolomit zaxiralari hamma qit'alarda uchravdi. Ularni qazib chiqarish va qayta ishlash oson. Ular qurilishda poydevor va devorlarda, binolarni bezashda, beton uchun to'ldiruvchi sifatida. ohak va scment bog'lovchiJari olishda ishlatiladi. Dolomit bog'lovchi va olovbardosh materiallar, sement, shisha, keramika va metallurgiya sanoatida ishlatiladi. Sulfatli jinslarga gips va angidrit kiradi. Gips angidritga nisbatan yumshoq bo'ladi. Angidrit oq, yashilsimon. och kulrang va kulranghavorang ranglarda bo'ladi. Gips va angidrit tosh holatida qurilishda bog'lovchilar olishda ishlatiladi. Gips konlari Markaziy Osiyo tog'- larida ko'plab uchravdi va tozaligi bilan farqlanadi. Magnezit magnezit minerallaridan iborat. olovga bardoshli material. bog'lovchi ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bog'lovchi yog'och chiqindilari asosida kompozitsion materiallar olishda qadrlanadi. Allitjinslariga glinozyomlar-boksitlarva latcritlar kiradi. Boksitaluminiy gidroksidi qizil. qo'ng'ir. jigarrang, yashil-kulrang ranglarda bo'lib. olovbardosh. qumqayroq, aluminiy ishlab chiqarishda xomashyodir. Laterit kaolinit va temir gidrookisdan iborat. Qizil. qo'ng'ir va sariq ranglarda bo'ladi. Orgonogen cho'kindi jinslarga ohaktosh, bo'r, trepel, opoka, diatomit kabilar kiradi. Orgonogen ohaktosh dengiz umurtqasiz hayvonlari, ohakli suvo'tlari va ohaktoshning aralashishidan paydo bo'lgan. Orgonogen ohaktoshning bir turi bo'r hisoblanadi. Bo'r oq rangli, yumshoq jins bo'lib, bo'yoq, zamazka uchun pigment, ohak va sement kabi bog'lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Chig'anoqli ohaktosh zichligi 0,8—1,8 g/snv\ yengil arralanuvchan.
    teksturasi chiroyli jins bo'lgani uchun qurilishda ichki, tashqi devor va pollami qoplashda ishlatiladi. Uning chiqindilaridan beton uchun to'ldiruvchi sifatida foydalaniladi. Diatomit. trepel va opokalar, asosan, diatomitli suvo'tlari qobiqlari. toshga aylangan mikroorganizmlardan, amorf kremnezyomdan iborat uvalanadigan tog* jinslaridir. Ular issiqlik izolatsiyasi materiallari olishda, senient uchun aktiv mineral qo'shimcha sifatida ishlatiladi. M etamorfik tog‘ jinslaridan qurilishda ko'p ishlatiladigani gneyslar. gilli slaneslar. marmarlar va kvarsitlardir. Gneyslar slanessimon (qatlamli) tuzilishga ega bo'lib, granitlarning metamorfizmga uchrashidan hosil bo'lgan. Gneyslar tarkibiga kvars. biotit. rogovaya obmanka, daia shpatlari kabi minerallar kiradi. Ular granit kabi yuqori mustahkamlikka ega. Ickin muzlaganda qatlamlanib buziladi. Gneyslar poydevorlar, yo'l qoplamalari barpo etishda ishlatiladi. Kristalli slaneslar mayda donali kvars, biotit va muskavit minerallaridan iborat; gilli, kremniyli, sludali va boshqa turlari mavjud bo'lib, tombop plitalar tayyorlanadi. Slanes 2 -8 mm qalinlikda osongina qatlamlanadi. Uning zichligi 2,7—2,8 g/sm 3, g'ovakligi 0,3—3%, siqilishdagi mustahkamligi 50—240 MPa. Kvarsitlar qumioshkirning qayta kristallanishidan hosil bo'lgan mayda donali tog' jinslari 95-99% (SiO,) dan iborat. siqilishdagi mustahkamligi 100—455 MPa. olovga bardoshliligi 1710-1770 °C. Qurilishda kvarsitlar devor