|
Korxona faoliyatini strategik rejalashtirishning muammolari va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari
|
bet | 11/12 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #234849 |
Bog'liq Begzod aka tayyor3.2. Korxona faoliyatini strategik rejalashtirishning muammolari va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari
Hozirgi vaqtda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu ularning vakolatini kengayishi hamda o‘zlarining iqtisodiy ahvoli uchun javobgarliklari darajasining oshganligi bilan bog‘liqdir. Zamonaviy boshqarishning sifati korxonalar samaradorligini belgilab beradi. Shu bois korxonalarga eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri sanaladi.
Hozirgi vaqtda korxonalarning ko‘pchiligi o‘z taraqqiyotining konsepsiyasini, strategiyasini hamda dasturini ishlab chiqishi zarur. Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga bog‘liq bo‘ladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi bo‘lmasa u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan bo‘lsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va mustahkam o‘rin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo ko‘pgina strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning o‘zgaruvchan shart-sharoitlariga moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari ham o‘z yechimini topmaganligini ko‘rsatadiki, bunday hol, birinchi navbatda, korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq.2
Strategik boshqaruv tizimida korxonaning kelajak faoliyatining retrospektiv ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ekstropflyasiya usulini qo‘llash asosida belgilanishi nazarda tutiladi. Ekstrapolyasiya - bu o‘tgan zamonda o‘rnatilgan tendensiyalarni kelgusi davr uchun ham joriy etilishidir. Boshqacha aytganda, prognoz ishlab chiqishda, kelgusida korxona faoliyatining shart-sharoitlari yomonlashmaydi, demak, o‘tgan davrlarga nisbatan korxona faoliyatining yakuni yaxshi bo‘lishligidan kelib chiqiladi. Korxona taraqqiyotini oshiruvchi tendensiya (trend)ning namoyon bo‘lishi shundan iboratdir. Korxonaning kelajakdagi barqarorligini baholash uchun rivojlanish tendensiyasini (trendini) ifodalovchi kompleks integral ko‘rsatkich ishlatiladi; chuqurroq tahlil qilish va zaxiralarni aniqlash uchun ko‘rsatkichlarning kengaytirilgan tizimidan foydalaniladi. Shunday qilib, korxonaning kelajakdagi barqarorligini baholash - korxona faoliyatining turli tomonlarini baholashni nazarda tutadi, buning ustiga, bunday baholash dinamiklikda va makonda amalga oshiriladi.
2021-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham«tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish»kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarning samarali ijrosi ishlab chiqarish korxonalari innovasion faoliyatini zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirishni taqazo etadi.
Tashkiliy tuzilmani strategiyaning aniq talablariga moslashuvi zaruriyatini o‘tkazilgan tadqiqotlar tasdiqladi. Alfred Chendlerning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, tashkilotning strategiyasidagi o‘zgarishlar yangi muammolarni samarali hal etadigan tuzilmaning yangi o‘zgarishlarini taqozo etadi. Yetmishdan ortiq kompaniyalarni tahlil etgan A.Chendler shuni e'tirof etadiki, tuzilma strategiya orqasidan nafaqat samarasizlik va operatsiya muammolari tuzilma moslashuvini talab etadigan davrgacha ergashadi, balki u kompaniyalarda davom etadigan muayyan jarayonlar ya'ni: yangi strategiyani yaratish, yangi ma'muriy muammolarni paydo bo‘lishi, samaradorlikni va foydani kamayishi, mos keladigan tuzilmaga o‘tish va so‘ngra foydani hamda samaradorlikni oshirishga harakat qilishda ham o‘z aksini topadi. Strategiyani o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan har qanday vaziyatda menejerlar tuzilmani qayta tahlil etishlari lozim. Yangi strategiya boshqa ko‘nikmalarni va tayanch ishlarni talab qilishi mumkin: agar tuzilma va strategiya muvofiqligini e'tiborga olmasak, bu strategiyani tadbiq etishda va uni natijalarida muammolarni keltirib chiqaradi.3
Tuzilmani strategiyaga mosligiga asosiy e'tibor qaratilishi ta'kidlansa ham, strategiyani shakllanishiga tuzilmani ta'sirini ham e'tirof etish lozim. Yaxshi strategiya tashkilot imkoniyati chegarasida bo‘ladi. Tashkilot strategiyasi uning tuzilmasiga haddan tashqari mos kelmasa, tashkilotda jiddiy qayta tashkil etish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi yoki strategiyadan voz kechiladi. Bunday vaziyatlarda strategiyani tuzilma belgilaydi. Agar tashkiliy vaziyatga mos keladigan yakuniy strategiya tanlangan bo‘lsa, unda tuzilmani strategiyaga moslashtirish talab etiladi.
