Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari




Download 497,35 Kb.
bet6/11
Sana29.11.2023
Hajmi497,35 Kb.
#107623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI

Pegmatitlar (yunoncha pegmatos – bog‘lanish, aloqa) – otqindi, aksari er tomir nordon tog‘ jinslari. Pegmatitlar tarkibidagi ortoklaz va kvarslar o‘ziga xos o‘sishga ega, agar bu o‘simtalar juda ham ingichka bo‘lsa ular mikropegmatit deb ataladi.
Pegmatitlar pnevmatolit bosqichida qoldiq magmalardan hosil bo‘ladi, ular magma temperaturasi pasayganda gaz va bug‘simon moddalar bilan to‘yinadi.
“Pegmatit” terminini dastlab fransuz olimi R.J.Ayui (1801) xozirgi yozma granit, grafikali pegmatit yoki yaxudiy toshini belgilash uchun kiritgan.
Magmatik jarayonning oxirgi etaplarida uchuvchi komponentlarga boy bo‘lgan qoldiq qotishmalarining shakllanishidan hosil bo‘ladigan birikmalar pegmatit deb yuritiladi.
Pegmatitlardan nodir metallar – berilliy, litiy, niobiy, tantal, sirkoniy, qalay; siyrak elementlar – rubidiy, seziy, grafniy; qimmat toshlar – zumrad, sapfir, berill, topaz va ruda emas xom ashyolar – muskovit, dala shpati, kvars, korund kabilar qazib olinadi.
Ko‘pchilik pegmatitlar yuqori temperaturada (A.E.Fersman bo‘yicha 700 – 400oS oralig‘ida), bir necha 1000 atmosfera bosim ostida va sezilarli chuqurlikda (A.Ginzburg bo‘yicha 2 - 7 km) bo‘lib o‘tadigan magmatik jarayonning mahsulidir.
Pegmatitlar intruziv jinslar bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ulardan o‘lchamlarining kichikligi, shakllarining tomir va uyasimon, ichki tuzilishi, tog‘ jinsi hosil qiluvchi minerallarning kattaligi, uchuvchan birikmali minerallarning bo‘lishligi bilan ajraladi.
Tabiatda eng ko‘p tarqalgan pegmatitlar nordon magmatik jinslar bilan bog‘liq bo‘lib, granit pegmatitlari deb nom olgan. Ishqoriy, asosiy va o‘ta asosiy jins pegmatitlari esa kamdan - kam uchraydi (1 - jadval).
1 - jadval

Struktura

Bosqi ch

Magmatik jins formatsiyasi

Pegmatit tipi

Tarqalish darajasi



Erta
O‘rta
Kech

O‘rta asosiy va asosiy plagiogranit
Senit granodiorit
Granit
Kichik intruzivlar

Asosiy
Ishkoriy
Granit
Granit
Granit

Juda kam
Kam
Kam
Juda ko‘p tarqalgan
Kam




-
-
-

Granit
Asosiy
Ishqoriy

Granit
Asosiy
Ishqoriy

Kam
Kam
Keng tarqalgan


Download 497,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 497,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari

Download 497,35 Kb.