|
II bob. Korxona faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda strategik rejalashtirishning tahlili
|
bet | 8/12 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #234849 |
Bog'liq Begzod aka tayyorII bob. Korxona faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishda strategik rejalashtirishning tahlili. (Asaka tumani Bandlikka Ko'maklashish Markazi misolida
2.1. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari
• Ishsizlik va u bilan bog‘liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o‘sishidan oraqada qolmasligi kerak.
• Ma’lumki, O‘zbekiston dunyo hamjamiyati davlatlari o‘rtasida aholisining jadal o‘sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Mamlakat aholisining soni har yili o‘rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli aholi soni esa 250-300 ming kishiga ko‘paymoqda. Bunday vaziyat o‘z navbatida aholining ish bilan band¬ligini oshirish, buning uchun esa ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida uzluksiz ish olib borishni taqozo etadi. Aks holda, aholining turmush darajasining pasayib borishi, mamlakatda ishsizlar sonining ortib borishi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin.
Ishsizlik - ishchi kuchining (iqtisodiy faol aholining) bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ish bilan band bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir. U mehnat bozorida ishchi kuchining nisbatan katta taklifi bilan ishchi kuchi talabi o‘rtasida mavjud bo‘ladigan nomuvofiqlikni aks ettiradi. Natijada iqtisodiy faol aholining bir qismi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda ish bilan band bo‘lmaydi va mehnat bozorining yordamida o‘zining jismoniy va aqliy qobiliyatlarini ruyobga chiqara olmaydi. Nazariy jihatdan qaraganda ishsizlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u insonning mehnat qilish huquqi, uning o‘z mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish huquqi kabi tabiat bergan huquqini amalga oshirish borasida yollanma xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni aks ettiradi. Shu bilan birga, bunda gap nafaqat hayotning o‘zini saqlab qolish va takror tiklab borish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ta’minlash jihatidan, balki shuningdek hayotiy faoliyat shakli bo‘lmish mehnatga oid tabiiy ehtiyojni ro‘yobga chiqarish jihatidan ham insonning mehnat qilish huquqi, uning mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish huquqini amalga oshirish to‘g‘risida boradi.
Muammoga sof iqtisodiy jihatdan qaraganda ishsizlik – mamlakat aholisining mehnat qilishga qodir bo‘lgan va mehnat qilishni istaydigan, har bir aniq paytda soni ko‘proq yoki kamroq bo‘ladigan muayyan miqdordagi qismining ish bilan ta’minlanmaganligidir.gan ta’rifni hisobga oladigan bo‘lsak, unda ishsizlarga:
a) ishga ega bo‘lmaganlar;
b) ishlashni istaydiganlar;
v) ish izlash istagida bo‘lgan shaxslar kiradi.
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra ishsizlar sirasiga va ish bilan band degan maqom berish uchun o‘tkazilgan so‘rovlar paytida ish bilan band bo‘lmaganlar guruhiga ishdan bo‘shagandan so‘ng to‘rt hafta mobaynida ish topishga uringan va mehnat birjasida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar kiritiladi.
Yaponiyada ishsiz shaxs deb, so‘nggi bir hafta davomida bir soat ham ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so‘nggi bir hafta mobaynida ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar tushuniladi. Ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan, ishsiz deb, ishdan bo‘shatilgan va mehnat stajiga ega bo‘lganlar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (o‘n olti yoshdan boshlab, to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar e’tirof etiladi. Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi to‘rt shart mavjud bo‘lishi lozim. Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo‘lishi va amaldagi qonun hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, Mehnat kodeksining 77-moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Mehnat kodeksining ushbu moddasiga muvofiq tegishli shartlarga rioya etilgan holda 15 yoki 14 yoshga to‘lgan yoshlarni ham ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilsa-da, ular ishga layoqatli shaxs deb e’tirof etilishlari mumkin emas. Ikkinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmasligi lozim. Agar, fuqaro asosiy ishini yo‘qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo‘shatilgan), lekin o‘rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo‘lsa, bunda u ish bilan band bo‘lgan deb hisoblanadi. Nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan dividendlar, banklarga qo‘yilgan mablag‘larga hisoblangan foizlar ish haqiga (mehnat daromadi) kirmaydi. Xuddi shunday pensiya va stipendiyalar ham ish haqi (mehnat daromadi) tarkibiga kirmaydi, lekin pensiya oluvchi fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari, ishlab chiqarishdan ajralgan holda stipendiya olib o‘qiyotganlar ish bilan ta’minlangan deb hisoblanishlari sababli, bunday fuqarolar ishsiz shaxs deb e’tirof etilmaydilar. Uchinchi shart – fuqaro ishlashga tayyor bo‘lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro‘yxatdan o‘tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. Homilador ayollar, agarda ularning homiladorlik davri yigirma sakkiz haftadan oshmagan bo‘lsa, ular mehnatga qobiliyatli deb hisoblanadilar va homiladorlikning bu davrida ular ishsiz shaxs deb e’tirof etilishlari kerak.