Birlik biznes bilan shug‘ullanadigan korxonalar rivojlanib, murakkablashib vertikal integratsiyalashgan korxonalarga aylanib borgan sari, ularning tashkiliy tuzilmasi o‘zgaradi. Tashkiliy tuzilma funksional bo‘limlar, bo‘linmalar va markazlashmagan xo‘jalik birliklari hisobiga kengayadi. Bitta korxonaga ega kompaniyalar odatda funksional bo‘limlar atrofida tashkil etiladi. Vertikal integratsiyalashgan korxonalarda tovar qiymatini yaratish (xom-ashyo ta'minoti buyumlarini va detallarini ishlab chiqarish va ularni yig‘ish, ulgurji savdo, chakana savdo operatsiyalari) ketma – ketligida bir yoki bir necha asosiy ishlarni bajaradigan bo‘linmalar asosiy tashkiliy element bo‘lib xizmat qiladi. Tovar qiymatini yaratish ketma-ketligida har bir bo‘linma faoliyat natijalarini qayd etish uchun foyda markazi sifatida shakllanishi mumkin. Keng geografik qamrovga ega kompaniyalar hududiy xo‘jalik birliklarini har qaysisining faoliyat natijalarini, iqtisodiy ko‘rsatkichlarini alohida tasniflaydilar. Diversifikasiyalashgan kompaniyaning tipik tashkiliy elementlari sifatida ularning alohida korxonalari qaraladi. Har bir xo‘jalik birligi mustaqil foyda markazi sifatida harakat qiladi. Ularning bosh tashkiloti esa turli qo‘llabquvvatlovchi va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarni bajaradi.4 Diversifikasiya funksional menejerlar ishini juda murakkablashtirganligi sababli biznesni yoki tovarni mustaqil bo‘linmalarga ajratish zarurati yuzaga keldi. Ko‘z oldingizga 20ta texnologiyadan foydalanib, 5ta tarmoqda 30 xil tovar ishlab chiqaruvchi 50ta turli xil korxonalar bilan bog‘liq ishlab chiqarish va xodimlarni boshqaruvchining muammolarini keltirib ko‘ring. Diversifikasiyalangan kompaniyalarda struktura yaratilishining asosi biznes birligi hisoblanadi: har bir xo‘jalik bo‘linmasi alohida foyda markazi sifatida harakat qiladi. Strategik biznes-guruhlar (boshqaruvning strategik biznes-guruhlar bo‘yicha tashkil etish tuzilmasi). Diversifikasiyalangan kompaniyalarda markazlashmagan biznes birliklari soni shunchalik katta bo‘lishi mumkinki, bitta ijrochi direktor uchun nazorat sohasi kattalik qiladi. Bu holda turdosh korxonalarni biznes-guruhlarga birlashtirish va ularni boshqarish funksiyasini bitta shaxsga topshirish foyda keltirishi mumkin. Bunday yondashuv ishlab chiqarishni boshqaruvchilar va ijrochi direktor orasida oraliq boshqaruv bo‘g‘inining paydo bo‘lishiga olib kelsada, shunga qaramay, oliy rahbariyat miqyosida kompaniyaning turli xil manfaatlarini muvofiqlashtirish strategik rejalashtirishni yaxshilashi mumkin. Buni ko‘p profilli kompaniyalar o‘rtasida vitse-prezidentlar guruhi kontseptsiyasining ommaviyligi va strategik biznes-guruhlarning (SBG) yaratilishi asoslab berishi mumkin. SBG- bu biznes sub'ektlarining barcha guruh a'zolari uchun ba'zi bir muhim strategik elementlarning bir xilligiga asoslangan birlashuvidir. Strategik biznesguruhlar (SBG)-bu o‘zaro bog‘liq (turdosh) faoliyat sohalarini bitta rahbar qo‘l ostida birlashtirishdir. SBG-tuzilmalar keng diversifikasiyalangan kompaniyalarni boshqarish va alohida faoliyat sohalari o‘rtasidagi strategik muvofiqlashtirishni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Tashkiliy tuzilmalarning matrisali shakli ikki (yoki undan ortiq) hukumat idoralari, byudjetni boshqarishning ikkita kanali, mukofotlash va faoliyatni ta'minlashning ikkita manbasini