• Kalit so‘zlar
  • Ключевые слова
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Kreativ qobiliyatlarini shakllantirish




    Download 429.62 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana28.03.2024
    Hajmi429.62 Kb.
    #180326
    Bog'liq
    o-quv-faoliyat-jarayonida-talabalarning-kreativ-qobiliyatlarini-shakllantirish
    Gibrid organik-noorganik Perovskitlar uchun yangi davr ochish, 5-5, 619 17-Mavzu Ped кор, file, Sotvoldiyev Xasanboy Rasuljon o‘g‘li, 9 – Mauza. Ms access dasturida hisobotlar Reja Accessda hisobot, LBxVFbQW42aNGaM3j1o99zIxoBBuRvNF9XA6nON7, Mámleketlik sa-WPS Office, referat, McCarathy Calculator Poster, Controlled Influence of In and Si Doping on the Spectral Characteristics of CdTe Epitaxial Layers Grown on Poly-Silicon Substrates Using Vacuum Thermal Evaporation (VTE), NAMANGAN ENGLISH1, Book practise for Semicon (2), Амалий машгулот, Book tables


    - 201 -
    O‘QUV FAOLIYAT JARAYONIDA TALABALARNING 
    KREATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH
    Qurbonova Buzaynab 
    Nizomiy nomidagi TDPU 
    Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi,
    Jo‘rayeva Malika Ikromjon qizi 
    Pedagogika va Psixologiya mutaxassisligi 
    II bosqich magistranti
    Annotatsiya: Mazkur maqolada Oliy ta’limda tahsil oluvchi talabalarning o‘quv 
    faoliyat jarayonida kreativ qobiliyatlarini shakllantirish masalalariga ahamiyat qaratiladi. 
    Hamda o‘quv faoliyat jarayonida talabalarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish 
    uchun qanday yo‘l-yo‘riq tutish lozimligi, maqsad va rejalarning mohiyati xususida fikr-
    mulohazalar yuritiladi.
    Kalit so‘zlar: O‘quv faoliyat, talaba, kreativ qobiliyat, o‘quv vazifalar, ijodiy 
    vazifalar, ijodkorlik, ijodiy ko‘nikma. 
    Aннотация: Данная статья посвящена формированию творческих 
    способностей студентов, обучающихся в высшей школе, в процессе учебной 
    деятельности. В то же время в процессе учебной деятельности высказываются 
    мнения о характере целей и планов, в каком направлении следует формировать 
    творческие способности учащихся. 
    Ключевые слова: Учебная деятельность, студент, творческая способность, 
    учебные задачи, творческие задачи, креативность, творческое мастерство.
    Abstract: This article focuses on the formation of creative abilities of students 
    studying in higher education in the process of educational activity. At the same time, in 
    the process of educational activity, opinions are held about the nature of goals and plans, 
    what direction should be taken to form the creative abilities of students.
    Key words: Educational activity, student, creative ability, educational tasks, 
    creative tasks, creativity, creative skill.
    Jamiyatning axborotlashuvi, texnologiyalarning tez o‘zgarishi, zamonaviy 
    shaxsning kasbiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari yosh avlodni tarbiyalash va 
    o‘qitishga qo‘yiladigan qator talablarni belgilaydi. Zamonaviy Oliy ta’lim talabasi 
    nafaqat tubdan yangi texnologik madaniyatni o’zlashtiribgina qolmay, balki uni 
    rivojlantirishga qodir bo’lgan yuksak intellektual tashkil etilgan, tashabbuskor va 
    ijodkor shaxs bo’lishi kerak.
    O’qitishdagi ustuvor yo’nalishlar bilim, ko’nikma va malakalarning ma‘lum 
    majmuini shakllantirishdan talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini 
    rivojlantirishga o’tdi. Har bir Oliy ta’lim o‘quv predmeti doirasida o’quv faoliyatini 
    tashkil etish orqali kreativ qobiliyatlarni shakllantirish muammolarini hal etish zarur. 
    Oliy ta’limda kreativ qobiliyatlarni shakllantirish zarurati o‘quv va ijodiy faoliyat 
    texnologiyalarini, ushbu jarayonning shakllari, usullari va vositalarini ishlab chiqishni, 


