Pokovka chizmasini shakllantirish




Download 496,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.01.2024
Hajmi496,36 Kb.
#139778
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza MBOIB

10.3 Pokovka chizmasini shakllantirish 
 
Qizdirib shtamplash texnologik jarayonini ishlab chiqishda asosiy bo‘lib olinadigan detal 
hisoblanadi. Detal shakli va o‘lchamlariga asosan shtamplash texnologik jarayoni sxemasi 
aniqlanadi. Detal chizmasiga asosan pokovka chizmasi shakllantiriladi. 
Pokovka chizmasini shakllantirish quyidagi ketma–ketlikda olib boriladi: 
a) detalni yuzalarga bo‘lib chiqiladi; 
b) dopusklar, pripusklar va qo‘shimcha dopusklar belgilanadi; 
v) shtmplash uchun shtamp yotiqlik burchaklari aniqlanadi va to‘ldirish chiziqlari chiziladi; 
g) to‘ldirish radiuslari aniqlanadi; 
d) pokovkada teshiklar bo‘lsa, ularni hosil qilish uchun pardalar o‘lchamlari aniqlanadi; 
e) Pokovkada tolalar joylashishuvi, mexanik ishlov berish, qattiqlikga sinash va boshqalar 
ko‘riladi.
Shtamplar o‘yig‘i deb shtamplarni bir-biri bilan tutashuv sirtlari tushiniladi. O‘yiq chizig‘i–
uzuq chiziqdan iborat bo‘lib, ikki qismni birlashtiruvchi hisoblanadi va pokovka tashqi konturi 
bo‘yicha o‘tkaziladi. Shtampni hajmini shunday tanlash kerakki, tayyor holatga keltirilgan 
pokovkani pastki shtampdan olishga qiyinchilik bo‘lmasligi kerak. Ta’kidlash kerakki, bo‘shliq 
yuzasi detallning eng katta ikki o‘lchami bilan mos kelishi kerak. Detalning uchinchi o‘lchami-
balandligi detalning eng kichik o‘lchami hisoblanadi. Shuning uchun shtamp mustahkamligining 
oshirish uchun uni tayyorlashni soddalashtirish maqsadida, shuningdek, shtamplangan pokovkani 
uncha chuqur bo‘lmagan shtampdan chiqarishda qulaylik tug‘dirish maqsadida eng kichik 
chuqurlikka, eng katta kenglik va uzunlikga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
O‘yiqning yuzasini tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 
1) Qatlamni kesgandan so‘ng shtampning yuqori va paski qismini surilishini nazorat qilish 
mumkinligi; 
2) o‘yiq chizig‘i uning ajratishda qulaylik tug‘dirishi. 
Yuqori va pastki qism erkin surilishini ta’minlash uchun o‘yiq yuzasi pokovka vertikal 
yuzasi bilan tutashishi kerak. 
10.5-rasm. Shtamplar sirt qismlari. a-qatlamni kesishdagi siljish qamralishi to‘g‘ri belgilangan; 
b- qatlamni kesishdagi siljish qamralishi noto‘g‘ri belgilangan; v-bir tomonlama bobishka yonida 
joylashishi mumkin. 1-siljish; 2-qism (razyom)
Shunda shtampning yuqori va pastki qismi uchun o‘yiq chiziq bir hil bo‘ladi va qatlamni 
qirqilganda surish osonlashadi. Agar detalda bir dona babishka (quloq) bo‘lsa, u holda shtampning 
yuqori qismi yumshoq holatda, bunda pokovka faqat paski shtampda joylashadi. Ushbu holatda 
qatlamni qirqilgandan so‘ng o‘tkir tig‘lar qoladi va sifatsiz kesilish hosil bo‘ladi.
Shtampni yuzasini tanlashda qatlamni qirqish sifati va osonligi, shtamplashda pokovkani 
egilish kabi omillarini ham inobatga olish lozim.



Download 496,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 496,36 Kb.
Pdf ko'rish