nazarda tutadi. Matrisali tuzilmaning o‘ziga xos jihati biznesni (tovarni, loyihani, venchur korxonasini) va funksiya yoki jarayonlarni boshqarishning o‘zaro kesishuvi (va bunda matritsani yaratishi), matritsaning har bir elementida qaror qabul qilish uchun javobgarlik biznes (tovar, loyiha, venchur korxonasi) menejerlari va funksional bo‘limlar menejerlari o‘rtasida taqsimlanishida namoyon bo‘ladi. Matrisali tuzilmalar boshqaruv uchun juda murakkab bo‘lsada, korxonaga bir vaqtning o‘zida bir-birini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita strategiyadan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.5
Korxonaning tizimli rivojlanishi markazlashtirishdan nomarkazlashtirishgacha bo‘lgan bosqichlarni birin-ketinlik bilan bosib o‘tish orqali amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, korxonaning har bir elementi rejalashtirilganlik, tashkillashtiril- ganlik xususiyatiga ega bo‘lib boradi. Mohiyatiga ko‘ra, korxona tomonidan boshqarishning nomarkazlashtirilgan sxemasiga o‘tish ob'ektga,uni boshqa holatga o‘tkazish uchun maqsadga yo‘naltirilgan tashqi ta'sir sifatidagi boshqaruv paradigmasining o‘zini ham o‘zgartiradi. Noma'lum bo‘lgan tashqi muhit sharoitida korxona elementlarini mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish darajasigacha rivojlantirish – korxonaning raqobatbardoshligini ta'minlashning zaruratidir. Boshqa tomondan, korxona tashqi muhitdagi yaxlitlik sifatida, maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanish sifatida muayyan belgilarga ega bo‘lishi kerak. Ularning asosiysi – boshqariluvchanlikdir. Shu munosabat bilan bunga o‘xshash nomarkazlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan korxonani boshqarish, an'anaviy shakldan farq qiluvchi boshqa shaklga ega bo‘lib boradi.
Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi, shakllantirilayotgan xususiyatlarning quyidagicha ketma-ketligida amalga oshirilishi mumkin: egiluvchanlik–moslashuvchanlik–raqobatbardoshlik. Korxonalarni faoliyatiga innovasion texnologiyalarni tatbiq qilish, strategik boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, korxonalar innovasion faoliyatining strategic boshqaruvini joriy qilish uchun eng avvalo boshqaruvdagi kadrlar bilim ko‘nikma malakalarini oshirish, markazlashuv darajasini kamaytirish va bosqichlar orasidagi ma'lumot almashish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, boshqaruvdagi xodimlarni innovasiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish, har bir boshqaruvchini o‘ziga yuklatilgan vazifalarni aniq va to‘liq tushunishi hamda ularni o‘z vaqtida bajarishini ta'minlash, norasmiy muloqotlar darajasini kamaytirish xizmat qiladi.6
Hozirgi kunda har bir sohani togʻri boshqarishda strategik menejmentning ahamiyati katta. Uning asosiy vazifalaridan biri korxonani rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishdir. Korxonada byudjet tizimini ishlab chiqish uchun kompaniya ichidagi rejalarni ya’ni strategik reja, oʻrta muddatli va taktik rejalarni amalga oshirishi kerak. Hozirda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning dolzarbligi ortib bormoqda. Albatta, bu jarayon ularning vakolatini kengayishi hamda korxonaning iqtisodiy ahvoli uchun javobgarlikning oshganligi bilan bogʻliqdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi davlat tomonidan dolzarb masalalardan etib belgilangan.
