• Talim
  • Mavzu: Zamonaviy jamiyatda ta’limning ahamiyati. Akt sohasida kasbiy faoliyat Ta’lim va pedagogikaning qadimiy. Gretsiya va qadimiy Rim davrlardagi rivojlanish tarixi Zamonaviy ta’lim Ta'lim




    Download 0.69 Mb.
    bet1/4
    Sana16.03.2024
    Hajmi0.69 Mb.
    #174425
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ta`limga kirish amaliy ish 1

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Talim



    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLIGIYALAR UNIVERSITETI AKT 11-22 GURUH TALABASI TILAKOV JAVOHIRNING TA`LIMGA KIRISH FANIDAN

    1AMALIY MASHG`ULOT



    Mavzu: Zamonaviy jamiyatda ta’limning ahamiyati . AKT sohasida kasbiy faoliyat Ta’lim va pedagogikaning qadimiy . Gretsiya va qadimiy Rim davrlardagi rivojlanish tarixi



    Zamonaviy ta’lim


     
    Ta'lim – insoniyat tajribasining ma'lum tomonlarini, ya'ni talabalar ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo‘lishlarini ta'minlaydigan faoliyatdir.
    Zamonaviy ta’lim XXI asrda maktablar va ta’lim muassasalarida о‘qitiladigan ta’limning eng sо‘nggi va zamonaviy versiyasidir. Zamonaviy ta’lim nafaqat Savdo, fan va san’atning taniqli akademik fanlariga e’tibor qaratadi, balki talabalarda ijodiy fikrlash, hayotiy kо‘nikmalar, qadriyatlar ta’limi, tahliliy kо‘nikmalar va qarorlar qabul qilish kо‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Zamonaviy ta’lim shuningdek, о‘quvchilarga bilim berish va о‘quv jarayonini yanada qiziqarli va qiziqarli qilish uchun mobil ilovalar, YouTube, podkastlar, elektron kitoblar, filmlar kabi eng yangi texnologiyalardan foydalanadi. Biz hammamiz o‘qituvchiga yo’naltirilgan sinfda, o‘qituvchi oldinda, talabalar chiroyli qatorlarda o‘tirib, ma’ruza tinglaydigan va eslatma oladigan tizimda ta’lim oldik.

    XXI asrda Texnalogiya kudalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanadi . Bu bizning dunyomizni ,eng muhim ta’lim tizimimizni tubdan isloh qilishdan boshqa hech narsa keltirmaganini hech birimiz inkor eta olmaymiz .


    Doskadan oq doskagacha va endi aqlli doskagacha texnologiya bizning asosiy tadqiqot, bilim va o‘qitish manbamizga aylandi. Ushbu blog zamonaviy ta’lim tizimi va uning o‘qitishning an’anaviy usullarini qanday o‘zgartirishi haqida bir oz yoritib beradi. Ta'lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri bo‘lib u o‘qitish, bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni ta’lim –tarbiya sohasidagi ulkan odimlarni boshlab berish bilan birga tehsil beruvchi har bir pedagog zimmasiga ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi qator vazifalarni yukladi. Bu esa o’z navbatida ta’lim –tarbiya jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarni shakllantirishga asos bo’lib xizmat qiladi. Har qanday ta’limning maqsadi – bilimni hamda uni amalda qo’llay bilish ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish, shunga zarur shaxs sifatlari va ko’rsatmalarini ishlab chiqish. Ta’lim faoliyati harakatida maqsadning barcha komponentlari amalga oshar ekan, turli usullarni umumlashtirgan holda amalda qo’llay olish talab etilmoqda. Ta’limning globallashuvi sharoitida ta’lim sohasi bilan jamiyatning rivojlanib borayotgan ijtimoiy ehtiyojlari o’rtasida nomutanosiblikning yuzaga kelganligi kuzatilmoqda. Ta’lim tizimi oldiga barkamol shaxsni shakllantirish, ta’lim sohasibbilan mehnat bozori o’rtasida nomutanosiblikni qisqartirish hamda axbarot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengaytirishkabi yangi dolzarb vazifalar qo’yilmoqda. Qisqa vaqt oralig’ida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek talabalar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash ta’lim pedagog xodimdan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Bugungi kun pedagogikasida integratsion texnologiyalar axbarot - kamunikatsion texnologiyalari vositalarisiz pedagogic jarayonlar samaradorligini ta’minlashni tasvvur etib bo’lmaydi. Bunday innavatsion yondashuv hamda axbarot- kamunikatsion texnologiyalari vositalarining joriy etilishi mazkur jarayonlarda tasodifiy va kutilmagan holatlarni oldini olishga xizmat qiladi . Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatga ega, ya’ni har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etishidan qat’iy nazar pedagogic texnologiya o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallash vazifasini qo’yadi va ushbu vazifa ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga va amaliyotga tadbiq etishga xizmat qiladi. Ta’lim muassasida pedagog xodimlar va rahbarlarining asosiy vazifasi pedagog jarayonlarni tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun jamoada yoki guruhda zaruriy shart- sharoitlarni yaratish, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash uchun ta’lim jarayonlarni yaxlit tizim sifatida rivojlantirish hisoblanadi. Zamonaviy pedagog o’z faoliyatida zehnli, ilmiy, ijtimoiy- siyosiy va madaniy taraqqiyotni mohiyattan chuqur anglay olishi, ham dunyoviy ham diniy bilimlarni keng dunyoqarashi orqali to’g’ri talqin eta olish, qolaversa, o’quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalana olish zarur. Ta’lim jarayonini samarali tashkil etashning asosiy tamoyillaridan biri pedagogic jarayon ishtirokchilari ya’ni asosiy harakatlantiruvchi kuchlari, aniqroq qilib aytganda pedagogic jarayonlarda subyekt-subyekt munosabatlarining qaror topishidir. Inson ongi hamisha subyektiv salohiyatga egadir. Shunday ekan bilimni tahsil oluvchi talabalar tomonidan puxta o’zlashtirilishiga beruvchi predmetga nisbatan subyektiv munosabatni tarkib topshirish natijasida erishadi Bu esa o’z navbatida bilish usulini mustaqil belgilashni ya’ni muammoning yechimini topishda o’z dunyo qarashi va tafakkur tarzidan kelib chiqib shu bilan birga xato qilish huquqiga egaligini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ularning mustaqil mustaqil va samarali fikrlashining muhim mexanizmi sifatida reflaksiv yondashuv o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Refleksiv tushuntirish jarayonlarini alohida tashkil etish, subyektlarining o’zini-o’zi tahlil qilishi, o’z tushunchlari hamda xatti-harakatlarini faol o’ylab ko’rishi uchun shart sharoitlar o’rgatadi.


    Download 0.69 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Zamonaviy jamiyatda ta’limning ahamiyati. Akt sohasida kasbiy faoliyat Ta’lim va pedagogikaning qadimiy. Gretsiya va qadimiy Rim davrlardagi rivojlanish tarixi Zamonaviy ta’lim Ta'lim

    Download 0.69 Mb.