Ishsizlikni kamaytirishning asosiy tamoyillari




Download 0,59 Mb.
bet9/12
Sana15.05.2024
Hajmi0,59 Mb.
#234849
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Begzod aka tayyor

Ishsizlikni kamaytirishning asosiy tamoyillari

Ishlab chiqarishning mehnat kabi resursidan to‘liq va oqilona foydalanish va shu munosabat bilan ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ishsizlikni kamaytirish borasida qizg‘in faoliyat olib borish davlatning nihoyat darajada muhim vazifalaridir. Ushbu muammoni hal etishda ikki asosiy bosh yo‘nalishga ajratish mumkin.
Birinchisini sub’ektiv yo‘nalish deb nomlash mumkin. U insonni mehnat faoliyatiga shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo‘ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-sharoitlari, texnik baza o‘zgarishlari munosabati bilan muvaffaqiyatli ravishda mehnat faoliyat olib borish uchun yetarli darajada tez qayta tayyorgarlikdan o‘tib, yangi bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar orttira oladi.
Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida insonning ishga joylashuvi uning shaxsiy ishiga aylanib qoldi. Endi davlat unga shunday masalalarni o‘zi hal etishida yordam beradi, xolos. Buning ustiga, ishga joylashuv ishsizlik mavjudligi sharoitida ro‘y beradi, bu esa ishsizlik muammosini hal qilishni anchagina qiyinlashtiradi. Bularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari uchun yangidir. Ushbu sharoitda ular yaxshi tayyorlangan bo‘lishlari, mehnat bozorida o‘zlarini qanday tutishni, o‘zlarining qanday huquqlari, yangi sharoitlarda qanday vazifalari borligini, ishsiz qolgan kishi o‘zini qanday tutishi lozimligini, ishga qay yo‘sinda yollanish, qay tarzda ish izlash kerakligi va hokazolarni bilishlari zarur bo‘lib qolmoqda. Aholiga shu tarzda ta’lim berish Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazining bosh vazifasi bo‘lib qolishi kerak. Bu hozirgi paytda milliy iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lganlarning taxminan 2/3 qismi xodimlar sifatida qayta qurish davridan oldingi paytlarda shakllanganligi bilan ahamiyatlidir.
Davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi faoliyati aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasidagi muhim yo‘nalishdir. Davlat iste’mol va investitsiya tusidagi tovar va xizmatlarga bo‘ladigan talabni rag‘batlantirib, shu asosda mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratib borishi, iqtisodiyotning xususiy tarmog‘ini va ushbu tarmog‘da yangi sh o‘rinlari ochilishini rag‘batlantirishi lozim. Lekin davlat faoliyatining shu jihatini takomillashtirish talab etiladi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida, umuman, aholini ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosati dunyodagi ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangandir. Ammo, bu tajribalarning ko‘pchiligi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tub mohiyatiga tatbiqan yetarlicha to‘g‘ri kelavermaydi.
Biz umumlashtirgan va 9.7-chizmada keltirilgan aholini ish bilan bandlik siyosatining asosiy yo‘nalishlari ish bilan bandlik siyosati evolyutsiyasining faqat tarkibiy emas, balki tarixiy-mantiqiy tasvirini ham beradi. Aslini olganda, aholini ish bilan bandligining faol siyosatidan oldin yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ishsizlarni hisobga olish, ro‘yxatga olish, ishsizlarni samarali qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni ijtimoiy himoyalash uslublari (passiv siyosat) amalga oshirilishi mamlakatda zarur edi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, hukumat ishsizlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlagandan keyingina, boshqa ishlarga kiritishi – dastlab ish bilan bandlikni barqarorlashtirish (saqlash)ga, so‘ngra uning o‘sishini rag‘batlantirishga kirishishi mumkin. Bunda ish bilan bandlikning o‘sishini rag‘batlantirish uch yo‘nalishda amalga oshiriladi:
• tadbirkorlar bilan ishlash, masalan, yangi ish joylari yaratilganda soliq imtiyozlarini berish, ishsizlarning ish izlashlarini faollashtirish;
• ishchi kuchi taklifini rag‘batlantirish;
• yollanma ishchilar sinfini mehnat bozoridan chiqarish, xususiy tadbirkorlik bilan o‘z-o‘zini ish bilan band qilishni rag‘batlantirish (kasanachilik, uy sharoitida ochilgan mayda sexlar va boshqa).
O‘zbekistonda ishsizlikning keskin ko‘payishi ish bilan band¬lik siyosatining me’yoriy evolyutsiyasi yo‘lidan izchil borishga vaqt qoldirmaydi. Shuning uchun ish bilan bandlikni ta’minlashning xilma-xil dasturlari mo‘ljallanganlarni davlatning haqiqiy moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab muvofiqlashtirib olmay, ish bilan bandlik ishining barcha yo‘nalishlarini bir yo‘lga qamrab olishga urinilmoqda. Bu yerda eng avvalo, aholini ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishga yo‘llaniladigan moliyaviy mablag‘larni muvofiq tarzda taqsimlab, mehnat bozorini tartibga solishning umumdavlat va mintaqaviy sohalarini belgilab olish kerak. Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish asosida ajratilgan mablag‘larning har bir so‘mini ish bilan bandlikning o‘sishi ko‘rinishidagi samara bilan qaytishi uni qayerga yo‘llash kerakligini aniqlash kerak bo‘ladi.
Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasini oshirish, munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash hamda kadrlar tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalardagi bir qator ijobiy o‘zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo‘lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o‘z qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vazifasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mehnat bozoridagi vaziyatni xolisona baholash, mehnatga layoqatli aholi sonini xalqaro standartlarga muvofiq aniqlash hamda mehnat resurslari balansini ishlab chiqish tartibini shakllantirishda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari hamda Mehnat vazirligining ish bilan ta'minlash masalalarini o‘rganish natijalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Mehnat resurslari balansi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda respublikaning jami mehnat resurslari 18,3 mln kishini tashkil etib, shundan 99,4 foizi mehnatga layoqatli aholini, qolgan qismi esa ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 75,3 foiz qismi yoki 13,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi toifasiga, shundan 13,1 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 94,8 foizni tashkil et¬moqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,5 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular ja¬mi mehnat resurslarining 24,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, 2019 yil yakuniga ko‘ra aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 94,8 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 71,4 foizni tashkil etdi.

