|
7- mavzu. Biologik membranalar tuzilishi va funksiyasi
|
bet | 1/4 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 128,17 Kb. | | #110448 |
Bog'liq 7- mavzu. Biologik membranalar tuzilishi va funksiyasi
7- mavzu. BIOLOGIK MEMBRANALAR TUZILISHI VA FUNKSIYASI
REJA:
Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari.
Biomembranalarning hozirgi zamon modeli.
Biomembranalar oqsil va lipid tarkibining fizik-kimyoviy xossalari.
Biomembranalarning tuzilishiga oid hozirgi zamon tasavvurlari
Biomembranalarning xossalari.
Tayanch iboralar: Membranologiya, baryerlik faoliyati, fosfolipid qo’shqavati, oqsil qavati, suyuq – mozaika modeli, lateral diffuziya, periferik va integral oqsil, elektrostatik kuchlar, gidrofob ta’sirlashishlar, ekstragent, detergent, xoatrop agentlar, spektril sitoplazma oqsillari.
1. Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari
Aytish mumkinki, hozirgi davrga kelib, biologiyada mustaqil ilmiy yo’nalish - membranologiya shakllandi. Membranalogiya biologik membranalar tuzilishi, molekulyar tashkillanishi, membrana tarkibiy qismlarining faoliyat mexanizmlari, membrana fizik kimyoviy xossalari va aktivligining boshqarilishi masalalarini tekshirish bilan shug’ullanadi. Membranologiya tabiiy membranalarning sun’iy analoglarini yaratib, ularga har xil membranotrop fiziologik regulyatorlar va membrana faol birikmalarning ta’sir mexanizmlarini tekshirish bilan bir qatorda, biologik membranalar faoliyat prinsiplariga asoslangan bioqurilmalar va biotexnologik jarayonlar yaratish bilan ham shug’ullanadi.
Biologik membranalar faoliyati xilma-xil. baryerlik faoliyati, ya’ni hujayraning ichki muhitini tashqi muhitidan ajratish hamda hujayra ichini struktura va funksional alohidalashgan bo’limlar - kompartmentlarga bo’lish, uning eng muhim faoliyatlaridan hisoblanadi. Ularning har biri o’ziga xos funksiyalar bajaradi: mitoxondriyada substratning oksidlanishi va energiyaning transformatsiyalanish amalga oshirilsa, yadroda genetik axborotni saqlash va uning "ko’paytirilishi" ta’minlanadi, lizosomalar proteolitik fermentlar saqlaydi, retikulum membranasi aloqa to’ri sifatida har xil bo’linmalarni o’zaro bog`laydi va h.k. Membrana tarkibiga immunitet, resepsiya va modda transporti faolliklari mas’ul oqsillar kirgan. Mazkur faoliyatlarning boshqarilishi membrananing mikroyopishqoqligi, tartiblanganligi, fosfolipid qo’shqavatining taxlanishi, lipid tarkib va h.k.ni o’zgartish yo’li bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, membrana - bu to’plagan fermentlar va ferment ansambllari joylashgan joy bo’lib, hozirgi kunga kelib ularning harakat, sekretsiya, so’rilish, oqsillar sintezi va hujayra bo’linishidagi roli har tomonlama isbotlangandi.
|
| |