10.7 Pokovkalarni bolg‘alashda boshqa ishlar
Pokovkada metall tolalarini yo‘nalish talablari detal chizmasida ko‘rsatiladi. Umumiy
holatda metall tolalari yo‘nalishi detal ishlashida unga ta’sir etuvchi eng katta kuchga javob berishi
lozim.
Pokovkani chizmasini
shakllantirishda shtamplash,pokovkani shtampdan chiqarish
qulayligi hisobga olinadi. Mexanik ishlov berishda baza sifatida kichik radiusli
oddiy va qisish
qulay bo‘lgan yuzalar tanlanadi. Elimlash uchun pokovkani ishlov berilmaydigan, hohishga
asosan ko‘rinarli yuzalari tanlanadi.
Pokovkani qattiqligini sinovdan o‘tkaziladigan qismi sifatida konstruktor bilan kelishgan
holda
detalni yassi yuzalari,tozalash va sinovga qulay yuzalari tanlanadi.
Pokovka chizmasini shakllantirishda quyidagilarni:
1) pokovka konstruksiyasini yaxshilash;
2) pokovkadan turli hil detallar ishlab chiqarishni unifikatsiyalash;
3) shtamplangan detal pokovkasini payvandlash va biriktirishga mo‘njallab
bir necha
bo‘laklarga bo‘lish;
4) pokovkani ikki yoki bir-necha kesimlarda shtamplash;
5) press yordamida pokovkani qatlamini kesilgandan so‘ng aylanma egib shtamplash;
6) kalibrlash yoki chekankalashni qo‘llash ahamiyatliligi tekshiriladi.
Nazorat
savollari
1.Shtamplar materiallini keltiring.
2. Shtamplashning mohiyati nima?
3. Shtamp qanday asbob va uning qanday turlarini bilasiz?
4. Qanday ilg‘or shtamplash usullarini bilasiz?
5. Shtamplar konstruksiyasiga ko‘ra turlarini izohlang.
6. Yopiq shtamplarda pitirlar nima uchun hosil bo‘lmaydi?
7. Pitirlar qanday kesib tashlanadi?
8. Shtamplar qanday tayyorlanadi?
9. Shtamplash qiyaligi nima va u nima uchun qilinadi?
10.Nima uchun dopusk, napusk va qo‘shimcha qo‘yimlar qo‘yiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Metallarni bosim bilan ishlash usullari va mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari:
O‘quv qo‘llanma / V.A.Mirboboev, S.G‘.Maxamadxodjaev. –Toshkent : TDTU .2001. 112b.
2. Abdullaev F.S., Maxkamov Q. Metallarga bosim bilan ishlov berish asoslari. O‘quv
qo‘llanma.-Toshkent. TDTU, 2000.-400s.
3. Zagidullin R.R., Maxmudova N.A. “Bolg‘alash va shtamplash zagotovkalarni
loyihalashtirish
va ishlab chiqarish”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: -2013.-132b.
4. Kenjaboyev Sh.Sh., Bekmirzayev Sh.B., Nishonov B.M. Metallarga deformatsiyalab ishlov
berish. O‘quv qo‘llanma. Namangan: -2022. -192b.