|
Toshkent axborot texnologiyalar univeristeti biznes rejasi
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 113,88 Kb. | | #238935 |
Bog'liq Biznes reja
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERISTETI
BIZNES REJASI
TOSHKENT 2023
Gazon yetishtirish
G’oya: Asosiy g’oya shundan iboratki, kichik futbol maydonlari hamda xonadonlar va restoran, kafe tashqi qismi uchun gazonlar yetishtirish.
Biznes rejaning dolzarbligi: Bugungi kunda yurtimizda ko’plab foydalanilmayotgan hamda unumsiz yerlar mavjud. Ulardan unumli foydalanishga o’ylaymanki mening loyiham o’z hissasini qo’shadi. Yana futbolga bo’lgan qiziqish tobora ortib borayotganligi hamda futbol maydonlarini kamligini hisobga olsak, gazon yetishtirsh aynan dolzarb masala.
Loyihani amalga oshirishda, albatta, ko’riladigan foyda ko’proq ahamiyat kasb etadi. Lekin asosiy maqsad pul bo’lib qolmasligi uchun ham kamroq harajat qilib, intensivlikka ko’proq ahamiyat berish zarur. Ya’ni kamroq xarajat qilib ko’proq mahsulot ishlab chiqarish zarur. Xarajat qancha kam bo’lsa uning tannarxi va mahsulot narxi ham arzon bo’ladi (bu yerda tadbirkorning insofiga hambog’liq).
Gazon yetishtiradigan tadbirkorlar ham yo’q emas ammo mahsulotning o’zgachaligi hamda uning xaridor jalb qila olishi, reklamasi muhim ro’l o’ynaydi.
Quyida sarmoya kiritish uchun zarur bo’lgan taxminiy sarf-xarajatlar keltirilgan:
Boshlang’ich xarajatlar:
Biznesni ro’yxatdan o’tkazish uchun – 14 $ (dollar);
Joy ijarasi uchun – 500 $;
Uskunalarni xarid qilish uchun – 2000 $;
Reklama xarajatlari uchun – 1000 $;
Xom-ashyo sotib olish uchun – 2000 $;
Jami xarajatlar: taxminan 5514 $
Oylik xarajatlar:
Joy ijarasi uchun – 500 $;
Ishchilar uchun – 1500 $;
Xom-ashyo uchun – 200 $;
Transport xarajatlari – 500 $;
Kutilmagan xarajatlar uchun 700 $;
Jami xarajatlar: taxminan 3400 $
Oylik sof foyda taxminan 1100 $ ni tashkil etsa (oylik xarajatlardan tashqari), 5-6 oyda tikilgan sarmoya butkul qoplanishi mumkin. Lekin sof foyda ham qo’shimcha sarmoya sifatida tikilsa unda foyda yanada ortishi hamda kiritilgan sarmoyaning o’rnini qoplash jarayoni tezlashishi mumkin.
Ishni quyidagicha tashkil etish mumkin:
Mahsulotni tayyorlash va uni sotish uchun qulay hamda mos joy toppish, shuning bilan, ushbu joyni uskunalar va kerakli xom-ashyo bilan ta’minlash kerak;
Kerakli ishchilar guruhi shakllantirilib imkon qadar sifatli ish jarayonini ta’minlash;
Narxlarni o’rganib chiqqan holda mahsulot uchun narx belgilash.
Mahsulotga bo’lgan qiziqishni orttirish uchun reklamalar ustida yanada yaxshiroq ishlash.
Mijozlar ro’yxatini shakllantirish va mahsulotni qulay usulda yetkazib berish.
Kelgusida biznesning hajmini yanada oshirish va shu kabi boshqa biznes rejalar uchun sarmoya zaxirasini shakllantirishdan iborat.
|
| |