|
2. Passiv optic texnologiyalarining xususiyatlari
|
bet | 1/8 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 48,42 Kb. | | #139175 |
Bog'liq 2. Passiv optic texnologiyalarining xususiyatlari-fayllar.org
2. Passiv optic texnologiyalarining xususiyatlari
050-20 guruh talabasi Sharofiddinov Shahzod
Mavzu: PON texnologiyasi.
Reja:
1.PON texnologiyasi xaqida
2.Passiv optic texnologiyalarining xususiyatlari
3.GEPON va PtpP Ethernet tarmoqlar
4.GPON texnologiyasi - telekommunikatsiyalarning yangi ufqlari
5.NGN da IP (Internet Protocol) telefoniya xizmati
6.GPON texnologiyasi asosida tarmoqni loyihalash
KIRISH
Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari PON ning passiv optik tarmoqlari asosidagi daraxtsimon topologiyasidan PON texnologiyasi asosidagi «nuqta — ko‘p nuqta» mantiqiy topologiyasidan foydalaniladi. Markaziy tugunning bitta portiga o‘nlab abonentni qamrab oluvchi daraxtsimon arxitektura asosidagi butun boshli optik-tolali segmentni ulash mumkin. Bunda daraxtning oraliq tugunlarida manba va xizmat talab qilmaydigan zich, to‘liq passiv optik ajratgichlar(splitterlar) o‘rnatiladi.
Passiv optic texnologiyalarining xususiyatlari
PON’ning passiv optik tarmoqlari asosidagi daraxtsimon topologiyasidan PON texnologiyasi asosidagi «nuqta — ko‘p nuqta» mantiqiy topologiyasidan foydalaniladi. Markaziy tugunning bitta portiga o‘nlab abonentni qamrab oluvchi daraxtsimon arxitektura asosidagi butun boshli optik-tolali segmentni ulash mumkin.
Bunda daraxtning oraliq tugunlarida manba va xizmat talab qilmaydigan zich, to‘liq passiv optik ajratgichlar(splitterlar) o‘rnatiladi.
Ko‘p nuqtali daraxtsimon topologiya abonentlar real joylashishini kelib chiqishi, optik kabelni yotqizishdagi xarajat va kabel tarmog‘idagi ekspluatatsiya optik tarmoqlagichlarni joylashishini optimallashtirishga olib keladi.
Kamchiligiga PON texnologiyasining murakkabligi va oddiy daraxt topologiyasida zahiralashning yo‘qligini kiritish mumkin.
PON texnologiyasi xaqida
PON tarmog‘ining xususiyatlari:
bir tola bo‘ylab bir-biriga qarama-qarshi ikki uzunlikdagi (1550 nm va 1310 nm) to‘lqinni uzatuvchi daraxtsimon arxitektura.
Daraxtning oraliq tugunlarida passiv optik tarmoqlagichlar joylashadi.
TDMA ulanish usulidan foydalanish abonentlar orasida o‘tkazish polosasini moslashuvchan taqsimlanishiga yo‘l qo‘yadi.
Markaziy tugundan kelayotgan bitta tolaga 32 ta abonent tugunlarini ulash mumkin.
PON texnologiyasida kiruvchi trafikni keng ommaga yetkazib berishda oqimlarni spektral ajratishdan va chiquvchi kanalda esa vaqt bo‘yicha multipleksorlashdan foydalaniladi.
Maksimal masofasi 20 km ni tashkil qiladi.
|
| |