• Keysning nomi: “O’zbekistonda aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arish ko’rsatkichlari”. Keysning maqsadi
  • 15. Qishloq joylarini rivojlantirish va diversifikasiyalashga, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosat




    Download 27.67 Kb.
    Sana19.05.2023
    Hajmi27.67 Kb.
    #61889
    Bog'liq
    12 amaliy mashg\'ulot
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu seminar, Имя, Имя2, sintetik vosiyalar, 21.06-Funksional analiz, Shamol tezligini tahlil qilish usullari, Yo\'l xo’jaligi asosiy fondlarining eskirishi va qayta tiklanishi, pedagog-imidji-va-muloqot-madaniyati, ISHONCH 22 onlayn omonat shartnoma, 09.07.2023 ingliz tili, Зардуштийлик (1), 4-amaliy Abdulxayev, 2 Вариант 121

    15.Qishloq joylarini rivojlantirish va diversifikasiyalashga, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosat
    Reja:
    Qishloq joylarini rivojlantirish va diversifikasiyaash siyosati.
    2. Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish yo’nalishlari va ko’rsatkichlari.
    3..Qishloq joylarida infratuzilmani rivojlantirish dasturi.


    Keysning nomi: “O’zbekistonda aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arish ko’rsatkichlari”.
    Keysning maqsadi: Talabalarda aholi pul daromadlarini bilish, ularni mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim ko’rsatkichi ekanligi ko’rsatish, iste’mol va jamg’arma darajasini belgilab beruvchi omillar, ularni amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Talabada iqtisodiy ko’rsatkichlarni topish va tahlil qilish ko’nikmasini rivojlantirish..
    O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
    Aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma tushunchalarini iqtisodiy mazmunini aniqlaydilar;
    So’nggi besh yil uchun ishlab chiqarish va daromad darajasi, YaIM (real daromad), iste’mol, jamg’arma ko’rsatkichlarni aniqlaydilar;
    Yillar kesimida iste’molga va jamjamg’arishga o’rtacha moyillikni, me’yoriy moyillikni hisoblaydilar.
    Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
    Talaba bilishi kerak:
    iste’mol, shaxsiy daromad, real daromad, jamg’arish, iste’molga o’rtacha moyillik, iste’molga me’yoroiy moyillik, jamg’arishga o’rtacha moyillik, jamg’arishga meyoriy moyillik.
    Talaba amalga oshirishi kerak:
    - mavzuni mustaqil o’rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; ishlab chiqarish va daromad darajasi, YaIM (real daromad), iste’mol, jamg’arma ko’rsatkichlarni topadi; ma’lumotlarni taqqoslaydi; daromad nuqtasini aniqlaydi; o’z nuqtai nazariga ega bo’lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o’quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
    Talaba ega bo’lmog’i kerak:
    kommunikativ ko’nikmalarga; taqdimot ko’nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko’nikmalariga; raqamlarni tahlil qilish va formulalar bilan ishlash ko’nikmalariga.

    Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:


    Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, topshiriqli bo’lib, aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma ko’rsatkichlari asosida bayon etilgan.
    Keysning asosiy obyekti shaxsga yo’naltirilgandir.
    Bu tashkiliy institusional keys bo’lib, ma’lumotlar, topshiriqlar va savollar asosida tuzilgan.
    Hajmi o’rtacha, tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan o’quv mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan.
    Didaktik maqsadlarga ko’ra keys iqtisodiy ko’rsatkichlarni, raqamlarni topishga, ularni taqqoslashga, tahlil qilishga, formulalar bilan ishlashga va baholashga qaratilgan.

