• Qonun chiqaruvchi hokimiyat
  • Yalpi ichki mahsulotda
  • Kongo respublikasi




    Download 16,75 Kb.
    Sana24.03.2017
    Hajmi16,75 Kb.
    #1644

    KONGO RESPUBLIKASI

    Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud, qarang: Kongo (maʼnolari).

    Kongo Respublikasi

    République du Congo

    Kongo Respublikasi davlat bayrogʻi Kongo Respublikasi davlat gerbi

    Bayroq Gerb

    Shior: Unité, Travail, Progrès

    (Fransuzcha: Unity, Work, Progress)

    Madhiya: La Congolaise

    Kongo Respublikasi Xaritasi

    Poytaxt Brazzavill

    Rasmiy til(lar)

    Hukumat Prezidentlik Respublika

    • Prezident Denis Sassou-Nguesso

    Mustaqillik Fransiyadan

    • Sana 15 avgust 1960

    Maydon

    • Butun 11,437 km² (164-)

    • Suv (%)

    Aholi


    • 2002 roʻyxat 863,051 (158- oʻrin)

    • Zichlik 75/km²

    YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati

    • Butun AQSh$2,616 mil. (174-)

    • Jon boshiga AQSh$3,031

    Pul birligi CFA Franc (XAF)

    Vaqt Mintaqasi (UTC)

    • Yoz (DST)

    Qisqartma CF

    Internet domen .cg

    Telefon prefiksi 242

    tahrir kuzat

    Kongo Respublikasi (Kongo Respublikasi) poytaxti — Brazzaville shahri. BMT aʼzosi
    Kongo (Congo), Kongo Respublikasi (République du Congo) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 342 ming km². Aholisi 2,9 mln. kishiga yaqin (2001). Maʼmuriy jixatdan 10 viloyat (region)ra boʻlinadi. Poytaxti — Brazzavil shahri
    Davlat tuzumi[tahrir]

    K. — respublika. Davlat boshligʻi — prezident (1997 yildan Deni Sassu-Ngesso). Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament (Milliy oʻtish kengashi).

    Qonun chiqaruvchi hokimiyat - hokimiyat boʻlinishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmogʻidan biri. Qonun chiqaruvchi hokimiyath. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega boʻladi.
    Ijroiya hokimiyat — hukumatga prezident boshchilik qiladi.


    Tabiati[tahrir]

    K. hududi, asosan, Kongo botigʻida joylashgan. Mayombe togʻlari (balandligi 930 m gacha) kambar (eni 40– 50 km) dengiz boʻyi pasttekisligiga parallel yotadi. Mamlakatning shim.-gʻarbi tekislik boʻlib, unda ayrim togʻlar qad koʻtargan (Nabemba choʻqqisi — 1000 m). K.ning qolgan qismi botqoqlashgan allyuvial tekisliklardan iborat.


    Iqlimi issiq; shim. sernam ekvatorial, jan. quruq subekvatorial iqlim. Eng issiq oyi (apr.)ning oʻrtacha temperaturasi 24—27°, eng salqin oyi (iyul)niki 20—25°. Yillik yogʻin 1500–2000 mm, jan. chekkasida 1200–1400 mm. Daryo koʻp, hammasi sersuv. Yiriklari Kongo .va uning oʻng irmoqlari — Ubangi, Sanga, Likvala, Alima. Kema katnaydi. Qizil-sariq ferralitli tuprok,larda qimmatbaho yogʻoch beradigan (limba, okume va boshqalar) oʻrmonlar, jan.da savannalar mavjud. Hayvonlardan maymun, fil, begemot, qoplon yashaydi; parranda turlari koʻp. Timsoh, ilon, hasharotlar (jumladan, setse pashsha va h.k.) uchraydi. K.da Lefini qoʻriqxonasi va Odzala milliy bogʻi bor.
    Aholisi bantu tili oilasiga mansub xalqlar (kongo, teke, mboshi, sanga, bobangilar)dan iborat. Tropik oʻrmonlarda pigmey qabilalari yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Aholining 46% shaharlarda yashaydi. Dindorlar — katoliklar, protestantlar, bir qismi anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, musulmonlar ham bor. Yirik shaharlari: Brazzavil, Nkayi, Lubomo, Mosenjo.

