0-ma’ruza: Metallarni hajmiy shtamplash 10. Shtamplash jarayonini tavsifi va shtamp materialari




Download 496,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.01.2024
Hajmi496,36 Kb.
#139778
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza MBOIB



10-ma’ruza: 
Metallarni hajmiy shtamplash 
10.1 Shtamplash jarayonini tavsifi va shtamp materialari 
Mashinasozlikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turli asboblar yordamida metallning 
oqishini yo‘naltiradigan bolg‘alashdan farqli o‘laroq, shtamplashda metallning oqishi shtampda 
o‘yilgan bo‘shliqning sirtlari bilan chegaralanadi, bu bo‘shliqlarda metall zarur shakl va o‘lchamga 
kiradi. Pokovkani shtamplash usuli bilan tayyorlash uchun har bir buyumning o‘z shtampi bo‘lishi 
kerak. 
Shtamplanadigan detalning shakli o‘yilgan muxralar-shtamp deb ataladi. Har bir shtamp 
pastki va yuqorigi muxralardan iborat bo‘ladi. 
Metallarni issiq shtamplash deganda zagotovka shaklini tashqi kuch yordamida o‘zgartirish 
tushuniladi. Boshqacha aytganda ma’lum temperaturagacha qizdirilgan metall zagotovkalarning 
shtamp deb ataluvchi asbobning pastki palla o‘yig‘iga qo‘yib, ustki palla bilan zarblab ishlashda 
metall deformatsiyalanib, shtamp o‘yig‘ini to‘ldirishiga aytiladi.
Shtamplarni materiallari yuqori sifatli legirlangan po‘latlarning 5XHB, 5XHM, 5ATM, 
3X2B9Ф va boshqa markalaridan tayyorlanib, tegishli termik ishlovlardan o‘tadi. 
Shtamp maxsus asbob hisoblanib (10.1-rasm), mahsulot ishlab chiqarish uchun qizdirilgan 
zagotovka shtampning pastki 5 qismiga o‘rnatilib, shtampning yuqorigi pallasi 4 qo‘yiga tashqi 
kuch bilan harakatlanishi hisobiga metallning deformatsiyalaydi. Shtampning 2 devorida metall 
zagotovkaga qarshilik va ishqalanish kuchi hisobiga yuza to‘ladi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng 
metall shtamp orasiga kiradi va qatlam 3 hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng shtamplangan zagotovka 4 
dan shtamplangan pokovkaga aylanadi.
10.1-rasm. Ochiq bolg‘alash shtampi. 
1-shtamp yuqori pallasi; 2-devor chegarasi; 3-qatlam; 4-pokovka; 5-ostki shtamp pallasi. 
Metallni shtamplashning texnologik jarayoni ketma ketligi quyidagicha: zagotovka metallini 
berilgan o‘lchamda qirqish, zagotovkani qizdirish, issiq shtamplash, qatlamni qirqish, pokovkaga 
termik ishlov berish, kuyindidan tozalash, to‘g‘rilash va nazoratdan o‘tkazish.
Qizdirib shtamplash uchun material sifatida prokatlangan yoki preslangan, diametri oddatda 
20 mm bo‘lgan prutokdan foydalaniladi. Shtamplash uchun uglerodli yoki kam legirlangan po‘latlar 
bilan rangli metall va uning qotishmalari ham qizdirib ishlanadi. 
Qizdirib shtamplash metallarni bolg‘alash usulini rivojlangan ko‘rinishi bo‘lib, shtamp 
ostiga alohida o‘rnatmalar qo‘yish hisobiga ham amalga oshiriladi. 
Shtampovka qilishning erkin bolg‘alashdan afzalligi shundaki, xuddi shunday buyumni erkin 
bolg‘alash usuli bilan tayyorlashga ketgan vaqtni qisqartish bilan cheklanmaydi. Shtampovka 
qilingan detallar ancha aniq bo‘ladi, mexanik ishlov berish uchun vaqtning qisqartiradi, pokovka 
uchun metall sarfini ham kamaytiradi. Shtamplash orqali murakkab bo‘lgan buyumlar tayyorlash 
imkonini beradi. Shtamplash jarayoni bajaradigan jihozlarida bolg‘alash jihozlarida nisbatan past 
bo‘lgan ishchilar ham ishlashi mumkin. 
Shtamplangan detallar mutlaqo bir hil o‘lchamlarga ega bo‘ladi, bu esa keyingi mexanik 
ishlov berishni (Masalan avtomatik liniyalar, maxsus stanoklar va boshqalarni qo‘llashni) 
osonlashtiradi. Shtamplangan buyumning mexanik xossalari yuqori bo‘ladi, chunki shtampda metall 


tolalarini taqsimlash sharoiti osonlik bilan vujudga keltiriladi, bu esa, buyum mashinada katta 
kuchlanish bilan ishlaganda uning mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi. Shtmaplashda erkin 
bolg‘alashga nisbatan metall kam sarflanadi. 
Yuqoridagi afzalliklari bilan kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir: 
1.Qizdirib shtamplashda hozirgi kunda og‘irligri 100 kg gacha bo‘lgan pokovkalar olish yirik 
hisoblanadi. 
2.Qizdirib shtamplashda zagotovka butun yuzasiga shtamp bilan ta’sir etirilishi bois
bolg‘alashga nisbatan katta kuch sarflanadi. Shuning uchun yirik pokovkalar olish uchun katta 
kuch sarflanadi. 
3.Qizdirib shtamplashda asosiy asbob bo‘lgan shtamp shtamplanuvchi mahsulotlar turi uchun
alohida bo‘lishi talab etiladi. 
Shtamplash quyidagicha tavsiflanadi:
1. Qizdirib shtamplash ishlov berish jihoziga ko‘ra a) bolg‘ada; b) krivoshipli qizdirib 
shtamplash jihozlarida; v) vintli presslarda; g) gidravlik presslarda;
d) gorizontal bolg‘alash mashinalarida; e) Prokatlash stanlarida, qizdirib ishlash avtomatlarida, 
bolg‘lash vallarida, yoyish stanoklarida, gorizontal egish mashinalari, rotatsion –qisuvchi va 
radial qisuvchi mashinalar va boshqalarni keltirish mumkin. 
2. Shtamplar ochiq, yopiq va to‘ldiruvchi turlarga bo‘linadi. 
3. Shtamplash o‘rniga ko‘ra: bir va ko‘p o‘rinlik; 
4. Ishlatiladigan zagotovka turiga ko‘ra a) donali b) karrali bo‘lgan. 
v) prutokdan shtamplashga bo‘linadi. 
5. Shtampga qo‘yilgan zagotovkani deformatsiyalash kuchini yo‘nalishiga ko‘ra: zagotovkaga 
perpendikulyar yo‘nalgan va yon yuzalarini cho‘ktirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. 

Download 496,36 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 496,36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0-ma’ruza: Metallarni hajmiy shtamplash 10. Shtamplash jarayonini tavsifi va shtamp materialari

Download 496,36 Kb.
Pdf ko'rish