Mamlakatda kichik biznes rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samarali ishlayotganligi tufayli, aholining ishbilarmonlik qobi-liyati kengayishi, yoshlarda tadbirkorlik tashabbusi ortishi kuzatilmoqda. Bu jihatlar o‘z navbatida, istiqbolli taklif va tashabbuslarni o‘z vaqtida rag‘batlantirishga katta yo‘l ochib bermoqda. Natijada, ish bilan band aholining aksariyat qismi aynan kichik biznes sohasida mehnat qilmoqda, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa ortmoqda. KBXT rivojiga keng yo‘l ochib berilganligi aholi bandligining oshishi va daromadlari o‘sishida muhim omil bo‘lish bilan birga, iqtisodiyotni izchil rivojlantiruvchi, jamiyat barqarorligini ta'minlovchi kafolat vositalaridan biriga aylandi.
Bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, iqtisodiyot rivojlanishiga, aholining hayot darajasi va sifati izchil o‘sishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Daromadlar ortib borishi esa, o‘z navbatida, oilalarning moddiy ahvolini sifat jihatdan o‘zgartiryapti. Bu eng muhim, ta'bir joiz bo‘lsa, ustuvor ahamiyatga ega. Bunda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish imkonini bermoqda.
Qayd etish kerakki, Asaka tumanida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, chuqur qayta ishlangan mahsulot hajmini ko‘paytirish, qishloqqa sanoatni olib kirishni samarali tashkil etish hududlarda ishlab chiqarish kuchlarini mutanosib ravishda joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. 2024- yilda aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida tarmoqlar tuzilmasida quyidagi manzara hosil bo‘ldi:
• sanoatda 1668,3 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 12,8 foiz;
• qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ulushi 27,7 foiz;
• qurilishda 1248,5 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 9,6 foiz;
• transport va aloqada 710,7 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 5,4 foiz;
• savdo va umumiy ovqatlanishda 1481 ming kishi;
• ijtimoiy sohalarda 3053 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 23,4 foiz;
KBXTning jami bandlikdagi ulushi 78 foizni tashkil etdi.
Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni, ish bilan band bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.
Iqtisodiy faol aholi bandligini hududlar bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qiladigan bo‘lsak, bunda o‘ziga xos jihatlarni kuzatish mumkin.
Birinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (65 %), Jizzax (63,4 %), Namangan (67,5 %), Qashqadaryo (70,1 %) va Surxondaryo (71,4 %) viloyatlarida mehnat resurslarining, ya'ni aholining iqtisodiy faollik darajasi pastligi kuzatiladi. Shuning hisobiga mazkur mintaqalarda band aholining jami mehnat resurslaridagi ulushi respublika ko‘rsatkichiga nisbatan ancha past ko‘rinishga ega. Ushbu holatlar mazkur hududlardagi demografik jarayonning murakkabligi bilan bog‘liq.

Ikkinchidan, hududlar bo‘yicha aholi va mehnat resurslarining notekis taqsimlanganligi sababli ish bilan band bo‘lganlar soniga ko‘ra viloyatlar o‘zaro farqlanadi. Jumladan, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, respublika bo‘yicha jami ish bilan band aholining ulushi yuqori bo‘lgan hududlarni Samarqand (11,1 %), Farg‘ona (10,9 %), Qashqadaryo (9,4 %), Andijon (9,3 %), Toshkent (8,8 %) va Namangan (8,3 %) viloyatlari hamda Toshkent shahri (8,4 %)ni tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo (2,7 %), Navoiy (3,2 %), Jizzax (3,4 %) va Xorazm (5,3 %)ga teng ekanligini ko‘rish mumkin.
Uchinchidan, ishlab chiqarish kuchlari notekis joylashganligi sababli hududiy tarmoqlarda bandlik turlicha ko‘rinishga ega bo‘lib, Toshkent shahri va Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand hamda Buxoro viloyatlarida aholining sanoat, qurilish, transport sohalarida bandligi nisbatan yuqori. Qishloq xo‘jaligi sohasida esa Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yuqori deyish mumkin.
Qayd etilgan mulohazalar mamlakatimizda iqtisodiy faol aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish lozimligini ko‘rsatadi. Buning uchun esa, «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish metodikasi»ni yanada takomillashtirgan holda «Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va istiqbol balansini ishlab chiqish metodikasi»ni ishlab chiqish hamda respublika hududlarida uni amaliyotda qo‘llanilishini joriy etish lozim.


Download 0,59 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishsizlikni kamaytirishning asosiy tamoyillari

Download 0,59 Mb.