    K. hududida vililar yashaydigan sohilda Loango, tekelar yashaydigan Malebo atrofida Teke (Tio) davlatlari vujudga kelgan. Ular bilan yevropaliklar oʻrtasida aloqa oʻrnatila borgan, qul savdosida hamkorlik qilingan. 19-asr oxirida Kongo daryosi havzasida fransuzlar paydo boʻlgan. Ekspeditsiya qoʻmondoni P. Savornyan de Brazza 1880 yilda Nkuna manzili (hozirgi Brazzavil shahri)ga asos soldi. 1880 yildan K. Fransiya protektorati, 1886 yildan mustamlakasiga aylantirildi. 1903 yildan Oʻrta K. deb nomlandi.

    K. 1960 yil 15 avg .da mustaqillikka erishdi. Shu yilning 20 sentabrdan BMT aʼzosi, 1969 yil 30 dek.da Xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. 1991 yildan mamlakat K. Respublikasi deb atala boshladi. Milliy bayrami —15 avg . — Mustaqillik kuni (1960).

    Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

    K. mehnat partiyasi, 1969 yilda tuzilgan; K. demokratiya va mushtarak rivojlanish harakati, 1990 yilda asos solingan; Demokratiya va rivojlanish uchun birlashma, 1990 yilda tashqil etilgan; Demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot uchun birlashma, 1990 yilda tuzilgan; Birlashgan demokratik kuchlar, 1994 yilda asos solingan; Ijtimoiy demokratiya uchun Afrikaaro ittifoq partiyasi. K. kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1964 yilda tuzilgan, Afrika kasaba uyushma birligi tashqilotiga va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi.

    Xoʻjaligi[tahrir]

    K. — agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi, konchilik va oʻrmonchilik tashqil etadi. Faol aholining 60% qishloq xoʻjaligida band. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, baliqchilikning ulushi — 14%, sanoat va qurilishning ulushi — 37%.

    Yalpi ichki mahsulot Yalpi ichki mahsulot - umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YaIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YaIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YaIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YaIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YaIM darajasi yordamida aniqlanadi. YaIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YaIM imkoniyati - bu YaIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi. YaIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.
    Neft va yogʻoch asosiy tabiiy boyliklaridir. Neft qazib chiqarish, yogʻochsozlik va oziq-ovqat tarmoqlarida 300 dan koʻproq yirik va oʻrta korxona bor. Bundan tashqari, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, mis, qalay, olmos, oltin, kaliy tuzi qazib olinadi. Daryolar boʻyiga qurilgan GESlar elektr energiyaning asosiy qismini hosil qilib beradi (1 yilda 482 mln. kVt-soat).

    Yer fondining juda oz qismini ekinzor va yaylovlar tashqil etadi. Qishloq xoʻjaligi kamhosil boʻlib, aholining oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Ichki ehtiyoj uchun maniok, batat, yams, taro, tariq, makkajoʻxori, sholi, sabzavot yetishtiriladi. Eksport uchun moyli palma, banan, kofe, kakao, sitrus oʻsimliklar, geveya oʻstiriladi, shakarqamish, yer yengʻoq, tamaki ekiladi.

    K.da 802 km temir yoʻl, 15 ming km avtomobil yoʻli bor (1,5 ming km qattiq qoplamali). Yagona dengiz porti — Puent-Nuar, daryo porti — Brazzavil, xalqaro aeroportlari — Brazzavil va Puent-Nuarda.

    K. chetga neft, yogʻoch, qurilish materiallari, olmos, palma magʻzi va yogʻi, kofe, kakao, tamaki, qand-shakar, rangli metall rudalari chiqaradi. Chetdan mashina, transport vosita va jihozlari, keng isteʼmol mollari, oziq-ovqat keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Ispaniya va boshqa Pul birligi— Afrika franki.



    Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]

    Mamlakatda 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan, hamma turdagi oʻqish bepul. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda 7 i. Brazzavilda milliy universitet bor. Ilmiy muassasalari: Ilmiy texnika tadqiqotlari milliy kengashi, K. mahsuldorligini oshirish byurosi, Tropik oʻrmonni oʻrganish markazi va boshqa Brazzavilda universitet kutubxonasi, milliy muzey hamda uning arxivi va kutubxonasi bor.
    Download 16,75 Kb.




    Download 16,75 Kb.