    KEYS – STADI


    O’zbekistonda aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma ko’rsatkichlari
    Kirish
    Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Milliy mahsulot harakat shakllari ichida milliy daromad ahamiyatli o’rin tutib, u aholi farovonligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arish ko’rsatkichlarining tahlili, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iste’mol va jamg’arma darajasini belgilovchi omillar, shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi, shaxsiy daromadning jamg’armaga ketadigan ulushi iqtisodiy fanlarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Aholi umumiy daromadlarini hisoblash – Milliy hisoblar tizimining
    xalqaro statistika standartlariga, Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab
    chiqilgan metodik qo‘llanma asosida amalga oshiriladi.
    Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 515,7 trln. so‘mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkich-larining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi.
    Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 112,1 % ni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 109,9 % ni tashkil etdi,
    2020- yilning yanvar-dekabr holatiga esa bu ko‘rsatkich 98,6 % ni tashkil etgan edi. Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 65,0 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 26,3 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
    Hududlar bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning (yollanib ishlovchilarning ish haqi va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) eng yuqori ulushi Jizzax (76,9 %) viloyatida kuzatildi. Aksincha, Xorazm va Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Toshkent shahar va Qashqadaryo, Andijon viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan past ko‘rsatkichni tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) sezilarli ulushni tashkil etadi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylari ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 65,0 % ni tashkil etdi.
    Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 2020- yilning mos davriga nisbatan 122,5 % ni tashkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 14,8 % ga o‘sishini ta’minladi. Joriy davrda yollanma ishchilar daromadlarining o‘sish sur’ati 125,4 % ni tashkil etib, aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 6,9 % ga o‘sishini ta’minladi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning
    daromadlari 27,6 % ni tashkil qildi. Yollanma ishchilar daromadlarining eng yuqori nominal o‘sish sur’ati Toshkent shahrida (132,1 %), hamda Surxondaryo (127,5 %), Toshkent (127,0 %), Samarqand (124,7 %) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (122,7 %) qayd etildi.
    Joriy davrda mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarining o‘sish sur’ati 120,5 % ni tashkil etib, aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 7,9 % ga o‘sishini ta’minladi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlari 37,4 % ni tashkil qildi.
    Mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning 1 % ga o‘sishi umumiy daromadlar hajmining 0,37 % ga o‘sishiga olib keladi. Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, mol-mulkdan olingan daromadlar 11,3 trln. so‘mni tashkil etdi.
    Aholining umumiy daromadlari tarkibida mol-mulkdan olingan daromadlar ulushi 2,2 % ni tashkil etdi.
    Joriy davrda mol-mulkdan olingan daromadlar aholi umumiy daromadlari hajmining 0,6 % ga o‘sishini ta’minladi. Ushbu davrda aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlarning ulushi 26,3 % ni tashkil etdi.
    2021- yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, transfertlardan olingan daromadlarning 37,0 % ini ijtimoiy transfertlardan olingan daromadlar tashkil qilgan bo‘lsa, 63,0 % ini boshqa joriy transfertlardan olingan daromadlar tashkil qildi. Ijtimoiy transfertlar tarkibida pensiyalar eng ko‘p ulushni (77,8 %) tashkil qilgan bo‘lsa, nafaqalar 20,4 % ni, stipendiyalar 1,8 % ni tashkil etdi.
    2020- yilning mos davri ma’lumotlari bilan taqqoslaganda pensiyalarning o‘sish sur’ati 115,7 % ni, nafaqalarning o‘sish sur’ati 147,9 % ni va stipendiyalarning o‘sish sur’ati 113,3 % ni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, jami 10,2 trln. so‘m miqdorida nafaqa va moddiy yordamlar ajratildi.
    Shundan 40,5 % i budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar va 59,5 % I respublika va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. 2021- yilning yanvar-dekabr oylari bo‘yicha boshqa joriy transfertlar tarkibiga kiruvchi respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmining nominal o‘sish sur’ati 141,3 % ni tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari tarkibidagi ulushi
    o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,0 % punktga ko‘tarildi. Ushbu daromadlarning o‘zgarishi aholi umumiy daromadlari nominal qiymatining 6,0 % ga o‘sishini ta’minlab berdi.
    2021- yilning yanvar-dekabr oylarida boshqa joriy transfertlar 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalarining eng yuqori ulushi Xorazm (27,1 %) va Samarqand (25,3 %) viloyatlarida kuzatildi. Shuningdek, Andijon (22,2 %), Surxondaryo (21,6 %) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston
    Respublikasida (20,0 %), Namangan (19,4 %), Buxoro (19,2 %), Farg‘ona (18,8 %) va Qashqadaryo (18,7 %) viloyatlarida respublika darajasidan yuqori ulushni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,4 % ni tashkil etdi.