Strategiya ilgʻor xorijiy tajribani, shu jumladan, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv boʻyicha tamoyillarini hisobga olgan holda, davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini boshqarish va isloh qilishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Zamonaviy boshqarishning sifati korxonalar samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu sababdan korxonalarga eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri sanaladi. Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga bogʻliq boʻladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi boʻlmasa u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan boʻlsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va mustahkam oʻrin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo koʻpgina strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning oʻzgaruvchan shart-sharoitlariga moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari ham oʻz yеchimini topmaganligini koʻrsatadi, bunday hol, birinchi navbatda, korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq.
Korxonalarning strategik boshqaruvini rivojlantirish boʻyicha juda koʻplab xorijiy hamda mahalliy olimlar oʻz ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Jumladan, xorij olimlaridan R.S.Kaplan, D.P.Norton asarlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari keng koʻrib chqilgan. Ushbu olimlarning asosiy qarashlari strategik boshqaruv tizimini korxona va tashkilot uchun asosiy xususiyatlarini, uning samaradorlik koʻrsatkichini baholashga qaratilgan. I.Ansoffning qarashlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning istiqbollarini oʻrganish va ularga ta’sir qiluvchi omillarni baholash muhim oʻrin tutadi. Uning e’tiborida korxona doim risk bilan ishlashi, uning uzoq muddatli faoliyati uchun prognozlar tuzish, ekstropflyatsiya usulini qoʻllash zarur. M.Porter qarashlarida kompaniyalarning rivojlanishida innovatsiyalarning oʻrni, ularni qoʻllash xususiyatlari, kompaniyaning barqaror rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni doimiy ravishda joriy etish hamda kompaniyalarning raqobat ustunligiga erishishlarida innovatsiyaning ta’sir masalalari tadqiq etilgan. Mahalliy olimlardan, R.S.Muratov, I.A.Djalolova, S.Sh.Oripov qarashlarida esa korxona alohida obyekt sifatida qaralib, uning mazmun va mohiyati, unga qoʻyiladigan talablar, koʻrsatkichlar tizimi, moliyaviy barqarorligi va boshqaruvi masalalari atroflicha yoritib berilgan . Korxonalar boshqaruvi va ularga qoʻyiladigan talablar, tamoyillar, boshqaruv shakllari baholab berilgan.
I.O.Ulashev, Sh.A.Atamuradovlarning ilmiy qarashlarida korxonalar faoliyatini boshqarish mexanizmi muammolari, ularni yеchish boʻyicha takliflar, boshqaruv usullari, boshqaruvda optimal variantni tanlash, boshqaruv samaradorligini baholash kabi masalalar yoritib berilgan. G.Sh.Xonkeldiyeva ilmiy izlanishlarida korporatsiyalarni boshqarish, tashkiliy– iqtisodiy koʻrsatkichlarini baholash, ragʻbatlantirish va samaradorligini oshirish yoʻnalishlari yoritilgan.
Xalqaro tajribalar dan kelib chiqib, korporativ boshqaruvni zamonaviy usullaridan foydalanish yoʻllari, milliy tuzilmalarni shakllantirish, iqtisodiy koʻrsatkichlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. R.R.Abduraupov qarashlarida Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilgan. Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va olib borilgan ilmiy-nazariy izlanishlarga qaramasdan, aynan bugungi globallashuv va demokratik bozor islohotlari sharoitida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashga qaratilgan masalalar tizimli holda yoritib berilmaganligi korxonalarda strategik boshqaruv tizimidagi muammolarni tadqiq etish zaruriyatini yaratadi.
