• II bob. Korxona faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda strategik rejalashtirishning tahlili.
  • Sh.MIRZIYOYEV Mavzusining dolzarbligi
  • Mundarija : I bob Korxona faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda strategik rejalashtirishning nazariy asoslari




    Download 0,59 Mb.
    bet1/12
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #234849
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Begzod aka tayyor


    Mundarija :
    I bob Korxona faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda strategik rejalashtirishning nazariy asoslari

      1. Korxona faoliyatini tashkil qilishda rejalashtirishning o‘rni

      2. Korxona faoliyatini strategik rejalashtirishning ahamiyati

      3. Korxona faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda strategik rejalashtirishning muhimligi.

    II bob. Korxona faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda strategik rejalashtirishning tahlili.
    2.1. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari
    2.2. Ishsizlikni kamaytirishning asosiy tamoyillari
    III bob Korxona faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda strategik rejalashtirishning yo‘nalishlari
    3.1. Korxona faoliyatini tashkil qilishda rejalashtirishning samarali yo‘nalishlari.
    3.2. Korxona faoliyatini strategik rejalashtirishning muammolari va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari.

    Kirish
    Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur.
    Sh.MIRZIYOYEV
    Mavzusining dolzarbligi. O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2foizni tashkil etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.
    2020 yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha respublikaning 101 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Unda 490 ta fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo‘jaliklari hamda 25,9 ming nafar fuqaro qamrab olindi.
    COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.
    O‘tkazilgan tadqiqot natijalari respublikada ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz tashkil etganligini ko‘rsatdi.
    Bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo‘lgan. Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 944,0 ming kishini tashkil etadi
    (16-30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi20,1 foizayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa – 17,4 foiz).
    Mehnat resurslari soni 19 084,6 ming kishini tashkil etib,
    2019 yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paygan bo‘lsa
    SOVID-19 pandemiyasiyaning iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatiga salbiy ta’siri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kishiga kamayib, 12 736,7 ming kishini tashkil qildi.
    Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 5 581,2 kishini tashkil qilib, o‘tgan yil shu davrga nisbatan
    0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaydi.
    Bunda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan ayrim cheklov chora-tadbirlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming (46,4 foiz)ga kamayib ketganligi hisobiga yuzaga kelgan bo‘lsa, 131,2 ming ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga rasmiy bandlar soni keskin kamayish oldi olindi.
    Tadqiqot natijalariga ko‘ra respublikadan tashqariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketganlar soni 2 040 ming kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning
    1-chorak yakuniga nisbatan esa 232,1 ming kishiga kamaygan.
    Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni (xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) o‘tgan yilga nisbatan 2,1 foizga yoki
    105,3 mingga kamayib, 5 114,6 ming kishini tashkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar
    (108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda ishlovchilar (87,6 ming), ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni kamaydi.
    Shu bilan birga karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortgan.
    Tadbirkorlik sub’ektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda.
    Respublikada iqtisodiy nofaol aholi soni 2019 yil mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tkazilgan tadqiqot davomida tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari karantin chora-tadbirlari davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi.
    2020 yilning yanvar-iyun oylarida, ayniqsa COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming(30 yoshgacha bo‘lganlar 159,9 ming va ayollar
    229,4 ming) ishsiz va band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi.
    Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylaytirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlandi,
    15,0 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.
    Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida,
    15 ming nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a’zo sifatida biriktirilib, band qilindi,
    3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi, 256 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy ko‘mak ajratildi.

    Download 0,59 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija : I bob Korxona faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda strategik rejalashtirishning nazariy asoslari

    Download 0,59 Mb.