• Yaqin kelajak
  • Uzoqlashgan kelajak
  • Uzoq kelajak
  • Kelajakni tadqiq qilishning metodlari va davrlashtirish




    Download 269.52 Kb.
    bet14/20
    Sana12.06.2023
    Hajmi269.52 Kb.
    #72286
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
    Bog'liq
    Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi
    Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022, Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA
    2. Kelajakni tadqiq qilishning metodlari va davrlashtirish. Fan va falsafaning muhim funktsiyasi-kelajakni oldindan aytishdir. Odamga o’z kelajagini bilish nimaga kerak? Insoniyatning inqirozi va halokati, sivilizatsiya va madaniyatlarning emirilishiga olib keladigan ijtimoiy jarayonlar, maqsadlar va rivojlanish mexanizmlariga o’zgartirishlar kiritish lozim. Odam o’tmishdan xulosa chiqarib, kelajakni ko’ra turib va hozirni boshqara turib, o’z tarixiga, o’zining keyingi taqdiriga ta’sir qilishga qodirdir.
    Kelajakni tadqiq qilishda ma’lum vaqt kesimi yoki davri tanlab olinadi. Buni yaqin kelajak, uzoqlashgan kelajak, uzoq kelajakka ajratish qabul qilingan.
    Yaqin kelajak - 5 yildan 10 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda odamda davlat, jamoat tashkilotlari, partiyalar, korxonalar rivojlanishining dastur va rejalari tuziladi. Bunday prognozlashtirish umumiy tendentsiyalar darajasida unchalik murakkab vazifa emas. Voqealarni bir necha yilga batafsil prognozlashtirish - sal murakkabroq masaladir.
    Uzoqlashgan kelajak - tarixiy ufq taxminan 10 yildan 50 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bunday vaqt uzoqligini oldindan bilish ( prognoz) katta qiyinchiliklar bilan bog’liq. XX asr 80-yillar boshida “ rivojlangan sotsializm” jamiyati ( SSSR ) ning 10 yildan keyin o’z muommolari yuki ostida emirilishini kim faraz qilibdi? 80 yillarning boshlarida eng zamonaviy armiyaga va keng tarqalgan maxsus xizmat tarmog’iga ega bo’lgan qudratli davlat AQSh, 2001-yilda butun dunyo savdo markazi va Vashingtondan uzoq bo’lmagan Pentagon binosining bir qismining to’siqsiz vayron qilinishini, Islom teroristlari oldida himoyasiz qolishini kim o’ylagan edi.
    Uzoq kelajak - uzoqligi 50 yildan 100 yilgacha bo’lgan davr. Uzoq kelajakni oldindan aytish eng murakkab vazifa hisoblanadi. Bu Yerda xozirgi davrda ma’lum va tushunarli bo’lganlardan, ko’plab sharoitlar va omillarni hisobga olishga to’g’ri keladi. Bunday prognozlashtirish majburan ko’p “agar”lar bilan kuzatib boriladi. Masalan, agar insoniyat katta urushlardan qutilsa, agar iqtisodiy inqiroz tugatilsa,agar fan va iqtisod rivoji davom ettirilsa…, - 50-70 yildan keyin oyda kosmik stantsiya quriladi va uni o’zlashtirish boshlanadi.
    Fan kelajagini tatqiq qilish uchun barcha mumkin bo’lgan vosita va usullar arsenalidan foydalanadi. Bularga quyidagilar kiradi.
    1. Prognozlashtirish.
    2. Ekspertlarning baholashlari.
    3. Andozalashtirish.
    4. Tarixiy analogiyalar.
    5. Ekstrapolyatsiya.
    Bunda qancha ko’p miqdordagi omillar ta’siri qamrab olinsa, ularning roli va kuchi to’g’ri baholansa, tasodiflar ta’siri hisobga olinsa eng aniq xulosalar olinadi.
    Kelajakni tadqiq qilishning boshqa usullari ham mavjud bo’lib, ularni “noilmiy” deb ataydi. Bunga astrologik kosmogramm (kosmik ob’ektlar) ta’sirining kelajakni (oldinda ko’ra bilish) va parapsixologik qabul qilish kiradi. Bu hodisalarni tushuntirishga fan qiynaladi, lekin ularning mavjudligini inkor qilish mumkin emas. Masalan, bunday odamlar frantsuz astrologi M.Nostradamus, rus gumanisti va filologi Ye.Rerix, bolgar bashoratchisi Vanga , amerika oldindan ko’ra biluvchisi E.Keysi,polyak Volf Messing bo’lajak voqealarni bir necha marta oldindan ayta oldilar, ular aniq amalga oshirildi. Bunday hodisalarni tushuntirish-kelajak fanining vazifalari qatoriga kiradi.

    Download 269.52 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Download 269.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kelajakni tadqiq qilishning metodlari va davrlashtirish

    Download 269.52 Kb.