Korxonalardagi strategik boshqaruv tizimini koʻrib chiqishimiz uchun avvalambor biz strategik reja haqida tushunchaga ega boʻlishimiz kerak. Strategik reja, bu tashkilotning maqsadli xulq-atvori konseptsiyasini amalga oshirish, shuningdek, uning strategik majmuasini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Strategik reja murakkab ichki tuzilishga ega boʻlib, korxona faoliyatining koʻp maqsadli xususiyatini aks ettiradi va reja va dasturlar tizimini shakllantirishni taqozo etadi. Oʻz tarkibida strategik reja rasmiylashtirilgan rejalashtirish hujjati boʻlib, u alohida rejalashtirish vazifalarida koʻrsatilgan korxonaning strategik majmuasini ifodalaydi. Strategik rejaning zarur tarkibiy qismlari yordamchi rejalar, dasturlar, smetalar, byudjetlardir. Strategik rejalar va dasturlarni amalga oshirish vositalari joriy va operatsion rejalardir. Oʻrta muddatli rejalashtirish tizimi strategik maqsadlarga erishish ketma-ketligini (strategik rejalarni amalga oshirish bosqichlari), bozor konyunkturasining rivojlanish istiqbollarini, iste’mol talabining prognoz qilinayotgan dinamikasini va mavjud resurs salohiyatini hisobga olgan holda belgilashni ta’minlaydi.
Strategiyaning maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish tizimini isloh qilish, raqobatbardosh bozor sharoitida ularning faoliyatini takomillashtirish va tijoratlashtirish hamda davlat tomonidan har bir korxonaga qoʻyilgan maqsad va vazifalarni bajarishda ularning samaradorligini oshirishdan iborat. Maqsadga erishish uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- iqtisodiy oʻsish uchun barqaror shart-sharoitlarni ta’minlash manfaatlarini koʻzlagan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibi va tuzilmasini optimallashtirish;
- korxonalarning (ulardagi ulushlarning) davlat mulkida boʻlishi yoki saqlanishining mezonlarini (asoslarini) belgilash;
- davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan maqsadlarni belgilash boʻyicha talablarni oʻrnatish;
- davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, shu jumladan, boshqaruvning uzoq va qisqa muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilash hisobidan ularning raqobatbardoshligi hamda investitsion jozibadorligini, korporativ boshqaruv darajasi va axborot shaffofligini oshirish.
Strategiya aniqlik, shaffoflik, manfaatlar muvozanatini ta’minlash, nazoratning uzluksizligi va loyihaviy yondashuv tamoyillariga asoslanadi. Aniqlik tamoyili har bir davlat ishtirokidagi korxonaga nisbatan maqsadni shakllantirish va belgilashni, unga erishish usullarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibini, hisobotni va boshqa boshqaruv mexanizmlarini tavsiflaydi. Shaffoflik tamoyili davlat ishtirokidagi korxonalar va ularda davlat nomidan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyasini amalga oshirayotgan davlat organlari haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi, mavjudligi va oshkoraligini, korxonalar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash va hisobini yuritishni, shu jumladan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini amalga oshirish orqali ta’minlaydi. Korxonaning faoliyati maqsadlarini roʻyobga chiqarishga oʻz mahsuloti, ishlari va xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yoʻli bilan erishiladi. Korxona toʻgʻrisida tushuncha hosil qilish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, huquqiy shaxs huquqiga ega boʻlgan, mulkchilik huquqi yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat koʻrsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq oʻz faoliyatini roʻyobga chiqaradigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona oʻzining faoliyati davomida davlat, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarda boʻladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida oʻzining katta hissasini qoʻshadi. Hozirgi paytda korxonani rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni uzluksiz ravishda joriy etilishi bilangina erishish mumkin. M.Porter kompaniyalarning raqobatli ustunlikka erishishlarida innovatsiyaning rolini quyidagicha aniqlagan: “....kompaniya raqobatdagi ustunlikni innovatsiyalar vositasida qoʻlga kiritadi. Ular yangi kiritilgan tartib-qoidalarga ham yangi texnologiyalardan, ham yangi ish usullaridan keng ma’noda foydalangan holda yondashadilar. Kompaniya yangiliklar tufayli raqobatdagi ustunliklarga erishganidan keyin, bu ustunliklarni faqat muntazam ravishda yaxshilashlar yordamida qoʻlda tutib turishi mumkin. Raqobatchilar innovatsiyalarni takomillashtirish va joriy etishdan toʻxtagan har qanday kompaniyani darhol va albatta chetlab oʻtib ketadilar”.