To‘rtinchi shart – fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri mehnat bozorining o‘zi, mehnatga talab va uning taklifi o‘rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir tomondan, go‘yo ish bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlikni shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi omillar ta’sirini his qiladi.
Shunday bo‘lsa-da, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi: ish bilan bandlikning ko‘payishi, qoidaga ko‘ra ishsizlikni kamaytiradi, bu esa ishsizlikni, o‘z navbatida ish bilan bandlikni ko‘paytiradi. Ta’rifga ko‘ra ishsizlik – ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan miqdori. Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – doimo jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to‘la foydalanmaganlikdir. Turli mamlakatlarda har bir muayyan davrda ishsizlik darajasi bir-biridan jiddiy farq qiladi, bu esa har bir mamlakat uchun qaror topgan «tabiiy» ishsizlik darajasiga, mamlakatdagi iqtisodiy davriylik fazasiga, shuningdek, davlat tomonidan ishlab chiqilgan ish bilan bandlik siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ishsizlikning tarqalishi va ishsizlar harakati. Ishsizlikning tarqalishi muayyan vaqt mobaynidagi ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan kishilarning umumiy sonini bildiradi. Mazkur davrning oxiriga kelib, uning ishsizlik maqomini saqlab qolgan-qolmaganligi bu yerda rol o‘ynamaydi. U mazkur davrning boshida hisobda turgan va ishsiz deb topilganlarning umumiy miqdori sifatida aniqlanadi. Hozirgi statistika hisobi bo‘yicha umuman ishsizlarning tarqalganli-
gini, shuningdek, ayrim ijtimoiy-demografik guruhlar bo‘yicha: ayollar, erkaklar, yoshlar, qishloqlar hamda shaharlarda yashovchi shaxslarni aniqlash imkonini beradi.
Ishsizlikning davomiyligi – ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan shaxslarning shu davr oxiriga kelib, ish qidirish muddati o‘rtacha qancha davom etganligini ko‘rsatuvchi hajmdir.
Ishsizlikni tahlil qilishda uning davomiylik ko‘rsatkichi alohida ahamiyatga ega. Ishsizlikning o‘rtacha davomiyligi va uzoq vaqt ishlamayotganlar ishsizlar orasidagi hissasi haqidagi ma’lumotlar nisbiy ishsizlik haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ayrim hollarda ishsizlarning asosiy qismi tezda (1-4 oy ichida) yangi ish joyi topishi mumkin, ba’zilari esa yarim yil va undan ham ko‘proq muddat ish topolmay yuradilar.
Ishsizlik bo‘yicha nafaqalar. Ishsiz deb e’tirof qilingan fuqarolarning toifasiga qarab, ularga beriladigan ishsizlik bo‘yicha nafaqalar tabaqalashtiriladi: korxonalardan har qanday asos bilan ishdan bo‘shatilayotganlar (shu jumladan, III guruh nogironlari va harbiy kuchlardan, davlat xavfsizligi va ichki organlardan bo‘shatilganlar) ishsizlik boshlanishidan oldin 12 oy mobaynida kamida 12 kalendar hafta mobaynida to‘liq ish kuni (haftasi) yoki to‘liq bo‘lmagan ish kuni (haftasi) sharoitida ishlagan bo‘lsa, ishsizlik bo‘yicha nafaqa qonunda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda va mamlakatda qaror topgan o‘rtacha ish haqidan yuqori bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, ayrim shaxslar ishsizlik bo‘yicha beriladigan nafaqani qo‘shimcha daromad manbai turlaridan biri deb qaraydilar, o‘zlari esa mustaqil ravishda ish bilan shug‘ullanadilar yoki shartnoma asosida ishlayotgan bo‘ladilar.
