• E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
  • Payvandlash jarayonlarining nazariyasi




    Download 407,69 Kb.
    Sana12.01.2024
    Hajmi407,69 Kb.
    #135267
    Bog'liq
    Payva.nd jarayinlari nazariya


    Islom Karimov nomidagi TDTU
    Qo’qon filiali 1-20 TMJ guruh
    talabasi Abdumalikov Oybekning
    “Payvandlash jarayonlarining nazariyasi” fanidan tayyorlagan taqdimoti
    Mavzu: Metallning azot bilan o`zaro ta‟sirlashuvi
    Reja:
    1 Azotning temir bilan reksiyaga kirishishi.
    2 Azotning chok metallida erishi.
    3 Azot haqida ma’lumot
    4 Metallar bilan o'zaro ta'siri va vodorod - oksidlovchi xususiyatlar
    Azot chok metallida havodan o‗tib eriydi. Havo azotning asosiy manbai xisoblanadi. Bunda miqdoriga bog‘liq holda azot temir bilan ikkita nitridni hosil qilishi mumkin:
    Payvandlashda azotning tag‘chilligini xisobga olib temir nitridlarining xosil qilinishi asosan (1) reaktsiya bo‗yicha Fe4N ni hosil qilish bilаn kechаdi. Azot molekulasi mustaxkam birikma hisoblanadi va molekulyar azotning dissotsiatsiyasi juda past bo‗ladi. Shuning uchun atomar azotning partsial bosimi juda past bo‗ladi va mos ravishda temirda azotning eruvchanligi juda kichik bo‗ladi.
    Chok metallini ximoya qilishga bog‘liq xolda azot miqdori har xil bo‗lishi mumkin (jadvalga qarang). 12.1-jadval
    Azotning Fe da maksimal eruvchanligi 0,06% dan oshmaydi. Azotning po‗latdagi eruvchanligi mustaxkam nitridlarni hosil qiluvchi elementlar ko‗paytiradi: Mn; Cr; Nb; V; Ti; Al; Ta. Quyidagi elementlar esa eruvchanlikni kamaytiradi. Ni; Co; Si; C. Kislorod chokdagi azot miqdorini ayniqsa kuchli orttiradi (V.V. Podgaetskiy) ni ma‘lumotlari.
    12.1-rasm. Azotni po‗latdagi eruvchanligiga ta‘siri Azot eruvchanligining bunday tavsifi gaz fazasida azot oksidining hosil bo‗lishini izoxlaydi, uni dissotsiatsiya qilishida ortiqcha energiyaga ega azot atomlari hosil bo’ladi. Mustaxkamlik bir oz oshganda azotning mavjud bo‗lishi payvand chokining plastikligini kamaytiradi va payvand mo‗rtlashishiga olib keladi. Agar qoplamali elektrod bilan payvandlashda mo‗rt buzilishiga o‗tish temperaturasi (Tm) = - 40 °C bo‗lsa, u xolda yolg‘iz (yalang‘och) sim bilan payvandlashda Tm = + 100 °C. Azot misda erimaydi va misni payvandlashda ximoyalovchi gaz bo‗lib xisoblanishi mumkin. Payvand choklariga ta‘sir qilishda azot kuchli austenizator bo‗lib, faqat zanglamaydigan po‗latlarni payvandlashda ta‘sir ko‗rsatadi
    12.2-rasm. Azotni kam uglerodli po‗latlarni mexanik xossalariga ta‘siri. Azotning temirda eruvchanligi A.N. Morozovning tadqiqotlari ma‘lumotlariga ko‗ra quyidagi empirik formula bilan ifodalanishi mumkin
    Azotning temirda eruvchanligining temperaturaga bog‘liq grafigi, azot bosimi bir atmosfera bo‗lganda xuddi vodoroddagi kabi o‗ziga xos nuqtalarda eruvchanlikning katta miqdorda kamaishi kuzatiladi.
    Azot atmosferada eng ko’p uchraydigan elementlardan biridir. Tirik jonzotning yashashi uchun azot kerak. Azotning boshqa nomi; Lotin «nitrum» – bu «azot», yunoncha «nitron» ( tabiiy soda ) so’zidan kelib chiqqan.
    Sanoatda azot tabiiy gaz bilan ammiakka aylantiriladi va o’g’itlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Molekulyar azotning foydalanish maydoni ham juda keng. U zanglamaydigan po’latda, qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini himoya qilishda, suyuq portlovchi moddalarda qopqoq sifatida va elektron komponentlar ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin.
    Azotli birikmalar va tuzlar ishlatiladigan ba’zi mahsulotlar va sohalar quyidagilar: Raketalar, raketa yoqilg’ilari, samolyotlar va quruqlikdagi g’ildiraklar havosi, sezgir sensorlar, portlovchi moddalar, dorilar, metallurgiya dasturlari, elektron qurilmalar, havo va kosmik kemalardagi oksidlovchi vosita sifatida , kimyoviy mahsulotlarning muzlashi, ombor va silos atmosferalari, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash jarayonlari, yuqori haroratli termometrlar va boshqalar.
    Kuchli molekulalarning inertligi toʻgʻridan-toʻgʻri sintez yoʻli bilan baʼzi azot birikmalarini olishning iloji yoʻq. Atomlarning faollashishi uchun moddani kuchli isitish yoki nurlantirish kerak. Azot litiy bilan xona haroratida, magniy, kaltsiy va natriy bilan reaksiyaga kirishishi mumkin, reaktsiya faqat qizdirilganda davom etadi. Tegishli metallarning nitridlari hosil bo'ladi.
    Azotning vodorod bilan o'zaro ta'siri yuqori harorat va bosimlarda sodir bo'ladi. Bu jarayon katalizatorni ham talab qiladi. Ammiak olinadi - kimyoviy sintezning eng muhim mahsulotlaridan biri. Azot oksidlovchi modda sifatida o'z birikmalarida uchta manfiy oksidlanish darajasini ko'rsatadi:
    1- (ammiak va boshqa vodorod azot birikmalari - nitridlar);
    2- (gidrazin N2H4);
    3- (gidroksilamin NH2OH).
    Eng muhim nitrid - ammiak sanoatda ko'p miqdorda olinadi. Azotning kimyoviy inertligi uzoq vaqtdan beri katta muammo bo'lib kelgan. Uning xomashyo manbalari selitra edi, ammo qazib olish hajmi oshgani sayin foydali qazilmalar zahiralari tez qisqara boshladi. Sanoat miqyosida azotni bog'lashning ammiak usulining yaratilishi kimyo fani va amaliyotidagi katta yutuq bo'ldi. To'g'ridan-to'g'ri sintez maxsus ustunlarda amalga oshiriladi - havo va vodoroddan olingan azot o'rtasidagi teskari jarayon. Bu reaksiyaning muvozanatini katalizator yordamida mahsulot tomon siljituvchi optimal sharoitlar yaratilganda ammiakning unumi 97% ga etadi.
    E’TIBORINGIZ
    UCHUN RAHMAT !
    Download 407,69 Kb.




    Download 407,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvandlash jarayonlarining nazariyasi

    Download 407,69 Kb.