Korxonaning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchilar uchun raqobatchilarning tovarlariga nisbatan koʻproq oʻziga tortuvchan boʻlgan tovarlar ishlab chiqarish va sotish tushuniladi. Raqobat muhitini uzluksiz nazorat qilib turish –ishlab chiqarishni ehtiyojlarni eng samarali usulda qondirish uchun moʻljallangan zarur shartidir. Raqobat muhitining holati haqidagi xulosalar, korxonaning innovatsion siyosatini ishlab chiqish uchun asos boʻladi. Mohiyatan, raqobatchilar ustidan erishilgan ustunlik innovatsiyalar hisobidan boʻladi va shuning uchun, korxona faoliyatidagi raqobatchilar ustidan erishiladigan har qanday ustunlikni ta’minlovchi yangi elementlarni joriy etishga boʻlgan layoqat, shu korxona raqobatbardoshligining zarur tashkil etuvchisidir. Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati qancha yuqori boʻlsa, mahsulot ishlab chiqarishga va uning sifatiga qilinadigan xarajatlar ulushining darajasi shuncha past boʻladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, raqobatchilar tovarlarining sifatidan yuqori turuvchi sifati, innovatsion salohiyatning moddiy ifodalovchisidir. Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining innovatsion turiga oʻtish zarurati tufayli yuzaga kelgan obyektiv sabablar, butun innovatsion-investitsion jarayonda ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy omillarning samarali ravishda oʻzaro hamkorlikda ishlash muammolarini kompleks hal etilishini talab qiladi. Fikrimizcha, texnologik va iqtisodiy salohiyatlarni oqilona uygʻunlashtirish innovatsion-investitsion jarayonni boshqarishning markaziy masalasini tashkil etadi.
1-jadvalda korxonaning barqarorligiga ta’sir koʻrsatuvchi omillarga baho berilgan. Unda korxonalardagi asosiy innovatsion yoʻnalishlar hamda innovatsiyalarni joriy qilishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, shu bilan birga innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda qoʻllab-quvvatlashni ta’minlovchi omillar tahlil etilgan.
1-rasm. Korxonalar rivojlanishining SWOT tahlili7
Omillarning koʻpligi, ularni muayyan belgilar boʻyicha tasniflanishini amalga oshirishga imkon beradi. Korxonaning tashqi omillariga quyidagilar kiradi: iqtisodiyot sohasida davlatning inqirozga qarshi qaratilgan siyosati; mamlakatdagi demografik vaziyat; siyosiy barqarorlik; fan va texnikaning taraqqiyoti; transport infratuzilmasini rivojlanganligi. Ichki omillar korxonaning ichki muhitida, uning kichik tizimlarida (xodimlar, ishlab chiqarish, marketing, sotish, moliya, tashkiliy tuzilma) shakllanadi. Ichki omillarni boshqarish korxonaga barqarorlikni mustahkamlashning rezervlarini aniqlash va tashqi omillar oʻzgargan taqdirda, ishlab chiqarishni tezkor ravishda boshqarish imkonini beradi.
Korxonaning tizimli rivojlanishi markazlashtirishdan nomarkazlashtirish-gacha boʻlgan bosqichlarni birin-ketinlik bilan bosib oʻtish orqali amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, korxonaning har bir elementi rejalashtirilganlik, tashkillashtirilganlik xususiyatiga ega boʻlib boradi. Mohiyatiga koʻra, korxona tomonidan boshqarishning nomarkazlashtirilgan sxemasiga oʻtish obyektga, uni boshqa holatga oʻtkazish uchun maqsadga yoʻnaltirilgan tashqi ta’sir sifatidagi boshqaruv tizimini ham oʻzgartiradi. Noma’lum boʻlgan tashqi muhit sharoitida korxona elementlarini mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish darajasigacha rivojlantirish – korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlashning zaruratidir. Boshqa tomondan, korxona tashqi muhitdagi yaxlitlik sifatida, maqsadga yoʻnaltirilgan rivojlanish sifatida muayyan belgilarga ega boʻlishi kerak. Ularning asosiysi – boshqariluvchanlikdir. Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi, shakllantirilayotgan xususiyatlarning quyidagicha ketma-ketligida amalga oshirilishi mumkin:
2-rasm. Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi8
Korxonalarni faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish, strategik boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorlik koʻrsatkichlari hamda ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi. Tahlil natijalariga koʻra, korxonalar innovatsion faoliyatining strategik boshqaruvini joriy qilish uchun eng avvalo boshqaruvdagi kadrlar bilim koʻnikma malakalarini oshirish, markazlashuv darajasini kamaytirish va bosqichlar orasidagi ma’lumot almashish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, boshqaruvdagi xodimlarni innovatsiyaga boʻlgan qiziqishini oshirish, ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish, har bir boshqaruvchini oʻziga yuklatilgan vazifalarni aniq va toʻliq tushunishi hamda ularni oʻz vaqtida bajarishini ta’minlash, norasmiy muloqotlar darajasini kamaytirish xizmat qiladi. Insonning ilmiy-texnik faoliyati natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki ilgari mavjud boʻlgan turlarini takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayon innovatsion faoliyat hisoblanadi. Innovatsiyani joriy etish natijalari kompaniyalarga raqobatda muhim ustunlikka ega boʻlish imkonini beradiki, bu, korxona uchun muhim ragʻbatlantiruvchi omil boʻladi. Jahon tajribasi koʻrsatishicha, korxonalar ilm fandagi ilgʻor resurs tejamkor ishlanmalarni joriy qilishidan manfaatdor ekanligini, ikkinchidan bu global tadbir natijasida respublikamiz korxonalari salohiyatini yanada rivojlantirish orqali uning investitsion jozibadorligini oshirish, uchinchidan, korxonalarda chuqur diversifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali barqaror va sifatli tovar mahsuloti ishlab chiqarish hamda samaradorlikni tubdan oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
3-rasm. Korxonalar rivojlanishining SWOT tahlili9
Respublikamiz korxonalarini barqaror rivojlanishi va boshqarishni oʻziga xos jihatlari amaliyotda keng foydalanib kelinayotgan SWOT-tahlil asosida baholanadi.
SWOT-tahlil strategik rejalashtirish usuli hisoblanib, tashkilotning ichki va tashqi muhitlardagi mavjud omillarini aniqlashga yoʻnaltirilgan. Ular toʻrtta kategoriyaga ajratiladi, ya’ni Strengths (kuchli tomonlari), Weaknesses (boʻsh tomonlari), Opportunities (imkoniyatlari) va Threats (xavf-xatarlari). Keltirilgan jadvaldan koʻrinib turibdiki, korxonalar faoliyatini boshqarishda kuchli tomonlar bilan bir qatorda, zaif tomonlari ham mavjud ekan. Shuning uchun boshqaruv va xoʻjalik sub’ektlari rahbarlari boʻsh tomonlarga alohida jiddiy e’tibor berishlari kerak, aks holda kutilgan iqtisodiy samaradorlikka erishib boʻlmaydi. Oxiroqibatda korxona faoliyati iqtisodiy rivojlanishning omili emas, balki uning teskarisiga aylanishi mumkin.
Xulosa
Moliyaviy rejalashtirishning maqsadi korxonani sanoat, investitsiya va moliyaviy faoliyatning zarur moliyaviy resurslari bilan ta'minlashdir. Shu munosabat bilan kapitalning samarali investitsiyalari usullarini aniqlash, undan oqilona foydalanish darajasini aniqlash, daromadlardan oqilona foydalanish darajasi va byudjet bilan oqilona moliyaviy aloqalarni o'rnatish orqali tomirdan oqilona foydalanishni aniqlash va Banklar va kontragentlar. Shuningdek, aktsiyadorlar va boshqa investorlarning manfaatlarini kuzatish muhimdir. Va barcha moliyaviy rejalashtirish ishlari natijasida boshqarish funktsiyasi Korxonaning moliyaviy ahvoliga ko'ra, uni to'lash va kreditga ishonchlilik.
Moliyaviy reja korxona iqtisodiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu bir qator holatlar bilan bog'liq. Birinchidan, moliyaviy rejalarda tadbirlarni amalga oshirish uchun asosiy imkoniyatlar bilan ishlashning boshlang'ich xarajatlari va tuzatish natijasida, moddiy va moliyaviy muvozanat natijasi mavjud.