Klassik (va neoklassik) nazariyaga ko‘ra, ommaviy ishsizlikning asosiy sababi moslashuvchan bo‘lmagan ish haqi hisoblanadi. Ish haqi o‘z muvozanat darajasidan oshib ketsa, mehnat talabi bilan taklifi o‘rtasida uzilish paydo bo‘ladi, mana shu uzilish ishsizlikni keltirib chiqaradi. Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarda ish bilan bandlikni o‘z darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati inflyatsiyadir.
Faqat quyidagi omillar ishsizlar ommasini Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qilishga majbur etadi:
- yangi ish topish umidi;
- ishsizlik bo‘yicha nafaqaning me’yoriy yashashini ta’minlovchi yuqori darajasi;
- aholining shu markaz faoliyatidan xabardorligi;
- ishsiz maqomiga ega bo‘lish uchun zarur shartlarning hammasiga muvofiq kelish (hujjat bilan tasdiqlangan).
Bu omillarning hammasi mamlakatdagi haqiqiy ishsizlikni kamaytirish tomoniga xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, ko‘pincha Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazida ish bilan shubhali band bo‘lmaganlar (real, ammo norasmiy ishlaydiganlar), har qanday ma’lumotnomalarni olishda «faol» bo‘lganlar ro‘yxatdan o‘tadilar. Shunday qilib, ishsizlik maqomini aniqlashda ro‘yxatga olish jarayoniga yondashuv to‘g‘ri natijalar bermaydi. Ishsizlikni baholashning boshqa uslublari, masalan, tanlab tekshirish yoki ekspert xulosalari asosida baholash uslubini ishlab chiqish kerak. Shu bilan birga, aholiga ularning mehnat bozoridagi huquqlari to‘g‘risida to‘la axborot berish, Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazi faoliyatini tom ma’noda targ‘ib qilish kerak. Ishsizlik darajasini baholashning aytib o‘tilgan kamchiliklariga qaramay, O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan rasmiy ko‘rsatkichlardan foydalanish mavjud bo‘lgan yagona, asosiysi ishda qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Ammo, bu uslubiyat Xalqaro Mehnat Tashkiloti uslubiyatiga to‘liq javob bermasa-da, bunday ko‘rsatkichlar mahalliy xususiyatlarni hisobga oladi va ishsizlik muammosining dolzarblik darajasi hamda uning dinamikasi to‘g‘risida birmuncha tasavvur beradi. Respublikamizda davlat mustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy islohatlarning birinchi bosqichi uchun belgilangan vazifalar ijobiy hal qilindi. Hozirgi vaqtda bozor munosabatlarini keng joriy qilish bilan bog'liq bo'lgan islohatlarning ikkinchi bosqichiga oid masalalar ustida ish olib borilmoqda. Shu yo'nalishda mamlakatda sezilarli yutuqlarga erishilganligini ta'kidlab o'tish asoslidir. O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot 2019 yilda amaldagi narxlarda 2048,4 mlrd. so'mni tashkil etdi. Bu 2018 yilga nisbatan 4,4%ga, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,8%ga ko'p demakdir. Yalpi ichki mahsulotning 13,9%i sanoatga, 28,0%i qishloq xo'jaligiga, 36,0%i xizmat ko'rsatish sohasiga to'g'ri keladi. Respublika iqtisodiyotida nodavlat sektori yetakchi o'rinni egallaydi. Nodavlat sektorining umumiy yalpi ichki mahsulotda 65,6%ni, sanoat mahsulotida 61,4%ni, qishloq xo'jaligining yalpi mahsulotida 98,7%ni, aholiga pullik xizmat ko'rsatishda 54,7%ni tashkil etadi. Nodavlat sektorida respublikadagi jami band aholining 73,0%i mehnat qiladi. O'zbekistonda