Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari




Download 497,35 Kb.
bet5/11
Sana29.11.2023
Hajmi497,35 Kb.
#107623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI

1.3. Likvatsion konlar


Uchinchi hil magmatik konlar magmaning sovishi jarayonida, biri biriga aralashmaydigan sulfidli va silikatli qismlarga ajralishi oqibatida, rudali qismning qotishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu konlar shunday ikki qismga ajralishi, ya’ni likvatsiya tufayli paydo bo‘lganliklari uchun likvatsion kon deb yuritiladi.
Magmaning bunday qismlarga ajralish sabablari ko‘pchilik olim va mutaxasislar: N.Fogt, P.Ramdor, M.Godlevskiy, A.Betextin, V.Smirnov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. V.Smirnov bo‘yicha likvatsiya magmadagi oltingugurtning to‘planishi, temir, magniy, kremniy va suyuq silikatli magmaning tarkibida xalkofil elementlarining bo‘lishi sabab. Masalan, silikatli magmada temir bo‘lsa, u sulfidlarning erishini oshiradi. Magma qotayotganida temir miqdorining kamayib borishi esa sulfidli qotishmalarni ajralishiga va bir erga yig‘ilib qolishiga olib keladi.
Ba’zan esa bunday ajralish yon jinslarning magmaga ta’siri (ya’ni assimelyasiya) tufayli ham bo‘lishi mumkin. CHunki magmaning silikatli va sulfidli qismlarga bo‘linishi tajribalar asosida ham tekshirilgan. Jumladan, YA.I.Olshanskiyning 1947-1950 yillarda olib borgan eksperimental ishlari 1500 va undan ortiq haroratlarda, ma’lum miqdordagi mineralizatorlarning ishtiroki tufayli, sulfidlar magmada eruvchan bo‘lishligini, temperaturaning pasayishi sulfidlarning eruvchanligini kamayishiga va so‘ngra ularni silikatli qismlardan ajralib ketishini isbotladi.
Likvatsiya jarayonining boshida sulfidli moddalar mayda tomchilarga ajraladi.
Ular esa o‘z navbatida boshqa tomchilarga o‘xshash formadagi sulfidlar bilan birlashib, asta-sekin og‘irliklari tufayli pastga qarab tusha boshlaydi. Sulfid tomchilari silikat qismining minerallari bilan birga kristallanib, singenetik rudalarni hosil qiladi.
Uya, linza, yo‘l-yo‘l yotqiziqlar ko‘rinishidagi ruda gavdalari lipolit shaklidagi kuchli differensiyalangan intruzivlarning tagida joylashadi.
Ba’zan esa sulfidli qotishmalar qotib bo‘lgan intruzivdagi turli tektonik harakatlar tufayli paydo bo‘lgan yoriqlarda shakllanadi. Ayrim erlarda sulfidli qotishmalar intruzivdan tashqarida, masalan, vulkanogen jinslar orasida ham joylashishi mumkin (Sadberi, Norilsk).
SHuning uchun ham, epigenetik ruda deb ataluvchi ruda gavdalari kesuvchi tomir ko‘rinishida bo‘ladi. Singenetik rudalar hollangan bo‘lib, o‘zini o‘rab turgan jinslar bilan chegarasi sezilmaydi.Ikkinchi rudalar massiv teksturaga ega bo‘lib, o‘z atrofidagi jinslar bilan keskin chegaralanadi.
Likvatsion konlar asosiy jins vakillari – gabbro, gabbro-norit, peridotit, olivinli diabaz bilan genetik bog‘langanligi, rudalari mis va nikel minerallaridan tashkil topganligi bilan boshqa konlardan keskin farqlanadi. SHuning uchun bu konlar geologik adabiyotlarda mis-nikelli konlar deb yuritiladi.
Rudalar, asosan, pirrotin, xalkopirit, pentlandit va turli miqdordagi magnetit, kubanit, millerit kabi birikmalardan tashkil topgan. Rudalarda platina, oltin va kobalt uchraydi.
Ayrim kon rudalarida 7-1,46 % nikel, 8-1,9 % miss,12 % kobalt bo‘ladi
(Sadberi). Nikel va misning nisbati 1:1, 2:1 yoki 1:2 bo‘lsa, nikelni kobaltga nisbati 20:1 dan 40:1 ni tashkil qiladi.
Likvatsion konlar gruppasiga Krasnoyarsk o‘lkasidagi Norilsk, Talnax, Kolsk yarim orolidagi Monche-Tundra, Kanadadagi Sadberi va Janubiy Afrikadagi Insizva konlari kiradi. Bulardan eng yiriklari Kanadadagi Sadberi konidir. Bu kon oval (cho‘ziqroq gardish) shaklidagi stratifikatsiyalangan, murakkab differensiyalashgan intruzivga birikkan. Intruzivning yuqori qavati olivinli norit, pastki qismi esa noritdan tuzilgan bo‘lib, sulfidli miss-nikel minerallari noritning ostida yig‘ilgan.

Download 497,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 497,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magmatik konlarning hosil bo‘lish jarayonlari

Download 497,35 Kb.