Korxonalar moliyalashtirishni takrorlash jarayonida etakchi o'rinni egallaydi va o'z mablag'larini shakllantiradi. So'nggi yillarda Rossiya iqtisodiyotida jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. Islohot natijasida iqtisodiyotning rivojlangan nodavlat sektori, mulkchilikning yangi shakllari, bank tizimining yangi shakllari, bank tizimi, tovarlar, kapital, kapital. Shartlar o'zgartirildi davlat tomonidan tartibga solish.Soliq tizimi joriy etildi. Bularning barchasi tarqatish munosabatlarining rolini oshirishga olib keldi.
Korxonaning samarali moliyaviy menejmenti faqat biznes ob'ektining barcha moliyaviy oqimini rejalashtirishda mumkin. Barcha jarayonlar va korxonalar munosabatlarini sinchkovlik bilan baholash va boshqarish zarur.
Agar ilgari buyruq va ma'muriy tizimda bo'lsa moliyaviy xizmat Rassomning roli, endi murakkab bozor sharoitida kompaniyaning o'z-o'zidan salbiy oqibatlari va moliyaviy ahvolini yomonlashtirish va ko'pincha bankrotlik uchun noto'g'ri hisob-kitob qilish uchun javobgardir. Shunday qilib, nafaqat puxta rejalashtirish zarurligini, balki ushbu rejalashtirishga professional yondashuvni payqash muhimdir. Bu moliyaviy rejalashtirishda ta'lim va tajriba rolini oshirdi.
Biroq, korxonalarda o'zidan foydalanishni cheklaydigan bir qator omillarni unutish mumkin emas. Avvalo, ichki bozorda beqarorlik. Siyosiy beqarorlik Rossiya iqtisodiyotida uyatchan mavqega olib keladi, chunki mahalliy biznesning samarali me'yoriy-huquqiy tizimi, pullarini yo'qotishdan qo'rqadigan xorijiy investorlardan kredit olish qiyin.
Jiddiy faoliyat ko'rsatish uchun moliyaviy imkoniyatlarga ega bo'lgan korxonalarning ulushi moliyaviy o'zgarishlar Juda kichik. Faqat yirik kompaniyalar samarali moliyaviy rejalashtirish va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun imkoniyatlarga ega, ammo kichik firmalar ko'pincha jalb qilinishi kerak qarzga olingan pul Uning iqtisodiy faoliyatini ta'minlash uchun va bu rejalashtirish zarurati ko'proq narsadir. Tashqi muhit endi kichik korxonalarga ta'sir qiladi va tahlildan kamroq.
Rejalashtirish, bir tomondan, moliya sohasidagi noto'g'ri harakatlarning oldini olish, boshqa tomondan, kompaniya tahlil qilish orqali foydalanilmay qolgan imkoniyatlar sonini kamaytiradi. Bu ishlab chiqilgan strategik maqsadlarning muayyan moliyaviy ko'rsatkichlar bo'yicha timsoli tufayli mumkin. Moliyaviy rejalashtirish sizga ushbu musobaqaning kontekstida loyihaning hayotiyligini aniqlash imkonini beradi10.
Ikkinchidan, moliyaviy reja maqolalari hamma bilan bog'liq iqtisodiy ko'rsatkichlar Korxonaning ishi va tadbirkorlik rejasining asosiy qismlari bilan bog'liq: mahsulot va xizmatlar, ishlab chiqarish va boshqarish, ishlab chiqarish va boshqarish, kapital qurilish, iqtisodiy rag'batlantirish, va boshqalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va boshqalar . Shunday qilib, moliyaviy rejalashtirish barcha tomonlarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin.
Moliyaviy hisob - Loyihaning moliyaviy izchilligini baholash rejalashtirilgan davrda korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Tahlil korxonaning moliyaviy hisobotlarining ma'lumot prognozasi asosida olib boriladi.
Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy holatini oldindan aytib o'tganda, loyiha iqtisodiy o'sish shakli, yuqori korxona, ehtimollik, ehtimollik va potentsial bankrotlikning moliyaviy barqarorligi bo'yicha baholanadi. Xulosa qilib, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini har tomonlama baholash aniqlandi.
|
| |