    Eng ko’p va eng kam daromad oladigan aholi o’rtasidagi farq 2000 yildagi 53,3 barobardan bugungi kunda 7,8 barobarga tushdi. Bu o’rinda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mezoni hisoblangan bu ko’rsatkich xalqaro me’yorlarga ko’ra, 10 barobar qilib belgilanganini aytib o’tish lozim. Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi. Misol uchun, O’zbekistonda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko’rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy farovonligi muttasil o’sib borayotganidan dalolat beradi. Odamlarning daromadlari ortishi bilan oilalarning moddiy ahvoli ham sifat jihatdan o’zgarib bormoqda. Tadqiqotlarga qaraganda, bugungi kunda yurtimizdagi oilalarning 94 foizi xolodilniklar, 84 foizi turli oshxona elektr jihozlariga, 63 foizi kir yuvish mashinalari, yarmidan ko’pi kompyuter, changyutgich, mikroto’lqinli pechlarga ega, uchdan bir qismi esa kondisionerlardan foydalanmoqda. Mustaqillik yillarida aholining televizorlar bilan, ayniqsa, mutlaqo yangi avlod televizorlari – plazma ekranli rangli televizorlar bilan ta’minlanishi 1,6 barobar, yengil avtomobillar bilan ta’minlanishi 3,5 marta oshgani ham oilalarimizning farovonligi yuksalib borayotganining yaqqol tasdig’idir. Bugungi kunda deyarli har ikki oiladan biri shaxsiy transport vositasiga ega va bu mashinalar aynan yurtimizda ishlab chiqarilgani barchamizga mamnuniyat va g’urur bag’ishlaydi.Keys stadi”ga asoslanagan o’qitish texnologiyasining asosiy maqsadi ham talabada aholi real daromadlari, iste’moli va jamg’arish ko’rsatkichlari haqidagi fikrlarini rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vazifalarni bajarish jarayonida o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga, ko’rsatkichlarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko’nikmalarini egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.


    Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo’yicha aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma haqida bilim va va ularni topish, taqqoslash ko’nikmalarga ega bo’lish zarur.
    Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
    o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;
    muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qayta topshirish;
    mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
    mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;
    o’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.

    AHOLI REAL PUL DAROMADLARI, ISTE’MOLI VA JAMG’ARMA KO’RSATKIChLARI


    Milliy mahsulot harakat shakllari ichida milliy daromad ahamiyatli o’rin tutib, u aholi farovonligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
    Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg’arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi.
    Talabalar uchun topshiriqlar

    topshiriq: Yuqorida ko’rsatib o’tilgan manbalardan foydalangan holda jadvalni to’ldiring


    2-topshiriq: O’zbekistonda aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’armalarining o’zgarishini foiz hisobida topish va jadvalni to’ldirish.





    Ko’rsatkichlar



    Yillar

    2009

    2010

    2011

    2012

    2013

    2016

    Real pul daromadlari



















    Iste’mol sarflari



















    Jamg’armalari



















    Topshiriqni bosqichma – bosqich hal etish va tahlil qilish bo’yicha talabalarga uslubiy ko’rsatmalar
    Talabalarga yo’riqnoma

    Ish bosqichlari

    Maslahatlar va tavsiyanomalar.

    1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

    Avvalo keys bilan tanishing. “Aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’arma ko’rsatkichlari” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqish lozim. O’qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang.

    2. Berilgan topshiriq bilan tanishish

    Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o’qib chiqing. Siz uchun muhim bo’lgan satrlarni belgilang. Bir abzasdan ikkinchi abzasga o’tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o’qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo’ying. topshiriq tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu topshiriqda “Hozirgi paytda aholi real daromadlarini oshirish, iste’mol va jamg’arishga moyilligi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini ko’rsatuvchi muhim omil ekanligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart sharoitlarini aniq ko’rsatkichlar yordamida aniqlashtirilishi lozimligi, bu ko’rsatkichlarning tahlili mamlakat iqtisodiy barqaror rivojlanayotganligini ko’rsatuvchi omil ekanligi aniqlang.

