• 3. Globallashuv jarayonining xususiyatlari
  • Globallashuv jarayonlarining manbai va asosiy belgilari




    Download 269.52 Kb.
    bet2/20
    Sana12.06.2023
    Hajmi269.52 Kb.
    #72286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi
    Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022, Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA
    2. Globallashuv jarayonlarining manbai va asosiy belgilari. Globallashuv jarayonlarining manbai deb, ularning kelib chiqishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’ladigan omillarga aytiladi. Bunday asos-omillar jumlasiga: birinchidan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuz berayotgan tub sifatiy o’zgarishlar; ikkinchidan, davlatlarning investitsiya sohasida olib borayotgan yangicha siyosati; uchinchidan, innovatsion ta’limning qamrovlilik darajasining o’sib borishi; to’rtinchidan, jahonda dunyoviy tartibning o’zgarishi natijasida mavjud borliqqa nisbatan yangicha dunyoqarashning vujudga kelishi va shu kabilar kiradi..
    Globallashuvning umum e’tirof etilgan quyidagi asosiy belgilari mavjud: a) xalqaro savdoning kengayishi va erkinlashishi; b) xalqaro kapital aylanmasi va uning yo’lidagi to’siqlarning bartaraf etilishi; v) elektron kommunikatsiya inqilobi natijasida moliyaviy munosabatlarda sodir bo’lgan chuqur o’zgarishlar; g) transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlarning tashkil topishi va boshqalar.
    Jahon miqyosidagi bunday umumiy taraqqiyot: birinchidan, odamlar dunyoqarashi o’zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlar rivoji odamzot hayotiga ta’sirni kuchaytiradi; ikkinchidan, davlatlar va xalqlar o’rtasida birlashishga intilishni kuchaytirsa-da, ayni vaqtda milliy xususiyatlar, an’analar va ma’naviy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurligini ham ko’rsatib berdi2.
    3. Globallashuv jarayonining xususiyatlari. Globallashuv jarayonlariga xos bo’lgan ba’zi bir xususiyatlar quyidagilardan iborat:
    1) inson hayotining barcha jabhalari bo’yicha xalqlar va mamlakatlarning bir- birlariga bog’liqligi va o’zaro aloqadorligining o’sib borishi;
    2) bozorlarning planetar miqyosda kengayishi natijasida umumjahon moliyaiqtisodiy makonining paydo bo’lishi, alohida iqtisodiy tizimlarning global iqtisodiyotga qo’shilib ketishi va yangi iqtisodiy tartibning vujudga kelishi;
    3) axborot sohasida yangi kompyuter va mediatexnologiyalar, global televidenie, internetning keng ko’lamda ishlatilishi asosida butun jahon aloqa-muloqot tarmog’ining paydo bo’lishi;
    4) ob’ektiv mazmundagi demokratiya va turli xil g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlardan sub’ektiv maqsadlarda foydalanishning kuchayishi va boshqalar.
    XXI asrga kelib insoniyat o’zining hayot sharoitini yanada yaxshilash uchun tabiat, jamiyat, inson tafakkuri sir-asrorlari qonunlarini yanada chuqqurroq o’rganish orqali buyuk kashfiyotlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bularga eng orzon va qulay energiya manbaini topish borasida qilinayotgan kashfiyotlar, masalan, Yer qobig’i issiqligidan (“geotermal” bunda “geo” – Yer, ”termal” – issiqlik), odam tanasining doimiy tebranma harakatlanishidan hosil bo’luvchi issiqlik energiyasidan foydalanishni yo’lga qo’yish uchun ishlab chiqilgan “energetik kastyum”, odamlarning yo’laklarda yurishidan hosil bo’ladigan “yo’l-yo’lak energiyasi” hamda “vodorod yonilg’isi”, kishilarning o’sib borayotgan oziq ovqatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan “transgen mahsulotlar”, ichimlik suvi muammosini echishga bag’ishlangan “tegirmon suvi”,kompyuterlashtirishga asoslangan “aqlli uy”,”aqlli shahar”, yashash joyiga bo’lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan “gidropolislar” (suv osti shaharlari), “suzib yuruvchi shaharlar”, “sehrli mo’jizakor nur” (lazer), super aqlli robotlar, shuningdek, uzoq yashash bo’yicha olib borilayotgan “genmuhandisligi” borasidagi bir qator “ko’z ko’rib, quloq eshitmagan” ilmiy tadqiqot ishlarini kiritish mumkin.
    Globalashuv jarayonlarining siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy jabhalarga o’tkazayotgan ta’sirini o’rganish orqali, uning milliy g’oyamizga o’tkazayotgan ta’sirlarini quyidagilarda ko’rish mumkin.

    Download 269.52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 269.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Globallashuv jarayonlarining manbai va asosiy belgilari

    Download 269.52 Kb.