|
Dopusklar, qo‘yimlar va qo‘shimcha qo‘yimlarni o‘rnatishBog'liq 10-ma\'ruza MBOIB10.4 Dopusklar, qo‘yimlar va qo‘shimcha qo‘yimlarni o‘rnatish
Shtamplash yo‘li bilan o‘lchamlari aniq pokovka olish mumkin emas. Shuning uchun
shtamplar eskirishi, surilishi hisobiga o‘lchamlar o‘zgarishi, pokovka o‘lchamlari kabi
ko‘rsatkichlarni ishtamplashdan oldin hisobga olish kerak. Agar pokovka yuzalari sifati va aniqligi
berilgan shartni qonoatlantirsa, u holda hech qanday qo‘yimlar belgilanmaydi. Agar dopusklar va
pokovka yuzasi qoniqtirmasa, u holda qizdirib shtamplash jarayonini amalga oshirish maqsadida
kalibrlash, chekankalash jarayoni orqali pokovka tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu ishlarni
amalga oshirish imkon bermasa, pokovkaga mexanik ishlov berish uchun oxirgi qo‘yimlar
qo‘yiladi. Qo‘shimcha qo‘yimda pokovkani kuygan qismi, metall nuqson qismi va boshqalar
kiradi. Ushbu nuqsonlar metall kesish dastgoxlarida kesib tashlanadi.
Yuqori aniqlikda pokovkalarni olish uchun kesib ishlash uchun quyimlar qo‘yiladi.
Temirchilik qo‘yimi o‘z navbatida tomonni qarshi dopuskini ham bildirishi mumkin. Shuning
uchun qo‘yim va dopusk bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. Pokovkani alohida yuzalari
uchun qo‘yimlar qo‘yiladi, qolgan qismlar boshqa detallar bilan birikishiga asosan belgiladi.
Og‘irligi 250 kg, o‘lcham uzunligi 2500 mm bo‘lgan pokovkalarga GOST 7505 ga asosan
dopusk, qo‘yim va temirchilik qo‘yimlari belgilanadi. Tayyorlanayotgan detal pokovkasini
texnologik jarayoni va ishlov berish jihoziga, shuningdek, pokovka o‘lcham aniqligi talablariga
asosan pokovkalarni tayyorlash 5 ta aniqlik darajasiga bo‘linadi.
1 sinf yuqori aniqlikdagi hajmiy kalibrovkalash va shtamplash
T1 va T2 –sinflar ochiq shtamplash usulida KGSHP va GKM da bolg‘alash bilan
olinganlarni kiritish mumkin.
Pokovka chizmasida uning sinfi qo‘yiladi.
Qo‘yim va dopusklar belgilash pokovkani tayyorlash aniqlik sinfiga va uning materialiga,
po‘lat markasiga bog‘liq. M1, M2 yoki M3 po‘lat sinfi hisoblanadi. ( -uglerod miqdori S≤0.35%
va legirlovchi elementlar 2% gacha bo‘lgan pokovkalar M1 guruxiga; S≥0.35% bo‘lgan va
legirlangan po‘latlar, S≤0.65bo‘lgan yoki tarkibida 5% gacha legirlovchi elementalar bo‘lgan
pokovkalar M
1
va M
3
sinfiga kiritiladi). Shuningdek, pokovka murakkablik darajasi S
1
, S
2
, S
3
va
S
4
larni ham inobatga olinadi. Murakkablik darajasi pokovka og‘irligini
𝑀
𝑛
geometrik fugura
og‘irligiga 𝑀
𝑓
nisbati orqali aniqlanadi.
S =
M
n
M
f
(10.1)
S
1
murakkablik darajasi S>0.63; S
2
murakkablik darajasi 0.32…0.63 % oraliqda, S
3
murakkablik darajasi 0.16…0.32; S
4
murakkablik darajasi 0.16% oraliqda olinadi.
Agar pokovka qalinligi m va diametri Dp bo‘lgan disk bo‘lsa, u holda
t∕Dp<0.2,bunda t=25 mm ni tashkil etadi va bu pokovka S
4
sinfiga kiritiladi. Pokovkani hisobiy
og‘irligini quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
𝑀
𝑝𝑟
= 𝐾
𝑝
𝑀
𝑑
(10.2)
Bu yerda: Md-detal og‘irligi;
Kr-pokovka guruxini inobatga oluvchi koeffitsient.
Zagotovkadan pokovkani olishda, alangali pechlarda qizdirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda
aniqligi bir sinf tushiriladi, shuningdek, pokovka og‘irligiga asosan qo‘yim 0,5 dan 1 mm gacha
kattalashtiriladi.
Pokovka o‘lchamlari kesib ishlov berishdagi o‘rnatish bazasiga asosan o‘rnatiladi.
Ta’kidlash kerakki, og‘irlik dopusklari maxsus vazifali detallar, misol uchun mashinalar
shatunlarini balansirlashda o‘rnatiladi. Ushbu holda pokovka nominal og‘irligiga nisbatan aniq
og‘irlidan chetga chetga chiqishlari belgilanadi. Ishlab chiqarishda og‘irlik dopuski shtamplangan
pokovkani aniqligini bildiradi.
GOST 7505-89 ga asosan temirchilik qo‘yimi ham belgilanadi. Ko‘p hollarda diametri 30
mm dan kichik bo‘lmagan teshiklarga qo‘shimcha qo‘yim belgiladi.
Temirchilikda qo‘shimcha qo‘yim deganda shtamplash uklonlari (qiyaliklari) uchun
qo‘yilgan qo‘shimcha qo‘yimlar tushuniladi.
|
| |