• 3. Milliy manfaatlarning mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning usul va vositalari.
  • G’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik




    Download 269.52 Kb.
    bet8/20
    Sana12.06.2023
    Hajmi269.52 Kb.
    #72286
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi
    Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022, Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA
    2. G’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik. G’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik deganimizda, milliy g’oya va milliy mafkuraning millatni zaiflashtirishga qaratilgan tashqaridan kirib keluvchi har qanday yovuz g’oyalar va mafkuralarga nisbatan kuchliligi, milliy ong, dunyoqarashni ular ta’siridan himoya qilishi va milliy manfaatlarni tarannum etishda hamda uning amaliyotda namoyon bo’lishini ta’minlay bilishdagi katta salohiyati nazarda tutiladi. Bunga erishish ham yuksak darajada rivojlangan ma’naviyatga bog’liq holda kechadi. Qaysikim, milliy-ma’naviy xavfsizlik milliy xavfsizlik mexanizmi zanjirdagi xalqalarning harakatga kelishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo’lsa, g’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik esa ushbu omilni amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
    3. Milliy manfaatlarning mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning usul va vositalari. Milliy manfaatlarning g’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash har xil mafkuraviy tahdid, xavf-xatar va tajovuzlarning oldini olish vositasi ekanligi quyidagilar bilan ifodalanadi.
    1. Milliy ong, dunyoqarash, ruhiyat va qalbda milliy xavfsizlikni ta’minlash millat vakillarida millatni asrash va rivojlantirishning asosiy sharti ekanligi anglab etilmas ekan, unga erishib bo’lmaydi.
    2. Milliy-ma’naviy qashshoqlik bo’lgan jamiyatda siyosiy beqarorlik yuzaga keladi.
    3. Ma’naviyati qashshoq millatda o’z vatanini himoya qilishga kuch-qudrat etmaydi. Bunday millat vakillari o’z vataniga xoinlik qilishdan ham qaytmaydi. Unga hamma joy vatanday ko’rinaveradi, o’z manfaatini hamma qadriyatlardan ustun qo’yib yashaydigan bevatan insonlardir.
    4. Vatanni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilish, uning chegaralari mustahkam bo’lishiga o’z hissasini qo’shishga intiluvchi insonlarda milliy ma’naviyat kuchli bo’ladi. O’z vatanining chegaralari mustahkamligi, uning xavfsizligi ta’minlaganligini xuddi o’z oilasining mustahkamligi va xavfsizligini ta’minlash sifatida qaraydigan insonlarning ma’naviyati yuksak bo’ladi. Milliy manfaatlarni ta’minlashda iqtisodiy xavfsizlikda mamlakatning mavjud resurslaridan tejab foydalanish, ularning talon-taroj qilinishiga va chet ellarga olib chiqilishiga yo’l qo’ymaslik ham insonlar ma’naviyati bilan bog’liq. Ma’naviyatli insonlar mamlakat boyligini ko’z qorachig’iday asrash, ularni g’ayriqonuniy yo’l bilan o’zlashtirishga harakat qiladigan kimsalarga nisbatan nafrat tuyg’ularining yuzaga kelishi ham ma’naviyat bilan bog’liqdir.
    5. Jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, turli ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi munosabatlardagi do’stlik, o’zaro hamkorlik va barqarorlikning amal qilishi ham ma’naviyat bilan bog’liqdir. Agar ma’naviyat taraqqiy qilgan bo’lsa, ular o’rtasida o’zaro munosabatlarda manfaatlar muvozanati amal qiladi va jamiyat barqaror rivojlanib boraveradi.
    6. Atrof-muhitni toza, orasta tutish, mamlakat tabiatini, hayvonot dunyosini, o’rmon va suv zaxiralarini asrash, ob-havoning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik ham ma’naviyat bilan bog’liqdir. Ma’naviyatli insonlar ana shu boyliklar nafaqat bugun, shu bilan birga istiqbolda o’z avlodlari uchun ham zarurligini yaxshi biladi va o’z imkoniyati doirasida ularni asrashga harakat qiladi. Ma’naviy qashshoq insonlar esa bunday tuyg’ularga ega bo’la olmaydi.
