• 5. Siyosiy-huquqiy hayotning globallashuvi.
  • Iqtisodiyotning globallashuvi




    Download 269.52 Kb.
    bet3/20
    Sana12.06.2023
    Hajmi269.52 Kb.
    #72286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi
    Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022, Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA
    4. Iqtisodiyotning globallashuvi. Iqtisodiyotning globallashuvi deb ishlab chiqarish, savdo va bank faoliyatining transnatsionlashuvi tufayli mamlakatlarning iqtisodiy hayotida tez sur’atlar bilan kechayotgan jarayonlar silsilasigiga aytiladi. Iqtisodiy globallashuv o’z navbatida ma’naviy-mafkuraviy masalalarni hal qilishni ham kun tartibiga qo’yadi. Bu xususda I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Agar iqtisodiy o’sish, taraqqiyot – jamiyatning tanasi bo’lsa, ma’naviyat-ma’rifat va siyosiy ong yetukligi uning ruhi, aqli va jonidir”3. Shunday ekan, iqtisodiyotning globallashuvi bevosita milliy g’oya-mafkuramizga ta’sir o’tkazadi. Moddiy ishlab chiqarish har bir xudud va unda yashovchi xalqlar ehtiyojiga ko’ra takomillashib kelgan ekan, bu sohada o’ziga xoslikning saqlanishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi muhim amiyat kasb etadi. Davlatlar o’rtasidagi moliyaviy tafovut dunyo g’oyaviy rang-barangligini bir qutb tomon siljishiga sharoit yaratib beradi Bu jarayonda, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar ta’siri yaqqol seziladi. Bugungi kunda keng tarqalgan tor jinsi shimlar, kalta yubkalar, ochiq koftalar yoki turli mahsulotlar etiketkalaridagi yarim yalong’och tasvirlar nimaning ifodasi? Albatta, bular hech bir xalqning milliy ishlab chiqarish mahsulotlari emas. Bunday mahsulotlar oddiy o’ramdagi mahsulotlarga qaraganda “jozibador” va e’tiborni tortuvchi hisoblanadi. Faqat iste’molchilar e’tiborini tortish va savdoni jadallashtirish maqsadlarida ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlar, albatta, millat madaniyati va ma’naviyatiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Bunday holatlar, ayniqsa, yosh avlod milliy-ma’naviy dunyoqarashini shakllanishiga, uning asosidagi hayotiy-axloqiy qarashlarga jiddiy putur yetkazadi. Bu kabi holatlar insoniyat kelajagi bo’lmish yosh avlod dunyoqarashining shakllanishi o’z milliy zaminlari hisobiga emas, balki unga zid bo’lgan, bugungi kunda keng ildiz otib borayogan ma’nan qashshoq ―ommaviy madaniyat‖ning rivojlanib borishiga olib keladi.
    5. Siyosiy-huquqiy hayotning globallashuvi. Siyosiy-huquqiy hayotning globallashuvi deb, inson haq-huquqlarini himoya qilish, jamiyatni demokratik tamoyillar asosida boshqarish, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik,har bir xalqning tinch-osuda yashashini ta’minlash, insoniyatni har xil yadroviy falokatlardan asrash kabi amallarni tez sur’atlar ichida bajarishga qaratilgan faoliyatlar tizimiga aytiladi. Siyosiy-huquqiy hayotning globallashuv jarayonlari bunyodkor g’oyalar yoki vayronkor mafkuralar ta’sirida kechishini ham inkor qilib bo’lmaydi,albatta. Buning misolini BMT, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yoki NATO misolida ko’rish mumkin. Siyosiy-huquqiy globallashuv jarayonlarining kechishida O’zbekiston tashqi siyosatining o’rni va roli haqida davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev:” Bu siyosatning asosiy ma’no-mazmuni - tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama- qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yo’l bilan hal etish, barcha xorijiy davlatlar va jahon hamjamiyati bilan amaliy hamkorlik qilishdan iborat. Mamlakatimiz hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo’shilmaydi, boshqa davlatlarning harbiy baza va ob’ektlari O’zbekiston hududida joylashtirilishiga, shuningdek, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqarida bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, birinchi navbatda, ko’shni mamlakatlar bilan do’stona munosabatlar va o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Bu borada ilgari ham aytgan bir fikrimni takrorlashni istardim. Biz qo’shnilarimiz bilan raqobat qilish emas, aksincha, hamkorlik qilish yo’lini izchil davom ettiramiz. Hamkorlikni tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi deb bilamiz. Qo’shnilarimiz bilan o’zaro hurmat va manfaatli hamkorlikni qancha rivojlantirsak, bundan yurtimiz ham, butun mintaqamiz ham shuncha ko’p naf ko’radi”4 ,– degan edi. O’zbekiston uchun siyosiy-huquqiy hayot jabhalarining glaballashuvi jarayonlarining mazmun-mohiyati,uning o’rni va roli ana shu fikrlarda o’zining haqiqiy ifodasini topgan,desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

    Download 269.52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 269.52 Kb.