Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti raqamali axborot texnologiyalari




Download 4.42 Mb.
bet7/63
Sana31.01.2023
Hajmi4.42 Mb.
#40448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Bog'liq
Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022
Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi, Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA
Nazorat savollari:
1.Axborot tizimi tushunchasini izohlang.
2. Axborot tizimini belgilariga ko'ra tasniflash variantlari tavsiflang.
3. Boshqaruv sohasida axborot tizimlarining yo'nalishlarini ajratib ko’rsating.

2-Ma’ruza mashg’uloti

Mavzu: Tizimlarning tasnifi.


Reja:

1. Zamonaviy axborot texnologiyalarini kichik va o'rta iqtisodiy obyektlar


2. Sifat darajasiga ko'ra axborot tizimlarining sinflari
3. Matnlarni qayta ishlash tizimi (MQT)


Тayanch so’z va iboralar: Ekspert tizimlari, zamonaviy telekommunikatsiya vositalari, texnologik jarayonlar.

Tarmoqlararo avtomatlashgan axborot tizimlari milliy iqtisodni boshqarish organlarining (bank, moliya. statistika. ta’minot va boshqalar) ixtisoslashgan tizimidir. Ular o'z tarkibida qudratli hisoblash komplekslari, tarmoqlararo ko'p darajali auomatlashgan axborot tizimlariga ega bo'lib, iqtisodiy va xo'jalik bashoratlarini, davlat byudjetini ishlab chiqish, xo'jalikning barcha bo'g'inlari faoliyati natijalarini nazorat qilish va tartibga solishni amalga oshiradi.Boshqaruvning tarmoq tamoyilini amalga oshiruvchi organlar uchun axborot tizimlarini tuzilmalarining bo'g'inligidan kelib chiqib ajratish mumkin: vazirlik (idora, konsern, assotsiatsiva, holding) axborot tizimlari, birlashma - korxona. Boshqaruvni tarmoq tamoyili bo'yicha amalga oshiruvchi organlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash tarmoq axborot tizimlarini barpo etishga olib keladi, vazirliklar, banklar, idoralar, korporatsiya va hokazolami ta’minlovchi axborot, ma’lumotlar banki va bazasini qayta ishlash tizimini o'zida namoyon etadi. Bu tizimlar ShK lokal hisoblash tannoqlari bazasida yaratiladi. Tarmoq axborot tizimida axborotni to'plash, uzatish, qayta ishlash va tahlil qilish amalga oshiriladi. Bu boshqarish apparatining qarorlarni qabul qilish va ularni idoralarga qarashli korxona va birlashmalargacha yetkazishda majburiy ishtirokini ko'zda tutadi.