    7. Bugun insonlar va millatlar kuchli axborot bosimi ostida yashamoqda. Taraqqiy qilgan mamlakatlar o’zlarida mavjud bo’lgan yuksak darajadagi axborot vositalari orqali dunyoda o’z hukmronligini o’tkazish maqsadida turli buzg’unchi g’oyalar, axloqiy qashshoqdik va bo’htonlardan iborat xabarlar, axborotlar va ma’lumotlarni jahon afkor ommasi o’rtasida targ’ib qilmoqdalar. Mana shunday sharoitda ularni tanlash, inson va millat manfaatlariga zid bo’lgan jihatlaridan ogoh bo’lish ma’naviyat-mafkuramiz bilan bog’liqdir. Ma’naviyati yuksak insonlar va millatlargina ogoh bo’lishga hamda ular ta’siridan o’zlarini himoya qilishga qodir bo’ladi.
    8. Bugun dunyodagi taraqqiy qilgan mamlakatlarning jahondagi turli mamlakatlardagi yuksak intellektual salohiyatli olimlar va mutaxassislarni «o’g’irlash»i an’anaga aylangan. Ular bunday olimlar va mutaxassislarga barcha moddiy imkoniyatlarni vujudga keltirish, texnik va texnologik shart-sharoitlarni yaratishga va’da berib, ularni o’z mamlakatlariga olib ketishga muvaffaq bo’lmoqdalar. Ular bu faoliyatlari bilan, bir tomondan, ana shunday kadrlarni tayyorlashga ketadigan mablag’ va vaqtni tejashga erishib, tayyor olim va mutaxassislarni qo’lga kiritmoqdalar; ikkinchi tomondan, mamlakatlarni intellektual jihatdan zaiflashtirishga va oxir-oqibatda o’zlariga qaram qilishga intilmoqdalar. Bunday sharoitda yuksak ma’naviyatga, o’z millati va Vatanini sevish ruhiyatiga ega bo’lgan insonlar moddiy boylik evaziga o’zga mamlakatlarga ketishdan o’zlarini tiyadilar. Bunga ham yuksak ma’naviyatlilargina amal qilishi mumkin. Ma’naviyati qashshoqlashgan, o’zga g’oya va mafkuralarning aldoviga uchgan insonlar esa o’zgalarning takliflariga moyillik bildiradilar. Shuni ham hisobga olish kerakki, boshqa mamlakatlarga ketib, o’zi va o’z mamlakatiga manfaatlar keltiradigan intellektuallari ham borki, bu umummilliy taraqqiyot uchun ahamiyatlidir. Shu ma’noda qanday bo’lishidan qat’i nazar, o’z intellektuallar ma’naviy yuksakligini ta’minlash milliy taraqqiyotning zaruriy sharti bo’lib qolmoqda .
    Shunday qilib, milliy manfaatlarning g’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash jamiyat ma’naviy hayotida bo’shliq paydo bo’lishining oldini olish, o’zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g’oyalar tizimini shakllantirishuni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni oshirish orqali zohir bo’ladi.
    O’zbekiston Respublikasida milliy-ma’naviy, g’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlovchi ichki omil – jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy salohiyatidir. Bundan tashqari, mafkuraviy xavfsizlik xalqimizning asriy an’analari, tili, dini, ma’naviyati va milliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Shuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy-ma’rifiy muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimi mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning zaruriy shartidir.
    O’zbekiston xalqi manfaatlarining mafkuraviy xavfsizligini ilmiy asoslangan ijtimoiy siyosatga, huquqiy madaniyatga, jamiyatning ma’naviy yetukligi va demokratiyalashuviga uzviy ravishda amalga oshiriladigan g’oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash – davlat siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu xususda Sh.M.Mirziyoev:” Biz yaratayotgan yangi O’zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g’oyasi bo’ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz”11,­ - degan edi.

    Download 269.52 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 269.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    G’oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik

    Download 269.52 Kb.