davlat mustaqilligi yillarida sanoat ishlab chiqarishini va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish ustivor yo'nalish sifatida qabul qilingan. Bu o'rinda dastavval O'zbekistonni jahon iqtisodiy xamjamiyatiga qo'shilishini tezlatadigan, uni dunyoga 'tanitadigan', mehnatni ko'p talab etib, suv va xom ashyoni nisbatan kam iste'mol qiladigan, asosan mahalliy mineral resurslar va qishloq xo'jaligi xom ashyosiga asoslanadigan ishlab chiqarishni rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratilayotganligini aytib o'tish lozimdir. Asaka shahrida qisqa vaqt ichida qurib, ishga tushirilgan avtomobil zavodi mahsuloti O'zbekistonni butun dunyoga yana bir bor tanitdi. Mamlakatdagi boshqa ko'pchilik sanoat tarmoqlarining mahsulotlari Respublikaning ichki ehtiyojlarini to'liq qondirmoqda hamda bir qismi eksport qilinmoqda. Mamlakatda 2019 yilda 8,1 mln. tonna neft va 55,6 mlrd. kub. m. Tabiiy gaz qazib oluvchi yirik mamlakatlar ichida 22-24 o'rinlarni, tabiiy gaz bo'yicha esa 5-6 o'rinlarni egallaydi. Mamlakatimiz aholi jon boshiga hisoblaganda elektrenergiya (1900 kVt/s), mineral o'g'itlar (37 kg), sement (140 kg) ishlab chiqarish bo'yicha ham jahon mamlakatlari ichida munosib o'rinlarni egallaydi. Respublikada sanoat asosan mahalliy xom ashyoga tayangan holda rivojlanmoqda. Shunday korxonalar qatorida rangli, qimmatbaho va nodir metallar ishlab chiqaruvchi Olmaliq, Zarafshon, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlardagi kon-metallurgiya kombinatlari jahon miqyosida ajralib turadi. Mahalliy xom ashyo asosida Qoravulbozor, Farg'ona va Oltiariq shaharlarida neftni qayta ishlovchi va neft-kimyosi korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Huddi shunday fikrni Sho'rtan va Muborak gazni qayta ishlovchi zavodlar haqida ham aytishimiz mumkin. O'zbekiston rivojlangan elektrenergetika tizimiga ega. Respublikada umumiy quvvati 11200 mVt.ga teng 37 elektrstantsiya ishlaydi. Shundan 9800 mVt issiqlik stantsiyalariga, 1400 mVt gidroelektrstantsiyalarga to'g'ri keladi. Barcha elektrstantsiyalar salohiyati bir yilda 56-57 mlrd kVt/s. ga teng elektrenergiya ishlab chiqarishga imkon beradi. Issiqlik elektrstantsiyalari ichida Sirdaryo, Yangi-Angren, Toshkent va Navoiy GRESlari har birining quvvati 1000 mVt.dan oshadi. O'rta Osiyoda eng yirik - Tojmarjon GRESining qurilishi davom etmoqda. O'zbekiston mashinasozlikni ba'zi tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga ko'ra dunyoda munosib o'rin egallaydi. Respublikada 'O'zmashmsanoat' mashinasozlik korxonalari uyushmasi har xil mulkchilik shakllariga ega 36 korxona va tashkilotlarni o'zida birlashtirgan. Shularning ichida 'O'zbekpaxtamash' korporatsiyasi, 'Pod'emnik', 'Kompressor', 'Sino' va boshqa birlashmalar ajralib turadi. Mashinasozlik korxonalari kimyoviy uskunalar, turbokompressorlar, paxta tozalash uskunalari, yuk ko'taruvchi kranlar, metal qiqruvchi asboblar, to'qimachilik mashinalari va boshqalarni ishlab chiqarmoqda. O'zbekiston rivojlangan kimyo sanoatiga ega. Tarmoqda 'Farg'ona Azot', 'Navoiy Azot', 'Elektrokimyosanoat' (Chirchiq), 'Ammofos' (Olmaliq), Samarqand kimyo zavodi, Qizilqum fosforit kombinati hamda qurilishi davom etayotgan Qo'ng'irot soda zavodi juda yirik korxonalar hisoblanadi.
|
| |