toshlari, bruschatka, yo'l va ko'prik qoplamalarida kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi. M annar — mayda, o'rtacha va yirik donador zich tog' jinsi bo'lib. ohaktosh va dolomitlarni yuqori bosim va harorat ta’sirida metamorfizmga uchrashidan hosil bo'lgan. Sof marmaroq rangda, minerallar aralashsa yashil. qizil, kulrang, qora va qoramlir bo'lishi mumkin. Aralashgan minerallarning bir tekis tarqalmaganligi marmar teksturasi turli gulli bo'lishiga sababchidir. Marmar zichligi 2,8 g/sm 3, suv shimuvchanligi 0,7 % gacha, siqilishdagi mustahkamligi esa 100—300 MPa. qattiqligi 3—4. Marmar oson qayta ishlanadi va jilolanadi. Marmar qurilishda ichki va tashqi devorlarni bezashda. zinapoya. deraza tokchalari, chiqindilari esa koshinkor beton buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayyorlashda ishlatiladi. Marmar bino va inshootlarning tashqi bezagi uchun ishlatil30 ganda vaqt mobaynida havodagi namlik va turli gazlar ta'sirida jilosini yo'qotib boradi. Marmar O'zbekistonning Nurota, Qurama, Chotqol tog' tizmalarida ko‘plab uchraydi. Shulardan eng mashhuri Nurota marmar konlari tizimidir. Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli teatr. «Istiqlol» saroyi binolari mahalliy marmar toshlar bilan bezatilgan.
    Tabiiy tosh materiallariga ishlov berish
    Tabiiy tosh materiallari va buyumlari tog‘ jinslarini turli mexanika usullar bilan qayta ishlash natijasida olinadi. Bu usullarga maydalash, yorish, arralash kabilar kiradi. Xususiy hollarda esa tog'jinslari portlatish usulida qazib olinishi mumkin. Ishlov berish usullariga ko'ra tabiiy tosh materiallari quyidagi turlariga boMinadi: qo'pol ishlov berilgan (xarsangtosh, chaqiqtosh. shag'al va qum); buyum va profilli qismlar: to'g'ri shakldagi tosh va bloklar; yuzasiga ishlov berilgan plitalar (dcvor va pollarni bezashda); yo‘l qurilishi buyumlari (bordyur toshlari. bruschatka) va h.k. Tabiiy toshlarga zavodda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan liniyalarda ishlov beriladi. Tosh vuzasi pnevmatik asbob yordamida tirnalib (urib) yoki abraziv usulda silliqlanib ishlanishi mumkin; tosh vuzasi to'lqinsimon (qabariq-chuqur). riflangan. egatsimon, g'adir-budur (nuqtasimon) ko'rinishda qayta ishlanishi mumkin. Toshga abraziv ishlov berish qirqish. frezerlash, shliflash va polirovkalash (jilolash) jaravonlarini o‘z ichiga oladi (2.2-rasm). Marmar. ohaktosh kabi yumshoq toshlar ramkali arralash uskunalarida qirqiladi. Odatda. arra olmos, korborund yoki qattiq qotishmalar bilan qoplangan bo'ladi. Olmos keskichlar yordamida tosh juda yupqa (5—10 mm) qirqiladi, ln r toshdan 40—45 m2 plita tayyorlash mumkin. G ‘ovak toshlardan donali dcvorbop tosh va bloklar tosh qirqish mashinasi yordamida qirqib olinadi. Profilli buyumlar (karniz, zinapoya. deraza osti plitalari va sh.k. lar) toshga ishlov berish zavodlarida frezerli va universal profil beruvchi mashinalar vositasida tayyorlanadi. Tosh yuzasini jilolash shliflash stanoklarida abrazivlar (korborund, olmos kukunlari) yordamida, mo‘yli disk bilan mastika va xrom, qalay, t^mir oksidlari kukuni sepilib amalga oshiriladi.
    Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining asosiy xossalari
    Zichligi. Bu jihatdan tabiiy toshlar yengil va og‘ir turlarga bo'Iinadi. Yengil toshlarga zichligi 1,8 g/sm 1 kichik bo'lgan vulqon tufi. tuf, pemza, chig'anoqli ohaktosh kiradi. Ular issiqlik izolatsiyasi xususiyati yuqori boMgani uchun devorbop donali tosh va bloklar tayyorlaslida ishlatiladi. Og'ir toshlarga zichligi 1.8 g/sm' dan yuqori bo'lgan granit, siyenit, gabbro va bazalt kiradi. Ular bino va inshootlarni suv va namlik tegishi mumkin bo'lgan qismlarda, pol, devorlarni bezashda, yo'I qurilishida ishlatiladi. Mustahkamligi. Siqilishdagi mustahkamligiga nisbatan tabiiy tosh materiallar quyidagi inarkalarga bo'linadi (MPa): 0.4: 0.7: 1,5: 2,5; 3,5: 7.5; 10; 12.5; 15; 20; 30; 40; 50; 60: 80; 100. Sovuqqa chidamliligi. Standart usulda muzlatish va eritish sikllari bo'yicha tabiiy tosh materiallari quyidagi markalarda bo'ladi: F10; F15; F35; F100; FI50; F200; F300 va F500. Zich toshlar sovuqqa chidamli bo'ladi. Porfirsimon toshlar sovuq ta’sirida vorilib ketadi. Suvga chidamliligi. Suvga chidamlilik toshlaming suvda yumshash koefiitsiyenti — 0.6; 0,8 va 1,0 bilan belgilanadi. Doim suv ta’sirida bo'ladigan joylarda bu koeffitsivent 0,8 dan kam bo'lmasligi, tashqi devor uchun esa 0,6 dan kam bo'lmasligi kerak. Yedirilish va ishqalanishga bardoshlHigi. Toshlam ing bu xususiyati ulaming zichligi, mustahkamligi va tuzilishiga bog'liq 32 bo’ladi. Toshjar yo‘1 qoplamalari. bino pollari, zinapoyalarda ishlatilganda toshlarning bu xususiyatlari katta ahamiyatga cgadir. Mayda kristall tuzilishga ega bo’lgan toshlar shliflanganda sirpanchiq bo'lgani uchun zinapoya va pollarda ishlatilmaydi. Olovga bardoshliligi. Tabiiy toshlarning olovga bardoshliligi ularning mineral tarkibiga bog'liq bo'lib, olov ta’sirida buzilishi mumkin. Gipstoshi 100—120 °C, ohaktosh 900—1000 °C haroratda buzila boshlaydi. O'ta zich granitsimonlar, porfirlarda esa yuqori harorat ta'sirida yoriqlar hosil bo'ladi.
