Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti fakulteti fanidan




Download 495,78 Kb.
bet1/2
Sana13.09.2024
Hajmi495,78 Kb.
#270949
  1   2
Bog'liq
Tajriba Konchilik turg\'un masshina




NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
______________________________________________ FAKULTETI

_________________________________________FANIDAN



TAJRIBA ISHI



Bajardi: _________________________
Guruh _______________________________________
Tekshirdi: _________________________
Navoiy -2024 yil

1 – TAJRIBA ISHI
MARKAZDAN QOCHMA TURBOMASHINANI KONSTRUKTSION TUZILISHINI O’RGANISH.
Kon sanoatida keng qo’llaniladigan mashinalar turi bu-turbomashinalardir. Turbomashina nasoslar, ventilyatorlar va turbokompressorlar shaklida kon sanoatida keng o’rin olgan.
Turbomashinalar markazdan qochma, o’qiy va meridianal turlarga bo’linadi. Markazdan qochma turlari ko’proq nasoslar va kompressorlar bo’lib, o’qiy turlari ventilyatorlar shaklida keng tarqalgan. Meridional turbomashinalar kon sanoatida kam qo’llaniladi
1.1.Markazdan qochma turbomashina sxemasi.


Markazdan qochma turbomashina (1.1-rasm)1 – so’ruvchi qism, 2 – ish g’ildirak, 3 – chiqaruvchi qism va 4 – diffuzor dan tuzilgan.
Ushbu turbomashinada oquvchi o’q bo’ylab turbomashinaga yo’naltiriladi, ishchi g’ildirakda radial yo’nalish bo’ylab harakatlanadi, chiqaruvchi qismda aylanib diffuzordan chiqib ketadi.
O’qiy turbomashina (1.2-rasm)
Ishchi g’ildirak vtulkasi-1 va unga mahkamlangan parraklardan-2, valdan-3, tsilindr qobiqdan-4, kollektordan-5, oldingi oqib o’tuvchi kokdan-6, to’g’rilovchi apparatdan-7 va diffuzordan iborat. To’g’rilovchi apparat ishchi g’ildirak o’tgan oquvchi oqimni o’q bo’ylab mashinaga beriladi va chiqishda ham o’q bo’ylab chiqib ketadi.

1.2. Uk chizikli turbomashinaning sxemasi.

Ishchi g’ildirak parraklari qanot shaklda bo’lib ozroq egilgan bo’ladi va ular birgalikda qanotlar panjarasini hosil kiladi.


Oquvchini ishchi g’ildirakka urilmasdan oson kirishi uchun oqib o’tuvchi kok o’rnatiladi, markazdan qochma turbomashinalardan ishchi gildirakning o’zi moslashtirilgan.
Markazdan qochma mashinalarda chiqaruvchi qism spiralsimon kengayuvchi bo’lib bunda oquvchi to’planadi tezligi kamayib statik bosim ortadi. Diffuzorning vazifasi ham tezlikni kamaytirib statik bosimni oshirish. Yuqorida ko’rib chiqilgan turbomashinalar bir g’ildirakli bo’lib bosimni oshirish uchun ko’p g’ildirakli turlari ishlatiladi.
Ishchi g’ildirakning oqim kinematikasini tahlil qilish uchun unga kirish va chiqishdagi tezliklar paralelogramini tuzamiz. Bunda parraklarning joylashishi va qirqimi asosiy o’rin tutadi. Ularning joylashishiga qarab orqaga qayrilgan ß2<900, radial ß2=900, va oldinga qayrilgan ß2>900 bo’ladi. (1.3.rasm).




Download 495,78 Kb.
  1   2




Download 495,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti fakulteti fanidan

Download 495,78 Kb.