Korxona (iqtisodiy obyekt, muassasa) tizimida axborot texnologiyalarini tadbiq etish korxonaning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratishga olib keladi, u avtonom holda ham, ishlab chiqarish birlashmasi axborot tizimi tarkibida ham, tarmoq axborot tizimida ham ishlashga mo'ljallangan.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini kichik va o'rta iqtisodiy obyektlar, hududiy boshqarish organlari, transport, qurilish, savdo va boshqa iqtisodiy obyektlar faoliyatini avtomatlashtirish uchun qo'llash ‘elektron ofislar", ya’ni alohida avtomatlashtirilgan ishchi o'rinlarini birlashtiruvchi taqsimlangan ma’lumotlar bazasi va lokal hisoblash tarmoqlari negizida axborot tizimlarini amalga oshiradi.
Avtomatlashtirilgan o ‘qitish tizimlari. Axborot texnologiyalarini kadrlarni tavyorlash va o'qitishda qo'llash uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo'g'inlarida o'qitish jarayonlarida foydalaniladigan avtomatlashgan o'qitish tizimlarini (АОЧ ) yaratishga olib keladi.
Axborot texnologiyalarini hududiy-ma’muriy boshqarish organlariga tadbiq etish hududiy axborot tizimlariga (XAT) olib keladi. Ular mahalliy davlat organlari va boshqaruvning tahlil va boshqarish funktsiyalarini ta’minlash uchun yaratadi. Hududiy tizim faoliyati mintaqada boshqaruv ishini sifatli bajarishga, hisobotni shakllantirishga, davlat va mahalliy xo'jalik organlariga tezkor ma’lumotlarni berishga qaratilgan. Boshqaruvning tuzilmaviy-hududiy organlariga muvofiq quyidagi tizimlar o'zaro farqlanadi:
• avtonom respublikalar, viloyatlarning axborot tizimlari:
• shahar hokmnyatini boshqarishning axborot tizimi:
• ma'muriy tumanning axborot tizimi.
Sifat darajasiga ko'ra axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo'linadi: axborot qidiruv tizimi (AQT): axborot ma’lumotnoma tizimi (AAT); matnlarni qayta ishlash axborot tizimi (MQAT): ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQT); axborot-kengasluiv ti/imi (АКТ); qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT); ckspcrt tizimlari (ET).Axborot-qidiruv tizimi. EHM da yoki undan tashqarida saqlanishi mumkin bo'lgan hujjatlar, ikkinchi darajali hujjatlar (masalan, referatlar), hujjatlar nomi yoki manzillarning to'liq matnini qidirish ni amalga oshiradi. EXM da u yoki bu hollarda qidiruv obrazi nomini olgan va qisqacha mazmuni bayon qilingan hujjatlarning formallashgan bayoni saqlanadi. O'ziga kerakli mavzudagi hujjatni topishni istagan axborot iste’molchilari tazimga so'rov yuboradi. Qidiruv natijasiga ko'ra, tasvirlangan hujjatlarning to'liq matni yoki so'ralgan harajatlarning to'g'ri-noto'g'ri, yetishmasligi, ishonchlilik darajasi haqida ma’lumot beriladi. Axborot-m a’lumotnoma tizimi ko'p jihatdan foydalanuvchilar so'roviga binoan iqtisodiy, texnik yoki texnologik mazmundagi axborotni berish, yig'ish va saqlashga mo'ljallangan. Aytish mumkinki, axborot- ma’lumotnoma tizimi raqamli yoki matnli aniqlashtirilgan ma’lumotlar bilan ishlashga qaratilgan. So'rovning turiga va shakliga ko'ra natijani qanday taqdim etishni belgilaydi. So'rov natijalari standait ma’lumotnoma shaklida berilishi mumkin yoki foydalanuvchining xohishiga ko'ra uning so'rovini qayta ishlash davomida ixtiyoriy ko'rinishda loyihalashtirilishi mumkin.
Matnlarni qayta ishlash tizimi (MQT) bevosita foydalanuvchiga matnlarni (xat, maqola, referat, buyruq va hokazo) tahrir qilish, saqlash va ko'paytirishga mo'ljallangan. Ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT ) EHM dagi hisob- kitoblarning formallashgan algoritmlari bo'yicha ma’lumotlami hisoblashga mo'ljallangan. Mazkur tizim ijodiv jarayonlarni emas, eski jarayonlarni (hisob, hisobot, muhandislik-texnik hisob-kitoblari va hokazo), avtomatlashtirishga yo'naltirilgan.Maslahat beruvchi axborot tizimi (M BAT) avtomatlashtirilgan rejimda EHM da ma’lum bir holatlarda tashkiliy yoki texnik mazmundagi qarorlarning ayrim variantlarini tuzib beradi. Bu tavsiyalar qaror qabul qiluvchi shaxs ixtiyoriga beriladi. Maslahat beruvchi (kengashuvchi) axborot tizimi asosiga real haqiqatga, va'ni obyektdagi yoki boshqaruv tizimidagi jaravonga o'xshash turli xil matematik modellar joylashtiriladi.
Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHM da ishlab chiqilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi.
Ekspert tizimlari - EHM da ma'lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita — ma’lumotlar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma'lumotlar bazalari (MB) boshqaruv ti/imi va obyektining miqdoriy formal tavsiliga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit haqidagi noformal semantik tasavvurlar, obyekt laming ayrim si fat tavsilini, ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo'lgan harakatlar, holatlar. abstraksiyalar. stereotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan obyektlar uchun xos bo'lgan o'zaro bog'liq maqsadlar, kenja maqsadlar, ularga etishish uslublari va vositalari to'g'risidagi tasvvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida
juda dolzarb.
Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo'yicha mutaxassislar tajribasi va bilimini to'plash. boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.Demak, ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot texnologiyalarini qo'llash tegishlicha mehnat vositalari, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy tadqiqotlar, loyiha ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning kompleks avtomatlashtirish tizimlariga olib keladi.
Zamonaviy jamiyatda tobora o'sib boravotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-tumanligi. kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablaslnivi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo'ydi Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHM ga o'tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish yo'llardan biri — bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o'zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi. chorasiz yo'llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishni ng eng maqbul yo'llarini vujudga keltiradi.Ekspert tizimida m a’lum bit predmet sohasini ifodalaydi bilimlar bazasidan foydalaniladi.
Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to'plash va qo'llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuyidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog'ida muqobil variantlar ko'pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi.Strategiyani tuzish pavtida yangi omillarni baholab, ularning ta'sirini tahlil etadi. Ekspert tizimlari sun'iy intellektdan foydalanishga asoslangan.Sun’iy intellekt aqliv hatti-harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko'pincha bunda inson fikrlashi bilan bog'liq qobiliyat anglanadi.
Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko'rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan qat'iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy- tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlarni guruhlarga bo'lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashxis qo'yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo.Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:
• yaqin davrlargacha EHM da yechish qiyin yoki umuman yechib bo'lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini yechish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;
• dasturchi bo'lmagan foydalanuvchiga (foydalanuvchilar) o'z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo'llash imkoniyatini ta’minlash;
• yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o'rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, m a’lumotlar, bilimlarning to'planishi;
• foydalanuvchi axborot yo'qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho'zilib ketilishi tufayli yecha olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;
• takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;
• ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmuyi (bilimlar bazasi) sanaladi.
Bilimlar bazasi — bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuyidir.

Download 4.42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Download 4.42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti raqamali axborot texnologiyalari

Download 4.42 Mb.