• O‘t oldirish g‘altagi
  • O‘t oldirish shamlari
  • O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi




    Download 108.98 Kb.
    bet1/25
    Sana04.04.2024
    Hajmi108.98 Kb.
    #187497
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi-fayllar.org
    ABTIV, Raqamli 2-lab, 1667805317, Turdosh yo\'nalishlar ro\'yxati, KTE 2-amaliy ish 8-variant, «avtomobil va traktorlarni loyihalash» fanidan test savollari Av, Mavzu; texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtir, Kutubxona malumotlar bazasini yaratish, Elektron hukumat (O\'UM), Mavzu Ishlab chiqarish jarayonini diversifikatsiyalash va moder-fayllar.org, file, 165-168 (1), Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc-www.hozir.org, 2. Umumiy qism-hozir.org, 3NZaOSGhGRWVfWFOHReK8u732BD89ueqwRZhUGaF

    O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi




    O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi 
    O‘t oldirish tizimi, benzinli dvigatelning silindrlarida ishci aralashmani
    silindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda, o‘z vaqtida va ishonchli o‘t oldirish
    uchun xizmat qiladi. Ishchi aralashmani o‘t oldirish, har bir silindrning yonish
    kamerasiga o‘rnatilgan o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi elektr razryad
    natijasida hosil bo‘ladigan uchqun vositasi bilan amalga oshiriladi. O‘t oldirish
    shamlarining elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lishi ularga uzatilgan yuqori
    kuchlanish (12000 V) ta’sirida sodir bo‘ladi. Ishchi aralashmani ishonchli o‘t
    oldirish uchun o‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi uchqunli razryad yetarli
    energiyaga ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon dvigatellarida uchqunli razryad
    energiyasi 20-100 mDj ni tashkil qiladi va u dvigatelni hamma ish rejimlarda
    me’yorida ishlashini ta’minlaydi.
    Benzin dvigatelli avtomobillarda, akkumulatorlar batareyasi yoki generatorning
    past kuchlanishini elektr razryad hosil bo‘lishi uchun yetarli bo‘lgan qiymatga
    ko‘tarish va uni kerakli daqiqada taalluqli silindrning o‘t oldirish shamiga uzatish
    imkoniyatini beruvchi turli xil o‘t oldirish tizimlari ishlatiladi. Bu tizimlar uchqunli
    razryad uchun zarur energiyani bevosita akkumulator yoki generatordan emas, balki
    oraliq energiya to‘plagichdan oladi. To‘plagich turiga qarab o‘t oldirish tizimlari
    ikkiga bo‘linadi:
    - energiyani magnit maydonda (induktivlikda) to‘plash;
    - energiyani elektr maydonda (sig‘imda) to‘plash.
    Avtomobil dvigatellarida, aksariyat holda, energiyaning induktiv g‘altakning
    magnit maydonida to‘plash asosida ishlaydigan o‘t oldirish tizimlari tatbiq topgan
    bo‘lib, ularning quyidagi turlari mavjud:
    - kontaktli;
    - kontakt-tranzistorli;
    - kontaktsiz-tranzistorli;
    - mikroprotsesorli.
    Kontaktli tizim ko‘pincha batareyali yoki “klassik” o‘t oldirish tizimi deb ham
    yuritiladi.
    O‘t oldirish tizimi ( 3.1 - rasm ) asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan:
    1. Tok manbai - akkumulatorlar batareyasi va generator. Dvigatelni ishga
    tushirish jarayonida va generator ishlab chiqayotgan kuchlanish nominal qiymatdan
    (12V) kam bo‘lganda, o‘t oldirish tizimining tok manbai vazifasini akkumulatorlar
    batareyasi, qolgan hollarda generator bajaradi.
    2. O‘t oldirish g‘altagi. U tok manbaining past kuchlanishini (12-14V), o‘t
    oldirish shamlarining elektrodlari orasida uchqunli razryad hosil qilish uchun zarur
    bo‘lgan yuqori kuchlanish impulslariga (12000-24000V) aylantirib beradi.
    3. Uzgich-taqsimlagich. Uzgich-taqsimlagich bir o‘qqa o‘tkazilgan ikki
    mexanizm - uzgich va taqsimlagichdan iborat. Uzgich, zarur daqiqada past
    kuchlanish zanjirini uzish uchun xizmat qilsa, taqsimlagich - o‘t oldirish g‘altagida
    hosil bo‘lgan yuqori kuchlanish impulslarini ishlash tartibiga mos ravishda o‘t
    oldirish shamlariga yetkazish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, uzgich -
    taqsimlagichga o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini, dvigatelning ishlash sharoitiga



    mos ravishda o‘zgartiruvchi asboblar - markazdan qochma va vakuum


    rostlagichlar, hamda oktan-korrektor o‘rnashtirilgan.
    4. O‘t oldirish shamlari. O‘t oldirish shamlari dvigatel silindrlarining yonish
    kamerasida uchqunli razryad hosil qilish uchun xizmat qiladi.



    Download 108.98 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 108.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi

    Download 108.98 Kb.