Shtamplashning texnologik jarayonlari tavsifi




Download 496,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.01.2024
Hajmi496,36 Kb.
#139778
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza MBOIB

 
 10.2 Shtamplashning texnologik jarayonlari tavsifi 
 
Shtamplarni pokovkalar o‘lchami va tashqi shakliga yaqin holatda tayyorlanadi. Shtamplar 
konstruksiyasiga ko‘ra ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq shtamplarning ajralish tekisligida 
olinuvchi pokovka tashqi konturi bo‘ylab o‘yig‘i bo‘lib, u bilan bog‘langan pitr ariqchasi bo‘ladi.
Zagotovkani deformatsiyalash jarayonida shtamp ochiq holatda (10.2-rasm) qoladi. 
Shtampning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismi orasidagi tirqish ∆ o‘lcham o‘zgaruvchan 
bo‘ladi. Ushbu tirqish zagotovkani yuqori qismi orqali deformatsiyalashda kattalashib boradi. Bu 
hil shtamplarda zagotovkalar shtamplashda shtamp o‘yig‘idan ortiqcha bo‘lgan metall ortiqcha tor 
ariqcha - orqali pitr magaziniga o‘tib pitr hosil qiladi.
10.2-rasm. Ochik shtampda shtamplash sxemasi (a-g shtamplash bosqichlari). 
Uni bu tor va kichik hajmli ariqchada tezroq sovishida bir tomondan metallni pitr magaziniga 
o‘tishga ko‘rsatuvchi qarshiligi ortishi shtamp o‘yig‘ini metall bilan to‘laroq to‘lishga 
ko‘maklashsa, ikkinchi tomondan shtamp pallalarini bir-biridan urilishidan saqlaydi. Pitr ariqcha 
konstruksiyasi va o‘lchami pokovka materialiga, shakliga, o‘lchamlariga va boshqa 
ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Odatda pitr og‘irligi pokovka og‘irligini 10-20% ni tashkil etadi. 
Shuni qayd etish joizki, bu usulda ma’lum hajmli metall chiqindiga o‘tsa ham, pokovkani 
olish jarayoni bir muncha osonlashadi. 


Yopiq shtamplarda yuqori va quyi qismida ∆ tirqish (10.3-rasm) bo‘lmaydi, ajralish 
yuzalari murakkab tekisliklar bo‘yicha o‘tib, o‘zaro qulflanadi. Shtamplashda esa yopik o‘yikda 
shtamplanadi. Shu sababli bu shtamplarda olinadigan pokovka og‘irligi zagotovka og‘irligiga teng 
bo‘lishi kerak. Bu shtamplarda pokovkalar olishda metall tejash mumkin bo‘lsada, shtamp 
konstruksiyasi murakkab hisoblanadi. Yopiq shtamplar jarayoni gorizontal bolg‘alash mashinalari 
(GBM) da keng qo‘llaniladi. 
Siqish shtamplarida (10.4-rasm) shtamplash chuqur yuzalari bo‘lib, ushbu yuzalarni metall 
bilan to‘ldiriladi. Ushbu usul bilan shtamplash gidravlik presslarda amallga oshiriladi. Bir o‘rinli 
shtamplash–shtamp bo‘shlig‘i bir bo‘shliqga ega bo‘lgani bois bir o‘rinli deb ataladi. 
Ko‘p o‘rinli shtamplarda shtamp o‘rni bir necha bo‘lib, zagotovka ketma-ket pokovka 
shakliga kirib boradi. 
10.3-rasm. Shtamp. a-yopiq: 1-puanson; 2-matritsa; 3-pokovka; 4- surgich; b-yopiq bolg‘alash 
shtampi 
Ko‘p o‘rinli shtamplarda ikki hil o‘rin qilinadi: 1) buyumni uzil kesil shtampovka qilishga 
tayyorlashga mo‘njallangan tayyorlash o‘rini; 2) Uzil-kesil shtampovka qiladigan o‘rinlar. 
Tayyorlab beradigan o‘rinlar ham o‘z navbatida siqadigan, bukadigan, cho‘zadigan va yoyuvchi 
o‘rinlarga bo‘linadi. Siqadigan o‘rinlar zagotovkani buyumning kesimi zagotovka kesimidan 
kichik bo‘lishi talab etilgan joyidan siqish uchun ishlatiladi. 
10.4-rasm. Siqib chiqaruvchi shtamplar uchun shtamplash. a) to‘g‘ri siqib chiqarish; b-
teskari siqib chiqarish. 1- puanson; 2-matritsa; 3- pokovka; 4-siquvchi. 
Bukadigan o‘rinlar bukilgan buyumlarni shtampovka qilishda ishlatiladi. Bukadigan 
o‘rinlarning shakli bukilgan buyumning shakliga mos kelishi kerak. Cho‘zadigan o‘rinlar 
zagotovkaning ayrim qismlarini cho‘zish talab qilingan hollarda ishlatiladi. Yoyuvchi o‘rinlar 
chiqiqlari bo‘lgan buyumlarni shtampovka qilish uchun xizmat qiladi. Shtampovka qiladigan 
o‘rinlar xomaki va bir yo‘la shtampovka qiladigan o‘rinlarga bo‘linadi. Bir yo‘la shtampovka 
qiladigan o‘rinlar faqat, uncha murakkab katta chiqiqlari, qobirg‘alari va o‘tkir burchaklari 
bo‘lmagan detallarni shtampovka qilishda ishlatiladi. Bitta bir yo‘la shtampovka qiladigan o‘rini 
bo‘lgan shtamplarda zagotovka birdaniga tayyorlov o‘rinidan keladi va unga tegishli o‘lchamlar 
beriladi. Xomaki shtampovka qiladigan o‘rinlar pokovkalarning xomaki shaklini hosil qilish 
uchun qo‘llaniladi, bunda o‘rinlarda pitirlar hosil bo‘ladi. Pitirlar zagotovka sof o‘ringa o‘tishidan 


oldin ayrim hollarda kesib tashlanadi. Bitta bir yo‘la shtampovka qiladigan o‘rini bo‘lgan 
shtamplarni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ular tez eyilib ketadi(o‘z o‘lchamlarini o‘zgartirib 
yuboradi va ishdan chiqadi). Barcha hollarda, xatto uncha murakkab bo‘lmagan pokovkalarni 
tayyorlashda ham ularni bir yo‘la shtampovka qiladigan o‘rinlardan oldin xomaki o‘rinlarda 
shtampovka qilish kerak. 

Download 496,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 496,36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shtamplashning texnologik jarayonlari tavsifi

Download 496,36 Kb.
Pdf ko'rish