    - 202 -
    tegishli didaktik va tarbiyaviy yordamni, o‘quv va ijodiy vazifalar majmuasini yaratishni 
    va boshqalarni talab qiladi.
    Ijodkorlik, talabalarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish muammolari azaldan 
    olimlarning e’tiborini tortib kelgan mavzu hisoblanadi.
    Ijodkorlikning umumiy masalalarini antik davr va hozirgi zamon mutafakkirlari 
    Demokrit, Sokrat, Platon, Arastu, R.Lyulliy, N.Kuzanskiy, F.Bekon, R.Dekart, I.Kant, 
    G.Gegel, G.Leybnits, A. Puankare, D. Poya, R. Xanson, K. Popper, G. Selye, E. Krik, 
    P.K. Engel-meyer, B.M. Kedrov, E.P. Nikitin, V.A. Kirillin, G.S. Altshuller, R.B. Shapiro, 
    Yu.P. Salamatov, A.T. Shumilin, P.G. Shchedrovskiy va boshqalar turli davrlarda 
    o‘rganganlar.
    Kreativ faoliyatning mohiyati va protsessual tomoni V.I. Andreev, M. Gardner, V.I. 
    Zagvyazinskiy, P.M. Zayki, V.V. Kraevskiy, T.V. Kudryavtseva, A.N. Kulyutkina, A.N. 
    Leonteva, M.I. Maxmutov, S. Papert, L.A. Ponomareva, R. Pou, S.L. Rubinshteyn, V.A. 
    Slastenina, A.V. Xutorskiy va boshqalarning asarlarida ko‘rib chiqilgan.
    G.S.Altshuller, V.A.Antonov, E.Bono, T.Vujeka, X.Sievert, M.I.Meerovich, 
    D.Perkins, A.M.Spirkin, Yu.G.Tamberg, E.P. Torrens, E.E. Tunik, D.V. Ushakov, 
    Yu.M.Chapyale, D.Aymen va boshqalar kreativ fikrlash va uning diagnostikasi 
    masalalariga alohida e’tibor qaratganlar. Va buning natijalari olimlarning asarlarida, 
    qo‘lyozmalarida o‘z aksini topgan.
    Bundan tashqari o‘tgan asrlarda ta’lim oluvchilarni kreativklikka o‘rgatish 
    muammolari ham qator olimlar nazariga tushgan. Masalan, bu borada V.I.Andreeva, 
    D.B.Bogoyavlenskaya, S.Z.Goncharova, V.V.Davidova, E.S.Jarikova, A.B.Zolotova, 
    O.V.Krilova, T.V.Kudryavtseva, N.V.Kuzmina, V.A.Levina, I.Ya.Lerner, A.N.Luk, 
    I.N.Semenova, A.E.Simanovskiy, A.A.Smirnova, S.Yu.Stepanova, B.C.Shubinskiy va 
    boshqalarning asarlarida o’z aksini topganligini ta’kidlash mumkin. 
    Shunday qilib, talabalarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish zarurati bilan 
    zamonaviy Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv va ijodiy faoliyatning modeli, texnologiyasi, 
    vositalari va shartlarining еtarli darajada ishlab chiqilishi lozimligini alohida qayd etish 
    joiz. Shu sababdan ham o‘quv va ijodiy faoliyatning mazmuni va texnologik elementlarini 
    aniqlash, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish jarayonining samaradorligini oshirishga 
    yordam beradigan pedagogik shartlarni aniqlash bugungi kunda dolzarb sanaladi. Bu 
    jarayonda asosiy maqsad - o‘quv-ijodiy faoliyat modeli va texnologiyasini ishlab chiqish 
    va asoslash, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning pedagogik shartlarini 
    aniqlash bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Oliy ta‘lim muassasalarida talabalarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning 
    nazariy asoslarini aniqlash; talabalarning o‘quv-ijodiy faoliyati modeli va ijodiy 
    qobiliyatlarni shakllantirish texnologiyasini asoslash; ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish 
    uchun model va texnologiyani eksperimental tekshirish; mezon bazasini tuzish va 
    talabalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish samaradorligining shartlarini aniqlash 
    vazifalarini belgilab olish yuqorida ta’kidlangan maqsadlarga erishishda eng ahamiyatli 
    jihat hisoblanadi.
    Bunda harakatning gipotezasi shundan iboratki, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini 
    shakllantirish jarayoni quyidagi hollarda samarali bo‘ladi: 