    3. Topshiriqni bajarish

    Topshiriqlar va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
    Birinchi topshiriq: Real daromad, iste’mol va jamg’arma ko’rsatkichlarini jadval bo’yicha ishlashi.
    Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
    Iste’molchilik sarflari deganda nimani tushunasiz?
    Shaxsiy daromad nima?
    Jamg’arish deganda nimani tushunasiz?

    Ikkinchi topshiriq: O’zbekistonda aholi real pul daromadlari, iste’moli va jamg’armalarining o’zgarishini foiz hisobida topish va jadvalni to’ldirish.


    Aholi real daromadlari deganda nimani tushunasiz?

    2. Iste’mol sarflari va jamg’armalarini belgilab beruvchi omillar.


    Birinchi va ikkinchi topshiriqlar nimani topishga qaratilganini aniqlang. Topshiriqning asosiy mazmunini ajratib oling. Sizdan qanday makroiqtisodiy ko’rsatkich so’raliyotgani aniqlang, uni topish yo’llarini toping va eng maqbulini ko’rsating.



    4. Topshiriqni yechish usul va ma’lumotlarni jadvalga kirgizish

    Ushbu topshiriqdagi jadvalni to’ldirish uchun statistik ma’lumotlarni toping haqqoniyligini tekshiring va jadvalni to’ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting

    Keys. Iste’mol narxlari indeksi.


    AQSh iste’molchilari narx industrial inflyasiyasi ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblanadi va iste’mol mahsulotlari va hizmatlari darajasini o’lchash bilan o’lchanadi. Ko’rsatkichlar har oyda AQSh mehnat Departamenti statistika idorasi tomonidan 1919 yildan beri nashr qilinadi. Indeks keng iste’mol mollari narxining o’zgarishlarini kuzatish asosida, shaxarlarga yaqin joylarda, iste’molchilarning o’rta daromadlariga qarab hisoblanadi. Oyning oxirida chop etilgan yetakchi ko’rsatkichlar AQSh ning keng tarqalgan inflyasiyasini o’lchash usullaridan biri bo’lib hisoblanadi, ammo bunday indeks nafaqat umum narx indeksi sifatida balki xayot darajasini aniqlash usuli bo’lib xizmat qiladi.

    Savollar.


    INI va YaIM deflyatorini solishtiring.
    INI hisoblashdan maqsad nima.

    Keys. YaIM va yashash darajasi.


    Asosiy savolimiz: YaIM axolining turmush darajasini o’lchashning yetarli usulimi? Ko’p hollarda YaIM statistikasiga asosan iqtisodiy holat yaxshilangan ko’rinsada, ko’pchilik aholi hayotida bu narsa sezilmayapti. Bundan tashqari YaIM o’sishiga diqqat qaratish kuchli qarshilikka olib kelmoqda. Siyosiy liderlar iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishni o’zlarining vazifalari deb bilidilar. Shu bilin birgalikda axoli ulardan xavoni ifloslantirishga qarshi kurashishi va shovqini kamaytirishga ,suvning sifatini oshirishni talb qilmoqdalar. Shu bilin birgalikda bu maqsadlarga yo’naltirilgan tadbirlar YaIMning kamayishiga olib kelishi mumkun.

    Savollar.


    Axoli turmush darajasini o’lchashning ko’rsatkichi sifatida YaIM ko’rsatkichlarining nomukammaligi nimada?
    Ba’zi mamlakatlar (masalan Avstraliya,Koreya) o’zining statistikasiga “yashil YaIM” ko’rsatkichini joriy qilishini sababi nimada?


    Download 27.67 Kb.




    Download 27.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15. Qishloq joylarini rivojlantirish va diversifikasiyalashga, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosat

    Download 27.67 Kb.