• Glossariy Metasomatoz
  • Pegmatitlar
  • Metasomatik pegmatit konlari




    Download 497,35 Kb.
    bet9/11
    Sana29.11.2023
    Hajmi497,35 Kb.
    #107623
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MAGMATIK KONLARNING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI

    6.4. Metasomatik pegmatit konlari


    Bunday pegmatitlar qayta kristallanish va metamorfik o‘rin almashish
    jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi. YUqorida bayon qilingan ikkinchi hil pegmatitlar hosil bo‘lishida qayta kristallanish jarayoni asosiy rol o‘ynasa, bu pegmatitlar murakkab o‘rin almashish natijasidir.
    Ikkinchi tomondan qayta kristallangan pegmatitlarda kaliyli metasomatoz bosh bo‘lsa, bu pegmatitlar paydo bo‘lishida natriyli metasomatoz muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun ham albitizatsiya, greyzenizatsiya kabi o‘zgarishlar va zonal tuzilishi metasomatik o‘rin almashish pegmatitlarning asosiy hususiyatlaridan biri. Zonalar soni 8-11 taga etadi.
    Bunday pegmatitlarning mineralogik tarkibi turlicha bo‘ladi. Masalan, mikroklin-albitli pegmatitlarda 100ga yaqin mineral turlarini uchratish mumkin. Ular ichida kvars, mikroklin va albit bosh minerallar bo‘lib, muskovit, qora turmalin, biotit, granatlar esa ikkinchi darajali hisoblanadi. Nodir metalli minerallar safiga esa tantalit – kolumbit, berill, spodumen, lepidolit, kassiterit va boshqalar nodir minerallar qatoriga kiradi.
    Metasomatik o‘rin almashish pegmatitlari qayta kristallangan pegmatitlarga nisbatan keng tarqalgan bo‘lib, asosan proterozoydan keyingi davrda hosil bo‘lgan. Bu pegmatitlardan hozirgi vaqtda tog‘ hrustali, qimmatbaho toshlar (topaz, berill, turmalin, granat), berilliy va litiy, ba’zan qalay, volfram, uran, toriy, nodir va siyrak er elementlarining minerallari olinmoqda.
    Glossariy Metasomatoz– tog‘ jinslarining eritmalar ta’sirida o‘z kimyoviy tarkibini o‘zgartirishi. Metasomatoz natijasida tog‘ jinslarining umumiy kimyoviy tarkibi o‘zgaradi; minerallar erishi bilan birga yangilari hosil bo‘ladi. Bunday metasomatoz magmatik jarayondan keyin ajralib chiqadigan eritmalar ta’sirida yuzaga keladi.
    Pegmatitlar– asosan kvars, ortoklaz, ozroq biotit va muskovitdan iborat, tomir shaklida paydo bo‘lgan intruziv tog‘ jinsi.
    Pegmatitli granit– granitning dala shpati bilan kvarsning bir-birining ustida o‘sishi xos bo‘lgan turi.

    Download 497,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 497,35 Kb.