    - 203 -
     
    o‘quv va ijodiy faoliyat modeli shaxsiy xususiyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, 
    ijodiy vazifalarning xususiyatlari va еchimlarni topish usullari asosida tuzilgan axborot, 
    tarkibiy-mantiqiy, intuitiv-majoziy va aks ettiruvchi bloklarni o‘z ichiga oladi; 
     
    ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish texnologiyasi talabalarning o‘quv va 
    ijodiy faoliyatga tayyorligini diagnostika qilish, talabalarning turli guruhlari ijodiy 
    qobiliyatlarini farqlash, o‘quv va ijodiy faoliyatning individual traektoriyalarini qurish 
    imkonini beradi; 
     
    o
    ‘quv-ijodiy faoliyat uchun tashkiliy, mazmunli va texnologik sharoitlar 
    yaratiladi.
    Nazariy tahlil va olib borilgan tadqiqotlar asosida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini 
    shakllantirish qobiliyati nafaqat zarur ijodiy ko
    ‘nikma va malakalarni, har qaysi 
    o‘quv predmeti bo‘yicha kasbiy ko
    ‘nikmalarni shakllantirishni o‘z ichiga olishi bilan 
    ahamiyatlidir. Shuningdek, ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj va ijodiy muammolarni hal qilish 
    qobiliyatini oziqlantirish; talabalarning ijodkorligiga e’tiborni shakllantirish va ijodiy 
    qobiliyatlarini rag‘batlantirish o‘quv mashg‘ulotlarini ijodiy vaziyatlar bilan to‘ldirish, 
    shu jumladan, ularni rivojlantiradigan turli xil pedagogik muammolarni hal qilishning 
    yangi usullarini faol izlash asosida amalga oshirilishi natijakor bo’ladi, albatta. O‘z 
    kasbiga kognitiv va ijodiy qiziqish bo‘lajak pedagogika va psixologiya o‘qituvchilaridan 
    o‘z imkoniyatlarini safarbar etish qobiliyatini, harakatlarda yangilik va o‘ziga xoslik 
    namoyon bo‘lishini talab qiladi.
    Yuqorida aytilganlarning barchasini umumlashtirib, shuni ta’kidlash kerakki, oliy 
    ta’limda tahsil oluvchi talabalar o‘quv faoliyati bo‘yicha auditoriyada ijodiy xarakterdagi 
    vazifalar alohida ahamiyatga ega. Ijodiy xarakterga ega bo‘lgan vazifalarning taklif 
    qilingan varianti talabalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish darajasining mezonlari 
    va ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi. Moslashuvchanligi bilan ajralib turadigan 
    vazifalar sub’yektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga yordam berishi 
    kerak, buning natijasida ijodiy qobiliyatlarni o‘z ichiga olgan shaxsiy fazilatlar majmuasi 
    shakllanadi. Muayyan vazifani bajarishda ijodiy yondashuvni qo‘llash, talabalar ma’lum 
    bir mavzuni o‘rganishda olingan ma’lumotlardan foydalanib, chegaradan tashqarida 
    fikrlashni o‘rganadilar. Natijada mutaxassislik fanlaridan olingan bilimlarni amaliyotda 
    qo
    ‘llash imkoniyati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, talabalarning ijodiy faoliyati 
    tajribasi rivojlanmoqda, bu bilim sifatini oshirishga, yuqori darajada moslashish va 
    ijtimoiylashuvga ega ijodiy va barkamol shaxsni shakllantirishga olib keladi.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O‘zbekiston 
    Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
    to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni.
    2. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va 
    pedagog kadrlar tayorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish 
    chora-tadbirlar to’g’risida”gi prezident qarori. (2022 yil 21 iyundagi 289-PQ)
    3. www. Gov.uz
    4. www.ziyo.net.

    Download 429.62 Kb.




    Download 429.62 Kb.
    Pdf ko'rish