    Tabiiy tosh materiallari va buyumlari turlari Xarsangtosh. Massasi 20—40 kg uznn tomoni 50 sm bo'lgan noto'g'ri shakldagi tog‘ jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida. plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib iiarakatga kcltiriladigan mexanizmlar yordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho'kindi tog' jinslariga ishlov berib olinadi. Cho'kindi jinslar tarkibida giltuproq va pirit qo‘shilmalari bo'lmasligi kerak. Xarsangtoshning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa dan suvda yumshash koeffitsiyenti 0,8 dan kam bo'lmasligi kerak. Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa maydalanib beton uchun to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Shag‘al. Shag'al cho'kindi tog' jinslarni elab fraksiyalarga ajratib, gil va changdan tozalash uchun yuvib olinadi. Chaqiqtosh. Xarsangtoshlarni 5—70 mm (150 mm gacha) fraksiyada maydalab. chaqiqtosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiqtoshlarni olish uchun xarsangtosh bir necha marta maydalanadi. Qum. Qum 0,15-5 mm fraksiyadagi barcha tabiiy tosh matcriallarining qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori me'yorlangan bo'lib, me'yordan ortig'i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi. Shag'al. chaqiqtosh va qum beton uchun to'ldiruvchilar sifatida ishlatiladi. Bu materiallar tarkibida tabiiy radionukHdlar borligi haqida sertiflkat bo'lishi shart. Devor toshlari va plitalari. Devor toshlari va bloklari, asosan, tuf hamda g'ovak ohaktoshlardan mexanizmlar vositasida arralab 33 tayvorlanadi. D evor toshlari 3.90x190x188; 490x240x188; 390x190x288 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Devorbop bloklar tuf, ohaktosh, dolomit. qumtosh, andezit kabi toshlardan hajmi 0,1 m ‘ kam bo'lmagan holda tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. Dcvor toshlari tashqi devor uchun o'rtacha zichligi 2300 kg/m’ kam bo'lgan tog' jinslaridan tayyorlanadi. Toshlarning suv shimuvchanligi 30% gacha, sovuqqa chidamliligi F I5. Plitalar qurilishda kcng miqyosda ishlatiladi. Yuqori mustahkamlik, qattiqlik va sovuqqa chidamlilikka ega bo'lgan granitsimonlar va boshqa magmatik tog' jinslari monumental bino poydevorlarida, daryo qirg'oqlarini mustahkamlashda, ko'prik qoplamlarida ishlatiladi. Marmar. chig'anoqli ohaktosh, gips, angidrit kabi toshlar asosidagi plitalar ma'muriy bino va inshootlarning ichki bezagi uchun ishlatiladi. Bino va inshootlarning tashqi bezagi uchun atmosfera muhitiga chidamli ohaktosh. dolomit. qumtosh. vulqon tuflari. marmar kabi tosh plitalar ishlatiladi. Tashqi bezak plitalari qalinligi 4 -8 sm, ichki bezak plitalari qalinligi esa 1,2—4 sm bo'ladi. Olmos arralar yordamida kesilgan 5—10 mm qalinlikdagi tejamli tosh plitalar binolaming ichki bezagi uchun ishlatiladi. Granit, andezit. diabaz, kvarsit kabi kislotaga chidamli toshlar asosidagi plitalar kimvo sanoatida, mineral o'g'itlarni saqlaydigan binolarni va sh.k. lar korroziyadan muhofaza etishda ishlatiladi. Bino va inshootlar pollari va zinapoyalarida ishlatiladigan toshlar bezak sifatidan tashqari yedirilishga chidamli va sirpanmaslik talablariga javob berishi kerak. Trotuar plitalari zich, sovuqqa chidamli qumtosh, gneys. ohaktosh kabi toshlardan tayyorlanadi. Ular tomonlari 20-80 sm, qalinligi 4 -1 5 sm bo'lgan kvadrat yoki to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'ladi. Bruschatka va bort toshlari, asosan. zich. sovuqqa chidamli magmatik tog'jinslaridan mexanizatsiyalashgan usulda tayyorlanadi va yo'l qurilishida qoplama material sifatida ishlatiladi. Bort toshlari balandligi 30-40 sm, eni va uzunligi turlicha bo'lishi mumkin. Tabiiy toshlarni tashish hamda saqlashda ularni mexanik. ob-havo ta’sirlaridan asrash zarur. Ayniqsa jilolangan plitalar tashilayotganda, tushirilayotganda ehtiyot choralari yuqori bo'lishi kerak.

    Foydalanilgan adabiyotlar
    2. Ergashev У. Injcncrlik geologiyasi asoslaridan amaiiy mashg’ulotlar. — Т.: O’zbekiston. 1992.
    3. Samig'ov N.A. Bino inshootlarni ta'mirlash materialshunosligi. — Т.: Qism. O'zbckiston faylasuflar jamiyati nashriyoti. 2011.
    Download 23,65 Kb.




    Download 23,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy tosh materialari va ularning turlari reja: Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar 2

    Download 23,65 Kb.